Tarixshunoslik fanidan


Abu Rayhon Beruniyning tarixiy asarlari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Abu Rayhon Beruniyning tarixiy asarlari. 
O‘rta asrda yashagan buyuk 
qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabrda Xorazmning poytaxti 
Qiyot (keyinchalik, Shobboz, hozir Qoraqalpog’istonga qarashli Beruniy shahri) da 
dunyoga kelgan. U tarix, falsafa, falakiyot, ma`danshunoslik va boshqa fanlar 
bo’yicha 152 dan ortiq ilmiy asar muallifidir.
X asrda arab xalifaligida katta o’zgarishlar yuz berdi. O’rta Osiyo va Eronning 
xalifalikka qaram bo’lgan ko’pgina davlatlari iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka 


47 
erishadi. O’rta Osiyo olim va mutafakkirlari xalifalikning turli shaharlarida
jumladan, o’z o’lkalarida ham faoliyat ko’rsatardilar. X asr boshida Abu Nasr 
Mansur ibn Iroq Qiyotda yashardi. U Ptolomey «Almajist»iga sharh bo’lgan 
Menelayning «Sferika» asarini qayta ishlagan edi. Beruniyning birinchi o’qituvchi 
va tarbiyachisi ana shu Abu Nasr Mansur ibn Iroq bo’lgan.
Beruniyning ilk yoshligi va bolaligi haqida tarixiy adabiyotlarda ma`lumot 
yo’q. Birun so’zining ma`nosi «tashqaridan kelgan» demakdir. «Olloh nomiga 
qasam bo’lsinki, deb yozgan edi u o’zining kelib chiqishi haqidagi she`rlardan 
birida, haqiqatdan ham men shajaramni bilmayman. Hattoki o’z buvamni, buvamni 
bilmagandan keyin otamni qaydan bilan». Bu gaplarda kinoya bor, albatta. 
Beruniyning hayoti va ijodi uchun murakkab bo’lgan sharoitni O’rta Osiyoda 
hukm surgan feodalizm sharoitidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot 
murakkabliklaridan ajralgan holda o’rganish mumkin emas. Sarsonlik-sargardonlik 
qomuschi olimning qismatiga aylangan edi.
Beruniyning ko’pdan-ko’p ilmiy ishlari orasida «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar» tarixiy risolasi alohida o’rin tutadi. U besh yildan ortiq Jurjonda 
yashaydi. Qobus saroyida yashab turgan G’ilon va Tabariston hokimi Marzubon 
ibn Rustam taklifi bilan tarix fanida qisqa «Xronologiya» nomi bilan mashhur 
bo’lgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» risolasini yozadi. Asar 
muqaddimasida kun va tun nima, ularning majmui va boshlanishi, oy, yil va 
milodlarning mohiyati, bu masalada xalqlarning tafovutlari, xalqlarning podsho, 
hokimlarga munosabati, Zulqarnayn degan shoh haqida, bir miloddan ikkinchi 
milodni chiqarish, xronologik turkumlar, soxta payg’ambarlar va adashgan xalqlar, 
fors, so’g’d va xorazmiylarning bayram va qutlug’ kunlari va iydlari, yahudiylar, 
suryoniylar va nasoro xalqlarining, qadimgi sehrgarlar, sabiylar, arablar, 
shuningdek, islomga e`tiqod qiluvchi xalqlar, arablarning johiliyat davridagi 
bayramlari va musulmonlarning nishonlaydigan kunlari haqida fikr yuritiladi. 
Tadqiqotchi olim S. P. Tolstov haqqoniy ta`kidlaganidek, Beruniy manbalarni 
o’rganishda vazminlik va bilimdonlik bilan, tanqidiy aql-mulohaza uslubi asosida 
ish ko’radi. Manbalarga
 
tanqidiy munosabat shubhasiz uning salaflarida ham bor 
edi, ammo Beruniyda manbalarni tanqidiy tahlil qilish tadqiqotning asosiy shartiga 
aylanadi. O’zi tarixchilarni ogohlantirgan bir yoqlamalik, taxmin va 
aqidaparastlikdan Beruniyning o’zi ham xalos bo’lmasligi tabiiy, ammo bu sohada 
u o’zining barcha salaflari va zamondoshlaridan baland turadi. Beruniy tarixiy 
risolalarining ko’pi yo’qolib ketishi sababi ham ehtimol shunda bo’lsa kerak. U 
manbalarni shafqatsiz tanqid qilardi. Bu esa tarixiy adabiyot iste`molchilariga
zamondoshlarning ko’pchiligiga manzur bo’lmasligi mumkin edi. 


48 
Beruniy «Xronologiya», Osoru-l-boqiya» risolasida an`anaviy islom dunyosi 
tarixshunosligida odat bo’lgan shohlar va qaxramonlar faoliyati, siyosiy voqealar 
o’rniga xalqlar madaniyati tarixi, ularning urf-odati va fe`l-atvori masalalariii 
yoritishga e`tibor beradi. Shuning uchun tarixchilar «Yodgorliklar»ga tarixiy-
etnografik tadqiqot sifatida ham qaraydilar. 
Beruniyning tarixiy tadqiqot usuli, ayniqsa bu usulning islom madaniyati 
fanidagi o‘rni, Qur’oni karim, hadisu shariflardagi asoslari, qadimgi va o‘rta 
asrlardagi tarixiy tadqiqot usullaridan keskin farq qilishi allomaning ilmiy-tarixiy 
tadqiqot usullaridagi tizim, yangilik Zaki Validiy To‘g‘onning «Tarihte usul» 
kitobida ilk marotaba 1950 yillarda o‘rtaga qo‘yilgan va o‘rganilgan.
Beruniyning o‘z zamonasi ijtimoiy taraqqiyoti, ilm-fani darajasidan ilgarilab 
ketganligining boyisi shundaki, tarix ilmi oddiy xronologik qaydlar tarixidagi 
qiziqarli siyosiy-harbiy jangu-jadal, suronli voqealar haqidagi maroqli va ibratli 
fan, pand-nasihat manbasi emas, balki muttasil yuksalib boradigan jamiyat 
hayotinig ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy huquqiy va ma’naviy-ahloqiy jixatlari va 
qonuniyatlari mavjudligini ochib beruvchi jiddiy ilm-fan sohasi sifatida 
tushunishga erisha olganligini ko‘ramiz. Bu jahatdan Beruniyning tarixiy tafakkur 
va tadqiqot usullari XIX-XX asrlardagi «Tarix falsafasi»nig turli maktablari 
ayniqsa, O.Kontning pozitivlik istoriosofiyasi, E.Dyurkegeynig istoriosofik 
sotsiologiyasi, «Annalar» maktabi tarixiy tafakkur va tadqiqot usullari bilan juda 
hamohangdir.
Beruniy F.Nitsshe, A.SHopengauer, O.SHpenglar va boshqa g‘arb tarixchilari, 
mutafakkirlardan farqli o‘laroq, tarixni, insoniyatnig kelajagini faqat taqdiri
azaldan bog‘lab qo‘ymagan, balki insoniyatning istiqboliga umid bilan qaragan, 
tarixiy taraqqiyotnig ilg‘or yo‘li, buning qonun va qonuniyatlarini e’tirof etgan.
Beruniy o‘z asarlarida nihoyatda aniqlik bilan ish yuritgan va o‘zidan oldin 
o‘tganlar safdoshlarining xatolarini, noto‘g‘ri ma’lumotlarini shavqatsizlarga ochib 
tashlagan. Balki, shuning uchun ham uning juda ko‘plab asarlari o‘sha davrdayoq 
yo‘q qilib yuborilgan. 
Beruniy va ayniqsa, ibn Xaldunning «Tarix falsafasi usuli va prinsiplari», 
hozirgi g‘arb tarixchi olimlariga shu jumladan, A.Taynbi kabi zabardast 
tarixchilarga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə