Tarixshunoslik fanidan


Yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashning tarixiy adabiyotlarda



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Yunon-makedon bosqini va ularga qarshi kurashning tarixiy adabiyotlarda 
yoritilishi. 
Miloddan avvalgi 329 yilda makedoniyalik Aleksadr qo’shinlari og’ir 
sharoitlarda Hindiqush tog’ tizmalaridan o’tib, O’rta Osiyo hududlariga etib 
keldilar. Aleksadrning bu harbiy yurishlari uning istagiga muvofiq shohni kuzatib 
kelayotgan ba`zi adib-yozuvchilar va muarrixlar tomonidan yozib borilishi ko’zda 
tutilgan edi. Makedoniyalik lashkarboshilardan Aristobul, Ptolemey Lag va 
dengizchi darg’a Nearx ana shunday dastlabki tarixchi yozuvchilar edilar. Bu 


20 
adiblarning xotiralari keyinroq o’tgan Arrian, Strabon va boshqa muarrixlarning 
asarlarida keltirilgan. Ammo yozma xotiralarining ko’pchilik qismi bizgacha etib 
kelmagan. 
Aleksadrning Sharqqa harbiy yurishlari vaqtida qanday voqealar yuz berganligi 
undan 300-400 yil keyin davrda yashagan tarixchilarning asarlarida tasvirlangan. 
Ular o’z asarlarida Aleksadr zamondoshlarining asarlari va esdaliklaridan 
foydalanganlar. 
Aleksadrning O’rta Osiyoga yurishlari tasviri esa yunon tarixchisi Arrian 
(miloddan avvalgi II asr) va Rim tarixchisi Kvint Kurtsiy Ruf (milodning I asri) 
asarlarida saqlanib qolgan. Aleksadrning Sharqqa qilgan yurishlarini mufassal 
yoritgan Plutarx (I-II asrlar) bilan Yustin (II asr) esa uning O’rta Osiyoga qilgan 
yurishlari haqida deyarli og’iz ochmaydilar. Sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy 
kutubxona» asarida (miloddan avvalgi 1 asr) ko’p o’rinlar yo’qolgan. Bu asar 17 
kitobdan iborat bo’lib, Aleksadrning Amudaryo ortiga yurishi tasvirlangan 
boblarning faqat sarlavhalarigina saqlanib qolgan. 
Tarixshunoslik an`analariga ko’ra, Kvint Kurtsiy Ruf asari ishonchli emas, 
muallif badiiy so’z jimjimadorligiga e`tibor beruvchi, turli-tuman latifalarni va 
badiiy to’qimalar bilan asarini bezovchi faylasuf-ritorikdir, degan fikr hukm 
suradi. Tarixchi asarini bunday yuzaki baholash haqiqatga to’g’ri kelmaydi. 
Kurtsiy Rufning juda ko’p ma`lumotlari boshqa tarixiy manbalar bilan 
taqqoslanganida yuqoridagi fikrlarning to’g’ri ekanligining guvohi bo’lamiz. 
Ammo Kurtsiy Ruf asarlariga nisbatan jangchi adib Arrian risolasida O’rta 
Osiyo voqealari bayoni ancha ishonchli hisoblanadi. Arrian o’zi Osiyodagi 
janglarda qatnashgan. Uning asari aslida harbiy san`atga bagishlansada, u Aleksadr 
zamondoshlari Aristobul va Ptolemey Lag esdaliklaridan foydalangan. Ba`zi 
o’rinlarda ulardan ko’chirmalar keltirilgan. Aristobul bilan Ptolemey Lag 
asarlarida faqat o’zlari qatnashgan voqealarni bayon etganliklari uchun Arrian 
ularda bo’lmagan voqealarning etishmagan o’rinlarini Kurtsiy Ruf kitobidagi 
hikoyalar bilan to’ldiradi. 
Makedoniyalik Aleksadr va uning davriga bag’ishlangan juda ko’p adabiyotlar 
bo’lishiga qaramay, bu fotihping O’rta Osiyoga harbiy yurishlari haqida juda kam 
mualliflar yozganlar. 
Ma’lumki, miloddan avvalgi 329 yilda Gretsiya-Makedoniya qo’shinlari 
So’g’diyona hududlariga bostirib kirdilar. Ular bu erda mahalliy aholining juda 
qattiq qarshiligiga uchradilar. Milliy qahramon Spitamen rahbarligidagi xalq 


21 
qo’zg’oloni tarixdan ma`lum. Aleksadrga qarshi o’rta osiyolik xalqlarning 
urushlari uzoq davom etdi. 
Tarixiy manbalardan So’g’diyona poytaxti Maroqanda (Samarqand) qanday 
qilib makedoniyaliklar qo’liga o’tib qolganligini unchalik ravshan tasavvur 
etolmaymiz. Kvint Kurtsiy Rufning yozishicha, Aleksadr shaharda qo’shin 
qoldirib, atrofdagi qishloqlarga o’t qo’ygan. Kurtsiy Rufning guvohligiga ko’ra 
Marokanda qal`asi devorini uzunligi 70 stadiy
 
bo’lib, shahar ichkarisida yana bir 
devor bo’lgan. 
Bunday mustahkam shahar uzoq qamal qilinmay, kon to’kilmay olinganini 
tasavvur qilish qiyin. Shuning uchup sovet tarixchisi «Marokanda shahri jangsiz 
taslim bo’lgan» degan taxminni bildiradi. 
Olimlar fikricha, bu fikr etarli tarixiy asoslanmagan. Aleksadr qo’shinlari 
Maroqandani egallagach, Yaksart (hozirgi Sirdaryo) tomonga yuradi. Bu yurish 
vaqtida Aleksadr qo’shinlariga qo’zg’olonchi so’g’dliklar xujum qiladilar. 30 ming 
qo’zg’olonchi Mug’ tog’idagi oyoq etmas istehkomlarga o’rnashgan edilar. 
Makedoniyaliklar juda katta talafotlar evaziga Mug’ qal’asini egallaydilar. 
Mudofaachilar juda katta talafot ko’radilar. Ularning ko’pchiligi qirilib ketadi. 8 
ming yarador, ayollar va bolalar asirlikka olinadi. Oradan ko‘p o‘tmay, 
So‘g‘diyona yana 7 shahar istilochilarga qo‘zg‘olon ko‘taradi. Diodor 
ma’lumotlariga qaraganda, Aleksandr qo‘zg‘olonchilardan 120 mingini o‘limga 
xukm etadi. Bu raqam mubolag‘ali bo‘lib ko‘rinsa-da, qo‘zg‘olon qanchalik keng 
tus olganligini ko‘rsatadi. 
Aleksadr O’rta Osiyoda yangi shaharlar barpo eta boshlaydi. Chekka 
Aleksadriya shahri (hozirgi Xo’jand) Aleksadr rejasi bilan qurilgan. Tarixiy 
manbalarning guvohlik berishicha, Chekka Aleksadriyada grek-makedon 
qo’shinlarining horib-charchagan, yarador bo’lgan yoki qarib, qattiq janglarga 
yaramay qolgan jangchilari, yaqin-atrofdan ixtiyoriy ravishda kelgan 
so’g’diyonaliklar joylashtirilgan. Shahar aholisining ma`lum qismi asirlardan 
iborat edi. Aleksadr rejasiga muvofiq, bunday shaharlar makedoniyaliklarning 
boshqa istilolari uchun tayanch istehkomlariga aylanishi kerak edi. Ammo 
Aleksadr istilochilari O’rta Osiyo xalqlarini uzoq vaqt asoratda tutib turolmadi. 
Miloddan avvalgi 329-327 yillarda Aleksadr o’ziga qarshi bosh ko’targan 
So’g’diyonani uch marta qaytadan zabt etishga majbur bo’ldi. Ayniksa O’rta Osiyo 
qabilalarining milliy qahramoni Spitamen boshchiligidagi vatanparvar kuchlarning 
istilochilarga qarshi ozodlik kurashi makedoniyaliklar uchun katta xavf tug’dirar 
edi. O’ziga qarshi xalq harakatlarini bostirish uchun Aleksadr juda ko’p harbiy va 


22 
moddiy kuchlariii sarflashdan tashqari mahalliy zodagonlar bilan «do’stona» 
aloqalar o’rnatishga harakat qildi. Aleksadr mahalliy zodagonlarning siyosiy 
ta`sirini va er-mulklarini kengaytirdi. U mahalliy zodagonlarga saxovat bilan mol-
dunyo, qul, cho’rilar sovg’a qilishdan tashqari, So’gdiyonaning boy va ta`sirli 
mansabdori Oksiartning qizi Ravshanak (yunon-rim manbalarida Roksana) ga 
uylandi. Aleksadrning Ravshanakka uylanishi uning So’g’d-Baqtriya zodagonlari 
bilan aloqalarini mustahkamlash bilan birga ularni o’z tarafiga og’dirib olishga 
imkon berdi. Aleksadr mana shu yangi siyosati bilan O’rta Osiyoni batamom 
o’ziga bo’ysundirishga erishdi, shunga qaramay, Aleksadrning qo’shinlari orasida 
uning siyosatidan norozi bo’lgan ayrim lashkarboshilar isyon ko’tarishga urindilar. 
Ammo ularning noroziligi shafqatsizlarcha bostirildi. 
Mahalliy zodagonlarning makedoniyaliklar tarafiga utishi Aleksadrga O’rta 
Osiyodagi dehqonlar va chorvador jamoalari qarshiligini engishga hamda O’rta 
Osiyoni o’zining juda katta monarxiyasi qatoriga qo’shib olishga yordam berdi. 
Makedoniya istilochilariga ittifoqchi bo’lib olgan mahalliy zodagonlar O’rta Osiyo 
xalqlari ijtimoiy hayotining barcha sohalarida hukmron siyosiy va iqtisodiy kuchga 
aylandi. Keyinchalik xam Aleksadr va uning vorislari (Salavkiylar va boshqalar) 
O’rta Osiyo xalqlari hayotida tarixan tarkib tolgan bu vaziyat bilan hisoblashishga 
majbur edilar. 
Xullas, Makedoniya istilosidan so’ng O’rta Osiyo xalqlarining xalqaro iqtisodiy
savdo aloqalari kuchayib bordi. Ayniqsa O’rta osiyoliklarning Aleksadr qo’shinlari 
fath etgan Hindiston bilan yaqin aloqalar o’rnatishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 
So’g’diyona va Baqtriyada ham yangi-yangi shaharlar qad ko’tardi. Tarixiy 
manbalarda Aleksadr va uning lashkarboshilari O’rta Osiyoda 12 ta shahar bunyod 
etganligi aytiladi. Shu bilan birga olimlardan I. Sh. Shifman Aleksadr 
qo’shinlarining So’g’diyonadagi vayrongarchiliklarini Chingizxon istilosiga 
o’xshatadi. Bu vayrongarchiliklar oqibatida mamlakat xalqi keskin kamayib ketdi. 
So’g’d aholisi Vatanlarini tark etib, boshqa yurtlarga bosh olib ketishdi. Grek-
makedonlar Farg’ona, Ettisuv, Markaziy Osiyoni ham mustamlakalariga 
aylantirdilar. Aleksadrning istilochilik siyosatini uning vorislari (selevkiylar) 
davom ettirdilar. Aleksadr vafotidan 75 yil o’tgach, Baqtriya satrapi (noibi) Diodot 
o’zini mustaqil hukmdor deb e`lon qildi. Pompey Trog mubolag’a qilib ezishicha, 
minglab shaharlar Diodot qo’l ostiga o’tdi. Selevkiylar davlati miloddan avvalgi 
255-250 yillarga kelib bo’shashdi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə