Tarixshunoslik fanidan


Abu Fazl Bayhaqiyning “tarixi Bayhaqiy” asari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Abu Fazl Bayhaqiyning “tarixi Bayhaqiy” asari. 
Abul-Fazl Bayhaqiyning 
hayot yo’li haqidagi ma`lumotlar juda kam. Uning hamyurti, adabiyotda ibn 
Funduk nomi bilan ma`lum Abulhasan Ali Bayhaqiyning asari bu haqdagi asosiy 
manba hisoblanadi. «Ma`sud tarixi» dan keyin yuz yillardan so’ng ma`lum (1167-


49 
1168) bo’lgan bu asarda Abul-Fazl to’g’risidagi muallifga ma`lum barcha 
ma`lumotlar jamlangan. Biroq, bu ma`lumotlar uzuq-yuluq va noaniq bo’lgan. 
Shunga qaramay, undan «Ash-shayx Abul Fazl Muhammad Husayn al kotib al 
Bayhaqshaning taxminan 994 yillarda Seyistonda tug’ilgani, uning otasi Sulton
Mahmudning yirik amaldori bo’lgani va 470 yilning safar (1077 yilning avgust-
sentyabri) oyida vafot etganini bilib olish mumkin. «Ma`sud tarixi» so’z 
boshisidan ham ko’rinib turibdiki, Abdul-fazl nafaqat qondosh xalqlar tarixi, balki 
islomning falsafiy asoslari va fiqhdan arabcha tarjimalar orqali, Arastu (Aristotel’) 
g’oyalari hamda Gippokrat tibbiyoti bilan ham tanish bo’lgan. U 25 yoshlarida, 
ya`ni 411-1021 yillar atrofida G’azna davlat devoniga Abu Nasr Mishkan qo’l 
ostiga ishga olinadi va Abu Nasrning o’ng qo’liga aylanadi. Abu Nasr Mishkon 
vafotidan so’ng, devonga Abu Sahl Zavzaniy boshliq bo’ladi. U Bayhaqiyni 
yoqtirmasdi. Bu kelishmovchilik va saroy nayranglari hamda Abdul-Fazlning 
barcha siyosiy adashuvlari uni davlat xizmatidan ketishiga sabab bo’ldi. Uzining 
guvohlik berishicha, oradan 20 yil o’tgach ham bu voqealar uni ta`qib qildi va u 
davlat xizmatiga boshqa qaytmadi. 
Akademik V. V. Bartol’d yozadi: «Abul-Fazl Muhammad Husayn 
Bayhaqiyning asari musulmon tarixiy adabiyotida alohida o’rin tutadi». 
Abul-Fazl Bayhaqiy (taxminan 994-1079 yy) davr taqozosi bilan 
tarixshunoslikda qadimdan shakllanib kelgan an`analar doirasidan chiqolmas edi. 
Biroq, shunga qaramay u o’sha davr xususida to’laroq ma`lumot berishga harakat 
qilgan. «Mening niyatim odamlarga sulton Ma`sud haqida hikoya qilib 
berishdangina iborat emas, chunki ular bu voqealarni o’z ko’zlari bilan ko’rganlar 
va bilurlar. Mening maqsadim munosib yilnoma bitish va ulug’vor imoratni 
shunday yuksaklikka ko’tarishki, toki u haqdagi xotiralar asrlar so’ngida ham 
so’nmasun. Yolg’onga o’xshash bir narsani bitish noo’rin bo’lur erdi» 
Demak, o’sha davrdagi mavjud tarixchilik uni qanoatlantirmagan va u odatdagi 
qonun-qoidalarni buzib, tarixchilikka bir qator yangiliklar kiritgan. Bu uning 
asarini oldingi asarlardan ancha yuqoriga ko’taradi. O‘zigacha bo’lgan 
tarixshunoslarga baho berar ekan, Bayhaqiy yozadi: «Boshqa yilnomalarda bunday 
qamrov yo’q, chunki ular voqealar haqida jo’n fikrlaydilar va juda kam qismi 
haqida ma`lumot beradilar. Kamina esa bu asarni bitar ekanman, tarixiy to’liq 
bayon qilmoqchiman, toki yuz bergan hodisalardan hech qaysisi ochilmay 
qolmasin». Bu bilan u nafaqat tarixchilik doirasini kengaytirib, unga yangi 
mazmun kiritdi, balki unga yangi shakl ham baxsh etdi. 
Bayhaqiyning yuqorida keltirilgan so’zlaridan ko’rinib turibdiki, u o’sha davr 
qoidasiga ko‘ra yozish odat bo’lmagan voqea-hodisalarni ham mufassal yoritgan. 


50 
Shuning uchuy ham Bayhaqiyning «Tarixi»da voqea-hodisalarning oldingi 
tarixchilardagi kabi quruq aytib o’tilishi yo’q. Aksincha, asardagi unvonli mashhur 
zotlar ko‘z oldimizda jonsiz qo’g’irchoqlar kabi emas, balki o’z qiziqishlari, 
hissiyotlari, kamchiliklariga ega jonli tarixiy shaxslar bo’lib gavdalanadi. 
Bayhaqiy tarixan sodir etilgan yirik hodisalarga bevosita turtki va sabab bo’luvchi, 
bunday qaraganda arzimas mayda fakt va holatlarning ahamiyatini yaxshi 
tushunadi. 
G’aznaviylar devonidagi 25 yillik davlat xizmati muallifni ko’plab tarixiy 
voqealarning guvohiga aylantirdi. Uning qo’lidan qanchalab diplomatik, elchilar 
bilan bo’lgan maxfiy shifr-langan yozishmalar, noiblar va boshqa xufya va 
noxufyalar bilan bo’lgan yozishmalar o’tgan. «Men o’zim xalifaga, Turkiston 
xonlari va beklarga yuboriladigan nomalarni oqqa ko’chirar, maxfiy axborotlarni 
o’zim echardim. Bu uning asarini xolis, ishonchli, obro’li manbaga aylantirdi va 
unga keyingi asr tarixchilari ko’p bora murojaat etishardi, deb yozadi A. Arends. 
Ilgari muallifning nomini ko’rsatmay ko’chirma olishardi, Bugungi kunda Abul 
Fazl Bayhaqiyning asariga suyangan holda keyingi tarixchilar tomonidan yo’l 
qo’yilgan ko’plab noaniqlik va xatolarni to’g’rilash mumkin . 
Gap shundaki, Bayhaqiy bu hujjatlarning nusxalarini to’plab borgan va ularni 
o’z arxivida saqlagan. Biroq, xizmati oxirlarida u omadsizlikka uchradi, uyi 
talanib, arxiv tortib olinadi. Shu bois muallif bu haqda «Ma`sud tarixi» asari 
davomida qayta-qayta afsus chekadi. Suunga qaramay, oxir-oqibatda u ko’p 
hujjatlarni tiklashga muvaffaq bo’lgan va o’z asarida foydalanganki, bu asar 
qimmatini oshiradi. Asarning bizgacha uchdan bir qismi etib kelgan, qolgan qismn 
ancha ilgari yo’qolgan. Biroq, omon qolgan qismi uning bebaholigidan guvohlik 
beradi va tadqiqotchilar haqli ravishda uni mo’g’ullar davrining mashhur 
tarixchilari Aloviddin Ota Malik Juvayniyning «Tarixi jahon-kushon» va Fazlulloh 
Rashididdinning «Jome` at-tavorix» asari bilan bir qatorga qo’yadilar. 
Abul Fazl Bayhaqiy fors yoki dariy tilidagi tarixshunoslikning boshlovchisi 
emas. Bu tilda allaqachonlardan beri yozib kelishardi. Bu davrga kelib, 
tarixchilikning o’ziga xos qisqa, aniq xolis ritorikasiz (jimjimadorliksiz) tili 
shakllangan edi. O’rta Sharq mamlakatlaridagi tarixchilik, yuqorida 
ta`kidlaganimizdek, uzok, vaqt arablar hukmronligi boshlangandan keyin ham 
shohlar hayoti, ularning reja 
 
va yurishlarini yozib borishdan iborat bo’lib qolgan 
edi. Xalq harakati esa (Narshaxiyning Muqanna qo’zg’oloni haqidagi hikoyasini 
eslang) qanchalik keng tarqalmasin, buzilgan holda talqin etilardi. Xalqning 
madaniy-maishiy hayoti, ijtimoiy-siyosiy ahvoli haqida deyarli yozilmasdi. Abul-


51 
Fazl Bayhaqiy tarixchining vazifasini butunlay boshqacha tushuntirdi. Shu narsa 
uning asarini yuksaklikka ko’tardi. 
Bayhaqiy asarining omon qolgan qismi Ma`sud podsholik qilgan davr tarixini 
yorituvchi eng nufuzli asardir. Unda Safforiylar va Somoniylar davlatlari tarixiga 
oid, turkman urug’larining saljuqiylar qo’li ostiga birlashuviga oid qiziqarli 
ko’plab ma`lumotlar bor. Bayhaqiyning asari ayniqsa, O’rta Osiyo xalqlari tarixini 
tiklash uchun katta ahamiyatga ega. Muallifning G’aznaviylarning O’rta Osiyo 
xonlari, Xorazm, Turkmaniston bilan munosabatlari xususidagi ma`lumotlari 
ayniqsa muhimdir. 
Mehnatkash dehqon va hunarmandlarning hayoti bevosita tasvirlanmasa-da, 
Bayhaqiy ular to’g’risida bebosh shohlar zulmi, o’lponchi amaldorlar 
"shafqatsizligini yoritish orqali bexato fikr yuritadi. O’lponlar va qo’shimcha og’ir 
soliqlardan tashqari, shoh saroyiga katta-katta sovg’alar yuborilib turilishi shart 
edi. Masalan, 625-1034 yilda soliqlardan tashqari, to’rt million dirhamlik sovg’a 
yig’ib jo’natildi. 
Ibn Fundukning ma`lumotlaridan, shuningdek muallifning o’zi tarixiy asariga 
qanday nom berganini ham aniqlash qiyin. Ibn Funduq uni «Tarixi O`li Mahmud», 
«Mahmud sulolasi tarixi» deb atagan. Biroq bu kitobning asosiy nomi emas. A. K. 
Arende ruscha nashr etgan A. Bayhaqiyning «Tarixi Ma`sudiy» asari 
sharqshunoslar o’rtasida ko’proq «Tarixi Bayhaqiy» nomi bilan mashhur. Biroq, 
bu unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan, chunki uni ko’pincha «Tarixi Bayhaq» 
(«Bayhaq o’lkasi tarixi») bilan chalkashtirib yuborishadi
Ibn Fundukning aytishicha ham Bayhaqiyning asari 30 jilddan iborat ekan. 
Shundan beshinchi, oltinchi, ettinchi, sakkizinchi, to’qqizinchi jildlarning oxiri va 
o’ninchi jildning bosh qismi saqlangan. Ular Ma`sud podshohligi davrini deyarli 
qamrab oladi. «Men bir necha o’n taboqlarga jam bo’ladigan ellik yillik tarixni 
bitayoturman»
degan edi muallif. Boshqa paytda muallif: «Mahmud Varroq» 
bitishni bas qildi, men shu davrdan (to’rt yuz) to’qqizinchi yildan («Tarix»imni 
yoza boshladim degandi (350 sahifa). 
Shunday qilib, Bayhaqiyning o’zi nechta asarini g’aznaviylar asoschisi 
Sabuktegindan emas, balki 409 (1019-1020) yildan, ya`ni Sulton Mahmud 
hukmronligining 21-yilidan boshlab yoza boshlaganining sababini bayon qilgan. 
Chunki, ungacha bo’lgan davr-ni ikki tarixchi, Mahmudning saroy tarixchisi Abu 
Nasr Muhammad Utbiy «Kitobu-l-Iaminiy» asarida 409-411 yillargacha bo’lgan 
voqealarni bayon qilgan. Ikkinchisi, aftidan, yuqorida tilga olingan Mahmud 
Varroq «bir necha ming yilliklar
tarixini yozgan» va 409
 
yilga kelib, o’z qalamini 


52 
«tashlagan», buning oqibatida Abul Fazl o’z «Tarix»ini yoza boshlagan. Demak, 
muallif «Ma`sud tarixi»,ni 1056 yil 10 iyulda yoki 1059 yilning aprelida 
boshlangan deydi. A. K. Arendsning hisobicha, u hozirgi hisobda 11 bosma taboq 
asar yozishga ulgurgan. 1063 yilarlarda ham u yozayotgani ma`lum bo’lsa-da, 
asarni qachon tugatgani ma`lum emas. 
Muallifning boshqa manbalarga halol yondoshganini quyidagi dalillardan ham
aytish mumkin. Jumladan, u shunday yozadi: «Abbosiy xalifalar haqida 
yozishlaricha yoki «Men, Abul-Fazl ko’plab kitoblarni, ayniqsa rivoyatlarki ko’rib 
chiqdim va ulardan foydalandim», yoki «tarixiy manbalarda aytiladiki...» va 
hokazo. Masalan, Xorazm haqidagi qiziqarli bobda u shunday yozadi: «SHu 
paytgacha uzoq vaqt men ustoz Abu Rayhon qo’li bilan bitilgan kitobni 
ko’rganim yo’q erdi. Alar so’zamollikda va hodisalar mohiyatini anglashda o’ta 
mohir kishi erdilar , hech narsani bilmay bitmasdilar. Men bu narsalarni shu bois 
yozayotirmanki, toki «Tarix» imni yozishda naqadar ehtiyot bilan ish tutganim 
namoyon bo’lg’ay». «Ma`sud tarixining barcha nusxalarida Beruniyning bizgacha 
etib kelmagan bu asari «Mashohir Xvarizm» («Xorazmning taniqli kishilari») deb 
yozilgan. Bundan tashqari «Kitob tarix ayamiassulton Mahmud va axbori abix»
(«Sulton Mahmud hayoti tarixi va uning otasi haqida xabarlar») va «Kitob al-
musamara fi axbor Xvarizm» («Xorazm to’g’risidagi xabarlar xususida suhbat»)
kabi nomlardan ham ma`lumki, bular shubhasiz Beruniyning bizgacha etib 
kelmagan o’sha kitobining nomlanishlaridir. Bizga boshqa narsa muhimroq: Agar 
Beruniy Xorazm tarixini arab tilida yozgan bo’lsa, unda bu tilni yaxshi bilgan Abul 
Fazl Bayhaqiy ushbu asardan yaxshi foydalangan. «Beruniy kitobini bundan ancha 
avval kurgan edim...» deb yozgan muallif sulton Mahmudning Xorazmni bosib 
olishigacha va keyingi, taxminan 1018-1020 yillargacha bo’lgan voqealar bayon 
qilingan yuqoridagi asar materiallaridan xotiraga ^kelganicha, keng foydalangan. 
Bundan tashqari, Bayhaqiyning aytishicha, u o’rta fors tilidan ibn Muqaffa tarjima 
qilgan «Xuvot al-namog’» va «Kutub siyar al muluk Ajam» («Eron shohlari 
hasti haqidagi kitob») asarlaridan foydalangan. 
A. K. Arendsning «Tarixi Bayhaqiy» asarining muallif matni tarixini 
jonlashtirish va uning rivoji bosqichlarini aniqlash hozir zarur ma`lumotlar 
yo’qligi bois, mumkin emas» degan so’zlari to’g’ridir. Aftidan, asarning 
etishmayotgan jildlari kitob boyliklarimizga katta zarar keltirgan mo’g’ullar 
bosqini davrida yo’qolgan. Bu yo’qolgan qismlardan parchalar mo’g’ullardan 
qochib O’rta Osiyodan shimoli-g’arbiy Hindistonga ketib qolgan Muhammad 
Avfiyning «Javome`u-l-hikoyot» kitobida ko’proq saqlanib qolgan. A. K. 
Arendsning aytishicha, bu asarning bizning davrimizda sharqshunoslar 
o’rganayotgan eng qadimgi qo’lyozmalari XVII asrga mansubdir. Sharqshunos 


53 
Ch. R’yo Britaniya muzeyidagi XVI asr qo’lyozmalari sanalarini aniqlamoqda. 
«Tarixi Bayhaqiy» ning qo’lyozma nusxalari ko’p emas. Ularning bir qismi 
Evropaning turli kutubxonalarida, eron, Turkiya, Misr va Hindistonda, ba`zilari 
xususiy-shaxsiy kutubxonalarda saqlanmoqda. Uch nusxasi Leningradda 
saqlanmoqda. 
Ingliz sharqshunosi V. Morle bu kitobni birinchi bo’lib Kal’kuttada 1869 yili 
nashrdan chiqardi. Kitob Bengaliyaning Osiyo jamiyati seriyasida bosildi. Oradan 
yigirma besh yil o’tgach, «Ma`sud tarixi» litografiya usuli bilan Tehronda nashr 
etildi. Uni Eron olimi Adiy Peshavoriy nashr qildi. Shundan keyin Bayhaqiyning 
asarini «unutib» qo’yishdi. Faqat V. V. Bartol’dgina «Turkiston mo’g’ullar istilosi 
davrida» asarida undan keng foydalandi. Keyin yana jimlik cho’kdi. 1319-1941 
yilga kelibgina adabiyotshunos va yozuvchi Sayd Nafisiy uning birinchi jildini 
Tehronda nashr ettirdi. Ikkinchi jild 1325-1947 yilda, oxirgi jild esa 1332-1954 
yili bosmadan chiqdi. Sayd Nafisiyning bu nashri oldingilardan sifatliroq bo’lsa-
da, biroq u Morlening inglizcha nashriga asoslangan. Ayni vaqtda u Peshavoriy 
nashr etgan ikki nusxadan ham foydalangan. Bu davrga kelib, ya`ni 1945 yilda 
Tehron dorilfununi professorlari G’ani va Fayoz «Tarixi Bayhaqiy» ning matnini 
bosib chiqarishdi. Bu nashr ancha ishonchlidir. 
V. Bartol’d asarlarini hisobga olmaganda, to 1962 yilgacha «Tarixi Bayhaqiy» 
to’liq Ovrupo tillariga o’girilmagan. Shu bois A. K. Arende ruschaga ugirishda 
G’ani va Fayozning 1945 yilgi nashri matniga asoslandi. Ikkinchi nashrda yana 
o’zgarishlar bo’ldi. Unda kirish qismiga qo’shimchalar kiritildi, ba`zi joylar, 
ayniqsa, iboralar tarjimasi aniqlashtirildi. Qo’shimchalarda yo’qolgan jildlarga 
tegishli qismlarning yangi topilganlari bor. Bundan tashqari, yana Bayhaqiy 
asarida tasvirlangan tarixiy voqealarga aloqador «Maqomati xoja Abu Nasri 
Mishkan» asaridan ham shu voqealarni to’ldiruvchi ayrim parchalar ikkinchi 
nashrga kiritildi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə