Tarixshunoslik fanidan


Tarixshunoslikning davrlanishi va turlari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Tarixshunoslikning davrlanishi va turlari
Jahon tarixi tarixshunosligi 
insoniyat sivilizatsiyasi va tarixiy tafakkur darajasi harakteriga qarab bir necha 
bo‘limlarga bo‘linadi. Bular qadimgi, o‘rta asrlar (medievistika), yangi va eng 
yangi davr tarixi tarixshunosligidir. 
O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligi deganimizda, O‘rta Osiyo 
xalqlarining eng qadimgi zamonlardan hozirgacha bo‘lgan tarixiga manba bo‘lib 
xizmat qiluvchi tarixiy tadqiqot , ya’ni tarixshunoslik asarlarini tushunamiz. 
O‘zbekiston tarixi tarixshunosligi ham shartli ravishda davrlar va tarixiy 
tafakkur hamda tadqiqot usullaridan kelib chiqib davrlarga bo‘lish mumkin. 
Bular: O‘zbekistonning qadimgi, o‘rta asrlar, Rossiya mustamlakachiligi, sovetlar 
davri va mustaqillik davri tarixshunosligidir. 
Tarixshunoslik fanining metodologiyasi
O‘zbekiston Respublikasining 
birinchi prezidenti I.A.Karimov asarlari tarixshunoslik fanining metodologik asosi 
bo‘lib xizmat qiladi. I.Karimov «Tarixiy xotarasiz kelajak yo‘q» asarida shunday 
yozadi: Modomiki, o‘z tarixini bilgan undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib 
bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz xalqimizni millatimizni ana 
shunday tarix bilan qurolantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor 
qurollantirish zarur.
Bugungi kunda o‘zbek xalqining keng ommaga etkazishga arziydigan 
haqqoniy tarixini yaratish tarixshunoslarimiz oldida turgan dolzab masaladir. 
I.Karimov ta’kidlaganidek: «Sovetlar davrida yozilgan tarixni men tarix 
sanamayman. O‘zgalar yozib bergan tarixni o‘qishga mutloqo qarshiman. 
Mustamlakachi o‘ziga qaram bo‘lgan xalq haqida qachon xolis, adolatli fikr 
aytgan? Ular bor kuch-g‘ayratlarini Turkistonning o‘tmishini kamsitishga bizni 
tariximizdan judo qilishga sarflaganlar». Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz, 



milatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish jamoatchiligimiz uchun g‘oyat 
muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim.
Tarixiy asarlar mafkuradan holi, ob’ektiv, haqqoniy yozilishi kerak. Ammo 
har doim ham bunday bo‘lmagan. Tarixiy asrlarni tarixshunoslik nuqtai nazardan 
tadqiq etish, tarixni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz tarixiga oid 
juda ko‘p tadqiqot va asarlar mavjud bo‘lib, ularning o‘rganish yozilish uslubi, 
ilgari surilgan muammolari, xarakterli xususiyatlaridan xabardor bo‘lish foydadan 
holi emas. 
Tarixshunoslik va manbashunoslik tarix fanining muhim yo‘nalishlaridan 
biri, uning nazariy asosi hisoblanadi. Bugungi kunda tarixni o‘rganishda 
tarixshunoslik o‘zining uslubiy va texnik doirasidan chiqqan. Muammoning 
tarixshunosligini bilish tarixchi tadqiqodchining metodologiyasini aniqlab bersa, 
muammoga oid manbalardan xabardorlik unga adabiyotlar bilan qiyosiy 
solishtirgan holda xolis (ob’ektiv) xulosalarni chiqarishga imkon beradi. 
O‘tgan yillar mobaynida tadqiqotlarning metodologik bazasi ham 
yangilandi, tarix fani bilan arxeologiya, etnologiya, san’atshunoslik, sotsiologiya 
kabi yondosh fanlar o‘rtasida o‘zaro metodologik tajriba almashinuvi yuz berdi.
Tarixshunoslik tadqiqotlarining bir qancha tahlil usullari mavjud:
Qiyosiy tarixiy usul - turli tarixiy davrlarda tarixiy ma’lumotlar qanday 
paydo bo’ldi, harakatlandi, o’zgardi va rivojlandi, jamiyat taraqqiyotida tarixiy 
fikrlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayonini aniqlashda qo’llaniladi;
Aniq tahliliy usul - olib borilgan tarixshunoslik tadqiqoti voqea-hodisalar 
tafsilotini kelib chiqish sabablari, rivojlanish jarayonini nazariy va faktik 
materiallarning o’zaro aloqasida taxlil qiladi, ularning fanda qanday 
yoritilganligini o’rganadi;
Mantiqiy tahliliy usul - tarixshunoslikda katta imkoniyatlarga ega bo’lib, 
tarixiy muammoning o’ziga xos xususiyatlari, tuzilishi, boshqa tarixiy hodisalar 
bilan bog’liqligini o’rganishda qo’llaniladi. Boshqacha aytganda, ma’lum bosqich 
yoki davrda tarix fanining rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yo’nalishi bilan 
bog’liqlikda ifodalaydi;
Xronologik usul - voqea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda 
to’plangan tarixiy faktlarni o’zaro bog’liqlikda o’rganishda qo’llaniladi. Bu esa 
turli zamonda ilmiy fikrlarning harakatini, muammoga yondashuvda konsepsiyalar, 
qarashlar, g’oyalarning o’zgarib borishini xronologik tartibda takroriy yoki xilma 
xil jihatlarini ochib beradi; davriylashtirish usulida ma’lum bir tarixiy davriy 
chegarada tarix fanining sifat, uslub va xususiyatlarining o’zgarishiga ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning ta’siri, har bir yangi bosqichda vujudga kelgan ilmiy 
g’oyalarni harakatlantiruvchi omil va yo’nalishlar aniqlanadi;



retrospektiv tahlil - har bir ilmiy adabiyot o’z davriga taalluqli bo’lib, uning 
kuchli va kuchsiz jihatlarini o’zida aks ettiradi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə