Tarixshunoslik fanidan


O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar.
Bugunki kunda dunyoda 25 dan 
ortiq turkiy xalqlar mavjud. Bu xalqlarning tili ming yillardan beri yashab 


14 
kelmoqda. So‘zlashuvchilarning soni jihatidan turkiy tillar dunyoda 5-o‘rinda 
turadi.
Turkiy qo‘lyozmalar juda katta geografik hududda yaratilgan va ko‘chirilgan. 
Bular: O‘rta Osiyo, G‘arbiy Sibir, Ular, Volga bo‘yi, Shimoliy Kavkaz, Kavkaz 
orti o‘lkalari, Qrim, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Kashmir, 
Misr, Iroq, Suriya, Bolgariya, Ruminiya, Yugoslaviya o‘lkalaridir. Va bu 
qo‘lyozmalar juda ko‘p turkiy tillarda, tatar, qrim-tatar, bashqird, qozoq, va boshqa 
tillarda yaratilgan.
O‘rta Osiyo qo‘lyozmalari haqida gapirar ekanmiz, yana shuni 
ununtmasligimiz kerakki, O‘rta Osiyoning chegarasi doimo o‘zgarib turgan. 
Temuriylar davrida Xirot ham shu rayonga tegishli bo‘lsa, Boburiylar davriga 
kelib, Hindistonning shimoliy qismi ham regionga qarashli bo‘lgan.
Arab grafikasida bitilgan turkiy, qo‘lyozmalarning eng qadimiysi XI asrga 
mansub bo‘lib, u Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asaridir. U 1069-1070 
(462 xijriy) da yozilgan. Uning bizgacha etib kelgan eng qadimiy qo‘lyozmasi XIII 
asrda bitilgan. Undan keyingi qo‘lyozma Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni 
lug‘otit-turk» asaridir. U 1073-1074 (466 xijriy) da yozilgan. Uning eng qadimgi 
qo‘lyozmasi 1266 (664 xijriy). 
Turkiy tilda eng ko‘p qo‘lyozma bitilgan davr XVIII-XIX asrdir. XI-XIII 
asrlarda esa ular barmoq bilan sanarli edi. Buning sababi: turkiy qo‘lyozmaning 
ko‘pi yo‘qolib ketgan yoki u davrda asosan arab va fors tillaridagina qo‘lyozmalar 
yaratilgan. 
O‘rta Osiyodagi ilk qo‘lyozmalar Ahmad Yassaviyning «Hikmat» laridir. 
(1166 yilda-562 xijriyda vafot etgan). She’riy uslubda yozilgan bu hikmatlar o‘sha 
davrdayoq devon shakliga keltirilgan va turkiyzabon aholi o‘rtasida keng 
tarqalgan. 
Temuriylar davriga kelib O‘rta Osiyoning madaniy markazlari Samarqand 
bilan Xirot edi. Bu shaharlarda fanlarni o‘rgatishga, she’riyatga va san’atga 
ko‘proq e’tibor qaratilgan edi. Bu davrdagi shoirlardan XIV asr oxiri - XV asr 
boshlarida yashagan Xo‘jandiy, XV asr birinchi yarmida yashagan Sakkokiy, 
Lutfiy (1366-1465), Atoyi (XV asr)larni eslab o‘rish kerak. Sulton Husayin 
Boyqaro hukmronlik qilgan davrga kelib (1469-1506), she’riyat o‘zining eng 
yuqori cho‘qqisiga etishgan edi. Bu esa, mashhur shoirimiz mutafakkir Alisher 
Navoiy ijodi bilan bog‘liq edi. Navoiydan tashqari Husayin Boyqaroning o‘zidan 
tortib, Durbek va boshqa juda ko‘p shoirlar etishib chiqqan edilar. Bu davrda juda 
ko‘p forsiy zabon she’riy asarlar turkiy tilda qayta ishlanib, turkiy adabiyot 
boyitilgan. Bunday badiiy adabiyot namunalaridan tashqari Navoiy 1481-1482 


15 
(886 xijriy) yilda «Vaqfiya» asarini yozgan va bunda o‘ziga qarashli bo‘lgan er-
mulkni Xirotdagi Ixlosiyya masjidiga vaqf qilib berish masalasi ko‘tarilgan. 1488-
1489 (894 xijriy) yillarda Xurosonda yashab xukmronlik qilgan podshohlarning 
tarixiga bag‘ishlangan «Tarixi mulki Ajam» nasriy asarini yozgan. Bu asarning 
barchasi qo‘lyozma shaklida vujudga kelgan. 
Tarixdan ma’lumki, XVI asrda O‘rta Osiyoni Shayboniylar sulolasi 
boshqargan. Ularning poytaxti ham Samarqand shahri edi. Bu sulolaning asoschisi 
bo‘lgan Shayboniyxonning o‘zi ham shoir bo‘lgan (1506-1510) va o‘sha davrdagi 
olim va shoirlarga homiylik qilgan. Uning saroyida «Shayboniynoma» asarining 
muallifi Muhammad Solih (1534-941 xijriy) yilda favot etgan. Shuningdek, 
«Tavorixi guzida Nusratnoma» nomli tarixiy asar muallifi (ismi no’malum) ham 
saroyda yashagan. Bu asar 1502-1503 (908 xijriy) yilda yozilgan. Bu davrda 
Binoiy isimli shoir yashagan. U forsiyzabon she’rlar yozgan va «Ajoyib-ul 
mahluqot» nomli asarini forsiydan turkiyga tarjima qilgan. 1525 (931 xijriy) yilda 
musulmon hukmronlarning umumiy tarixini yorituvchi «Zabdatul-asar» nomli 
ilmiy kitobi vujudga kelgan. Uning muallifi Nasrulloiy ismli tarixshunosdir. 
XVI asrda Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi. Boburning 
o‘zi bu davrda «Boburnoma» nomli memuaridan tashqari aruz janriga 
bag‘ishlangan «Mubayyin» nomli risolasini yozgan. Boburiylarning saroyida 
Baramxon ismli turkman shoiri yashagan. (1561 da vafot etgan). Uning o‘g‘li 
Abdurahim Mirzo ham shoir bo‘lgan va «Boburnoma»ni fors tiliga tarjima qilgan.
XVII-XVIII asrga kelib, O‘rta Osiyoning madaniy markazlari sifiga Buxoro 
va Xiva shaharlari ham qo‘shildi. Buxoroda Imomqulixon (1640 yilda vafot etgan), 
Subxonqulixon (1702 yilda vafot etgan), Qulsharif (1692 yilda vafot etgan), So‘fi 
Olloyor (1721 yilda vafot etgan), Saykaliy (1797 yilda vafot etgan), Turdi (1700 
yilda vafot etgan), Obidiy (1828 yilda vafot etgan) kabi shoirlar yashab ijod 
etishgan. Xivada esa, turkman qabila boshliqlarining iltimosiga ko‘ra 1661 yilda 
«Shajarayi tarokima» asarini va «Shajarayi turk» asarlarini yozgan Abulg‘ozi 
Bahodirxon, Hasanquli Axsaniy (XVII asr) yashagan. XVIII asr oxirida ismi 
noma’lum bir tarixshunos Shayboniyning qilgan yurishlariga bag‘ishlangan 
«Shayboniynoma» asarini yozgan. 
XIX asrda Xivada podshah saroyida bir qator tarixshunoslar, shoirlar, 
tarjimonlar yashashgan. Masalan, shoir Munis (1778-1829) va uning jiyani Ogahiy 
(1809-1874) dunyo yaratilgandan beri 1825 yilgacha hukmronlik qilgan xonlarning 
tarixini yorituvchi «Firdavsul iqbol» asarini yozishgan. Keyinchalik Ogahiy 
xonlarning topshirig‘i bilan bir qator salnomalr yaratgan: 1825-1843 yillarga doir 
«Riyozud-davla» solnomasini, 1843-1846 yillarga doir «Zubdatul-tavorix» 


16 
solnomasini, 1845-1855 yillar voqeasiga doir «Jamiu voqioti sultoniy» 
solnomasini, 1855-1864 yillarga doir «Gulshani davlat» solnomasini, 1864-1873 
yillarga doir «Shohiul-iqbol» solnomasini yozgan. Eshmurod Al-Alaviy ismli 
mudarris 1804 yildan 1864 yilgacha davom ettirgan inoqlar sulolasi hukmronligiga 
bag‘ishlangan «Tarixi Sayyid Muhammadxoniy» (1861 yilda) va «Tarixchayi 
Muhammad Yoqubxo‘ja» tarixiy asarini (1863-1864 yillarda) yozgan. Bundan 
tashqari Xivada Komil Xorazmiy (1825-1899), Feruz (Muhammad Rahimxon-II) 
(hukmronlik yillari 1865-1910) yashab ijod etganlar.
XIX asr boshlariga kelib, Qo‘qon ham madaniy markazlar safiga qo‘shildi. 
Bu erda Amir Umarxon (1810-1822) boshchiligida fazliy Namangoniy, Gulxaniy, 
Xozik, Maxmur, Muqimiy, Fitrat, Xamza kabi shoirlar etishib chiqdi. XX asr 
boshlarida esa Rojiy (1908 yilda vafot etgan), Kameb (1922 yilda vafot etgan), 
Mirza (1922 yilda vafot etgan) kabi shoirlar yashab ijod etishgan.
Bulardan tashqari bir qator ilmiy asarlar fors tilidan turkiy tilga tarjima 
qilingan. Jumladan: Tarixiy asarlardan Mirxondning (XV asr) «Ravtus-safo» asari, 
uni XIX asr o‘rtalarida Rojiy nomli shaxs tarjima qilgan, Mexdixonning (XVIII 
asr) «Durrayi Nodiriy» asari, uni Muhammad Nazar va Ogahiy (XIX asr) tarjima 
qilishgan. Muhammad Xakimning «Muntaxabut-tavorix» asari. Uni XIX asrning 
ikkinchi yarmida ismi noma’lum shaxs tarjima qilgan. Tasavvufga oid 1696-1697 
yillarda Muhammad Sodiq Yangixisoriy tomonidan yozilgan «Jomiul-makomot» 
asari, uni Abulboqi ibn Baxouddin ibn Maxdumi A’zam tarjima qilgan. 
Shuningdek, Vosifiyning «Badoyiul-vaqoyi» nomli memuar asari (XVI asr) 
Dilovar ismli shaxs tomonidan tarjima qilingan. Albalxiyning geografiyaga oid 
«Majmaul-g‘aroyib» asari (1566-1567 yil). Muhammad Xusayin Mahdum 
tomonidan tarjima qilingan. Bundan tashqari Amir Temurning biografiyasiga oid 
«Tuzuki Temuriy» asari ham fors tilidan 1835-1836 yillarda Xotifquli ismli shaxs 
tomonidan turkiy tiliga tarjima qilingan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə