Tarixshunoslik fanidan


Yunon va Rim tarixshunosligida O‘rta Osiyoning qadimgi davr tarixi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44
Yunon va Rim tarixshunosligida O‘rta Osiyoning qadimgi davr tarixi. 
O’zbek 
davlatchiligi tarixi haqida eng qadimgi manbalar “Avesto”, Eron (Behustun 
qoyatosh bitiklari, Suza saroyi devorlaridagi yozuvlar va hokazo), hind, Xitoy 


23 
manbalari qatoriga yunon-rim manbalarini ham kiritishimiz mumkin. Ulardan 
Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Polibiy, Diador, Arrian, Strabon, Pliniy, Plutarx, 
Kursiy Ruf, Pompey Trog va boshqa yunonlik va rimlik mualliflar qoldirgan 
yozma guvohliklarda miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi yarmidan 
boshlab o’tgan bir necha asrlik davrga oid ko’plab ma’lumotlar uchraydi.
Yunon va Rim olimlarining tarix va geografiyaga oid asarlari ma'lum darajada 
musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Beruniy 
va boshqalarning ijodiga asos bo’lib xizmat qildi. 
O’zbek davlatchiligi tarixi haqidagi yunon-rim manbalarida boshqa xitoy, hind, 
eron manbalrida uchramagan ma’lumotlar ko’plab uchraydi. Eng qadimgi 
davrdagi qabilalar, ularning turmush tarsi, davlatchilikka asos solganlari, ularga 
qo’shni xalqlarning o’zaro aloqalari haqida qimmatli ma’lumotlar uchraydi. 
Masalan, massaget qabilalarining dini, urf-odatlari, malikalari To’maris haqida 
va Kirninng ayol malikadan sharmandalarcha mag’lubiyatga uchragani haqida 
faqat Gerodot va Poliyen manbalaridagina uchraydi. Biz Shiroq afsonasi haqida 
ham faqat Poliyenning asari orqali bilishimiz mumkin. 
O’rta Osiyo Ariy aholisining bir qismi bo’lgan Xorazmiylar mashhur qadimgi 
yunon tarixchisi Geradotning (miloddan avvalgi V asr) «Tarix» kitobida ham 
tilga olinadi. Geradotning fikricha Xorazmiylar O’rta Osiyoda keng vodiylarni 
egallaganlar. Yirik qadimgi grek tarixchisi Arrian Flaviy (taxminan 95-175 yy.) 
o’zining «Aleksandrning yurishlari» («Anabasis Aleksandra») asarida xorazmlik 
podshoh Fratafern (Farasmon) haqida va uning 1500 otliq qo’shin bilan 
Aleksandr oldiga kelganligi haqida hikoya qiladi. 
Rim tarixchisi Kvint Kurtsiy Ruf (milodning 1 asri) o’zining «Buyuk 
Aleksandrning tarixi» asarida Xorazm podshohi Fratafern haqida, uni massaget 
va sak qabilalarining Aleksandr zulmiga qarshi milliy ozodlik harakatiga qo’shil-
ganligi haqida hikoya qiladi. 
Strabonning fikricha, xorazmliklar massaget elatlaridan tashkil topgan ekan. 
To’maris afsonasi ham xorazmliklar haqidadir. 
Eron shohi Kir o’z yurishida massaget qabilalarini tor-mor qilishni o’ylab 
harakat qiladi. Kirning yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Doro ikkinchi 
marta yurish qilishga hozirlanadi. 
Polienning yozishicha, Doroning hujumi xabarini eshitgan massaget va 
saklarning uchta podshosi Sansafar, Umarg va To’maris personajlarining 
nomlariga juda o’xshash. To’miris - Geradot tasvirlagan massagetlar «malikasi» 


24 
To’marisning xuddi o’zginasidir. Umarg - Ktesiy rivoyatlaridan birida 
uchraydigan nom, saklar podshosi Sakoforgga kelganda, bu nom, shubhasiz, 
Xorazm Siyovushlari sulolasidan Shaushafarning o’zidir. Shundan ma’lum 
bo’ladi-ki, derbeklarning ayol hokimi Xaumavarga, saklarning va Xorazm hokimi 
Doroning hujumiga qarshi ittifoq tuzib mudofaa uyushtirganlar. 
Gerodot, Ktesiy va boshqalarning yozishicha massagetlarda ayollar yuqori 
mavqeni egallaganlar. Massaget qabilalari haqida ayolga hurmat kuchli bo’lgan. 
Shu tufayli bo’lsa kerak, Gerodot asarlarida «Malika To’maris», Ktesiy 
hikoyalarida esa «Malika Sparetra» boshchiligidagi ayollar qo’shinlari to’g’risida 
to’lqinlanib yozadilar. To’maris qissasining qisqacha mazmuni shundan iboratki, 
To’maris miloddan avvalgi V1 asrda Massaget halqiga bosh bo’lgan Xorazmga 
tajovuz qilgan Eron shohi Kirga qarshi mardona kurash olib borgan Malikadir. Bu 
ayol haqida qadimgi grek tarixchisi Gerodot o’zining «Tarix» kitobida «Kirning 
massagetlarga qarshi yurishi” degan sarlavha ostida hikoya qiladi. Mazkur 
hikoyaning keng bayoni «Vestnik drevney istorii» jurnalida bosilgan, V. V. 
Latishevning «Drevnie pisateli, o Skifii i Kavkaze” maqolalari 1974 va uning 
qisqacha mazmuni «O’zbekiston SSR tarixi», N. Mallaevning «O’zbek adabiyoti 
tarixi kitoblarida keltirilgan. 
Strabonning o’zbek davlatchiligi haqidagi ma’lumotlari qimmatli bo’lib, uning 
ta’kidlashicha Massaget va Sak qabilalari ittifoqiga xorasmiylar ham kirgan. 
Axamoniylar davrida xorasmiylarning yangi to’lqini Amudaryo etaklariga 
janubdan kelgan degan fikrlar ham mavjud. Lekin bu fikr hali arxeo-logik
jihatdan isbotlangan emas. 
Gekatey va Gerodotlar xorazmiylarni O’rta Osiyo janubiy rayonlari qabilalari 
bilan aloqalari to’g’risida ma’lumotlar 
beradilar.
Gekatey ko’rsatishicha, miloddan avvalgi VI asrda xorazmiylar parfyanlardan
sharqda yashaganlar. Strabon Xorasmiylarni etnik jihatdan “sak va 
massagetlar”ga mansubligini ko’rsatadi. 
O’zbekistonning antik davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi Yunoniston va 
Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat 
qiladi.
Geradot (miloddan avvalgi 490-480 yillar o’rtasi - 425 y.) - yirik qomusiy olim, 
tarix fanining "ota"si, asli Kichik Osiyoning Galikarnas shahridan, 455-447 yillari 
Yevropa, Osiyo va Misr bo’ylab sayohat qilgan. U Ellada va Sharq mamlakatlari 
(Liviya, Misr, Assuriya, Vavilon, Eron va Skifiya)ning qadim zamonlardan to 
miloddan avvalgi 479-yilgacha bo’lgan ijtimoiy-siyosiy hayotidan hikoya 


25 
qiluvchi 9 kitobdan iborat "Tarix" nomli asari bilan shuhrat topgan. Bu asar 
umumiy tarix yo’nalishida yozilgan birinchi kitob hisoblanadi. Shu tufayli ham 
Geradot, Sitseronning (miloddan avvalgi 106-43-yy.) so’zlari bilan aytganda, 
tarix fanining "ota"si hisoblanadi. 
Geradot, garchi o’zi bayon etayotgan voqealar ustida chuqur mulohaza 
yuritmasa ham, ularni to’g’ri bayon etishi, o’zga xalqlar va mamlakatlar tarixiga 
hurmat nuqtayi nazaridan qarashi bilan ba'zi tarixchilardan ajralib turadi. 
Geradotning asarida O’zbekistonning qadimiy xalqlari bo’lmish agrippiylar, 
issedonlar, massagetlar, daylar va saklar haqida, ularning turmushi, urf-odatlari 
hamda qo’shni mamlakatlar bilan aloqalari haqida qimmatli ma'lumotlarni 
uchratamiz. 
Gerodot ahamoniylar hukmronligi davrida boshqaruvi haqida shunday degan: 
Kir va uning o’g’li Kambiz hukmronlik yillarida (miloddan avvalgi 529-522-
yillarda) ularga qaram mamlakatlardan muayyan bir soliq olinmagan. Biroq tobe 
mulklardan ularga sovg’a-salomlar yuborib turilgan. “Doroni forslar savdogar 
deyishiga sabab,-deb yozadi Herodot, - u birinchi bo’lib soliq tizimini joriy 
etganligidadir”. 
"Tarix"ning Shteyn tarafidan tayyorlangan tanqidiy matni 1869-1871 yillarda 
chop etilgan. Asar ingliz (Roulinson, London, 1856-1860) hamda rus (F.G. 
Mishchenko, Moskva, 1858-1860) tillariga tarjima qilingan. 1982 yilda asarning 
mamlakatimiz tarixiga oid qismlari zarur izohlar bilan A.I.Davatur, 
D.P.Kallistovhamda I.A.Shishova tornonidan yangidan nashr etilgan. 
Gerodotning tarixiy an’analarini davom ettirgan yunon tarixshunosi Ktesiy 
Kichik Osiyodagi Knid shahridan bo’lgan. U miloddan avvalgi 414 yildan 
boshlab, ahamoniylar podshosi Artakserks II saroyida tabib vazifasini bajargan. 
Podsho saroyida u Sharq chegaralarida joylashgan uzoq shaharlar, davlatlar va 
xalqlar haqida ko’p hikoyalar eshitgan. Erondan yurtiga qaytganidan keyin Ktesiy 
qadimgi forslar tarixini yoritishni rejalashtirgan. Ammo to’plangan ma’lumotlar 
aynan forslardan tashqari keng tarix tasavvuriga asos solgan.
Ktesiy keltirgan ma’lumotiga ko’ra Eron podshosi Kir miloddan avvalgi VI 
asrda saklar podshosi Amorg’ning xotini Sparetra bilan jang qilgan. Kir shu 
jangda halok bo’lgan, uning o’limining To’maris bilan jangga aloqasi yo’q deb 
aytib o’tgan. Bular Gerodot keltirgan ma’lumotlarga butunlay qarama-qarshi. 
Bundan tashqari Ktesiy Baqtriya davlati haqida ham yozib qoldirgan. U 
ossuriyalik podshoh Nin Belidning Baqtriyaga harbiy yurishi haqida so’zlab, Nin 
baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganini aytadi. Semiramida miloddan avvalgi 


26 
IX-VIII asr boshlarida Ossuriya malikasi bo’lgan. Ninning Baqtriyaga qarshi 
yurishida Semiramida ham qatnashgan va ular Baqtriya podshosi Aksiart bilan 
obdon urushganlar. Xullas, Baqtriya davlatida hukmronlik qilgan sulolalar haqida 
haqiqatdan ko’ra afsonalar ko’proq uchraydi. 
Qadimgi yunon tarixchilaridan Gekatey Milet shahridan bo’lib, (miloddan 
avvalgi VI-V asrlar)olimlarning fikriga ko’ra birinchi bo’lib ahamoniylar 
o’lkalarining ro’yhatini keltirgan va qadimgi Sharq xalqlari haqida xabar qilgan. 
Ular orasida O’rta Osiyo xalqlari haqida ma’lumotlar ham bor. 
Diodor (miloddan avvalgi 90-21yillar) yirik tarixchi olim, asli Sitsiliyaga 
qarashli Argiriya shahridan. U "Tarixiy kutubxona" nomli 40 kitobdan iborat asar 
yozib qoldirgan. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar, asosan Yunoniston 
va Rimning qadim zamonlaridan to milodning I asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini 
o’z ichiga oladi. Unda Sharq xalqlari, shuningdek, O’zbekistonning qadimiy 
xalqlari skif, sak, massaget, baqtriyaliklar, yurtimizning Eron bilan bo’lgan 
munosabatlari haqida qimmatli ma'lumotlar bor. 
Diodorning mazkur asari ko’p jihatlari bilan ko’chirma - kompilyatsiya 
hisoblanadi. Muallif Efor, Polibiy asarlaridan keng foydalangan. Bundan tashqari, 
ko’p hollarda bayon etilayotgan voqealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga 
qaramay, bu asar dalillarga boy va katta ilmiy ahamiyatga egadir. 
Diodorning asari to’la holda bizning zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning 
faqat 15 kitobi - qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va afsonalari haqida hikoya 
qiluvchi 1- 5-kitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron urushlari 
(miloddan avvalgi 500-449)da to miloddan avvalgi 301-yilgacha bo’lgan tarixini 
O’z ichiga olgan 11-20-kitoblarigina saqlangan, xolos. 
Bu asar 1774-1775-yillari L.Alekseev tomonidan olti qismda va 1874- 1875-
yillari F.G. Mishchenko tarafidan ikki qism qilib nashr etilgan. 
Polibiy (miloddan avvalgi 201-20) - yirik yunon tarixchisi, 40 kitobdan iborat 
"Umumiy tarix" asari bilan mashhur. U Yunoniston, Makedoniya, Karfagen, 
Misr, Suriya va Rimning 220-146-yillarorasidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o’z 
ichiga oladi. Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asarning katta qismi 
saqlanmagan, bizgacha faqat 1-5-kitoblargina yetib kelgan, xolos. 
Polibiyning "Umumiy tarixi" daliliy maMumotlarga boyligi, voqealarning 
nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir. 
Unda Oks - Amudaryo va Yaksart - Sirdaryo haqida, Antiox 1 ning Baqtriya 
podshohi Eftidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim maMumotlar bor. 


27 
"Umumiy tarix"ning matni 1889-1905-yillar orasida to’rt jildda Leyptsigda 
chop etilgan. Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922-1927; ikkinchi nashri, 
London, 1957-1960) va ruscha (F.G.Mishchenko, 1-3-jildlari. M., 1890-1899) 
tarjimalari mavjud. 
O’zbekistonning qadimiy tarixini o’rganishda Yunoniston va Rirn 
tarixchilarining asarlari benihoyat qimmatlidir. 
Uning yozishicha sak podsholari Saksafar (Xorazm hukmdori), Amorg’(saklar 
podshosi), To’maris (massagetlar malikasi), Doroga (Dorush)qarshi kurash 
rejasini tuzib turganlarida , ular huzuriga Shiroq ismli otboqar keladi va agar 
oilasi va tirikchiligidan xabar olib turishga va’da berilsa, yakka o’zi dushman 
hafvini qaytarishga urinib ko’rajagini aytadi. Podshohlar taklifini qabul qilib
qasam ichadilar. Shiroq afsonasi haqida biz faqat Poliyenning ma’lumoti 
orqaligina bilishimiz mumkin.
Strabon (miloddan avvalgi 63 - milodning 23) qadimgi Yunonistonning atoqli 
geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshohlarining qarorgohlaridan), 
nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashhur yunon faylasufi Aristotelning 
(miloddan avvalgi 384-322) shogirdi, qariyb 80 yil umr ko’rgan. 
Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat "Geografiya" nomli 
asaridir. Asarning 1-2 kitoblari "Muqaddima" deb ataladi va unda geografiya ilmi 
va uning hokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi o’rni va roli haqida 
gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning yer tuzilishi haqidagi ta'limoti 
tanqid qilinadi, yer yuzini tavsiflash haqida umumiy tushuncha beriladi. 
3-10-kitoblarida Yevropa mamlakatlarining tavsifiga, shundan 8-10-kitoblar 
Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag’ishlangan. 
Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o’rin berilib, ular to’g’risida 11-16-
kitoblarda ma'lumot berilgan. 17-kitob Afrika mamlakatlariga bag’ishlangan. 
Strabon Polibiyning "Umumiy tarix"ini davom ettirib, unga miloddan avvalgi 
146-31 yillar orasida bo’lib o’tgan voqealarni qo’shgan. Afsuski, bu muhim asar 
bizning zamonimizgacha yetib kelmagan, lekin uning ayrim qismlari, xususan 
O’zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim parchalar olimning "Geografiya" 
nomli asariga kirib qolib saqlangan. 
Strabonning "Geografiya"sida Girkaniya, Parfiya, Baqtriya va Marg’iyonaning 
tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo’llari, Oxa (Harrirud), Oks va 
Yaksart daryoiari haqida, O’zbekistonning qadimiy xalqlari - sak, massaget, day, 
atasiya, toharlar hamda xorazmliklar va ularning kelib chiqishi, bu xalqlarning 


28 
turmushi, urf-odati va e'tiqodi, shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan 
avvalgi III asrning birinchi choragidagi ichki ahvoli va o’zaro munosabatlari 
haqida muhim va qimmatli ma'lumotlar mavjud. 
Strabonning ushbu asari 1844 va 1848 yillari Kramer va Myuller tarafidan, 
maxsus xarita va tarhlar bilan qo’shib nashr qilingan. Uning nemischa 
(Grosskurd, Berlin, 1831 - 1834) hamda ruscha (F.G.Mishchenko. M., 1879; 
G.A.Stratanovich. M., 1964) tarjimalari ham mavjud. 
Shunday qilib, yunon tarixchilarining asarlari eng qadimgi va qimmatli manba 
ekanligi bugun o’z tasdig’ini topmoqda. 
Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-3 30-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan 
milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (rnilodning II asri), Korneliy 
Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan 
avvalgi 430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Polien (milodning II 
asri) va boshqalarning asarlari ham ana shunday qimmatga egadir. 
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari ham zo’r ilmiy qiymatga 
egadir. 
Pompey Trog ( milodgacha 1 - milodning I asrlari O’rtasida yashab o’tgan) - 
"Filipp tarixi" asari bilan mashhur bo’lgan Rim tarixchisi. 44 kitobdan iborat bu 
asar afsonaviy Assuariya podshohlari zamonidan to Rim imperatori Avgust 
(miloddin avvalgi 63 - milodning 14 yili) davrigacha dunyoda bo’lib o’tgan 
voqealarni bayon qiladi, lekin asosiy e'tibor Yunonistonning makedoniyalik 
Filipp II (miloddan avvalgi 359-336) va Iskandar Zulqarnayn davridagi ijtimoiy-
siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan. 
Mazkur asarning qimmati shundaki, u birtalay noma'lum kitoblarga suyanib 
yozilgan, Rim, Yunoniston kabi yirik davlatlarning paydo bo’lishi va tarixini 
keng yoritib bergan. Muhimi shundaki, muallif bunday davlatlarning oxir-
oqibatda inqirozga uchrashini aytadi. Pompey Trog tarixni harakatga keltiruvchi 
kuch urf-odat va taqdir deb hisoblagan. 
"Filipp tarixi"da skiflar, Baqtriya, Iskandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va 
Sog’dda qurilgan shahar va katta imoratlar, Iskandar Zulqarnayn vafotidan keyin 
yuz bergan voqealar, parfiyaliklarning kelib chiqishi, ularaing urf-odatlari, 
Parfiya podsholigining tashkil topishi, Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o’zaro 
munosabatlariga oid muhim ma'lumotlar mavjud. Bu ma’lumotlar juda qimmatli 
hisoblanadi. 
Pompey Trogning bu asari Yustin (II-III asr) tarafidan qisqartirilib qayta 


29 
ishlangan shaklda bizning zamonimizgacha yetib kelgan va Ruxl tomonidan 
1935-yili chop qilingan. Uning ruscha tarjimasi A.A.Dekonskiy va M.M.Rijskiy 
tomonidan "Bectnik drevney istorii" jurnalining 1954-yil 2-4 va 1955-yil 1-
sonlarida bosilgan. 
Arrian Flaviy (taxminan 95-175) - yirik yunon yozuvchisi, tarixchisi va geograf 
olimi, asli Kichik Osiyoning Nikomadiya shahridan. U "Iskandar haqida", 
"Parfiyaliklar haqida", "Hindiston" va 7 jildlik "lskandarning yurishlari" nomli 
kitoblar muallifidir. 
O’zbekiston va Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning "Iskandarning 
yurishlari" nomli asari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda fotihning O’zbekiston, 
Eron hududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik yurishlari tarixi batafsil 
bayon qilingan. 
Faqat Arriangina Xorazmning hukmdori Farasman va uning mohir diplomatligi 
sabab, Xorazmning mustaqilligi saqlab qolinganligini yozib qoldirgan. 
Arrianning guvohlik berishicha miloddan avvalgi 329-yili Aleksandr 
Samarqandda turganida Farasman (Xorazm hukmdori) tashrif buyuradi. Xorazm 
hukmdori bu uchrashuv chog’ida Aleksandrga harbiy ittifoq tuzib, Qora dengiz 
tomon yurishni taklif qiladi. So’g’dlik Spitamen qo’zg’olonini bostirish bilan 
band bo’lgan Aleksand Farsmanga tashakkur aytib, u bilan do’stlik ittifoqini 
tuzadi. Shu bilan birga hozir Qora dengizga hujum qilish vaqti emas, deydi.
Aleksandr ishonchini oqlagan Farasman yunonliklarning keyingi harbiy rejasi 
Hind zaminiga yurish ekanligini ham aniqlab oladi.
Asar panegrizm - maddohlik ruhida yozilgan. Muallif Iskandar Zulqarnayn va 
uning faoliyatini ko’klarga ko’tarib ulug’laydi. U ko’p qo’lyozma manbalar va 
rasmiy hujjatlar asosida yozilgan bo’lib, mavzu bo’yicha muhim va asosiy 
manbalardan hisoblanadi.Iskandarning Spitamendan mag’lubiyatga uchragani 
haqida ham yozgan. 
Arrian Flaviyning "Iskandarning yurishlari" asari nemis (Myuller Leyptsig, 
1886) hamda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 va M.E.Seigeenko M.-L., 1962) 
tillarida nashr etilgan. 
Ptolomey Klavdiy (taxminan 90-160) - mashhur qomusiy olim, Aleksandriyada 
yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika (optika, mexanika) hamda 
geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan. 
Jahonga mashhur "Almagest" - "Al-majastiy" (18 kitobdan iborat, astronomiya 
va trigonometriya ilmlarini o’z ichiga oladi), "Optika" (5 kitobdan iborat), 


30 
"Germanlar haqida tushuncha" (3 kitobdan iborat) va, nihoyat, "Geografiya" 
shular jumlasidandir. Lekin, olimga shuhrat keltirgan asarlari "Almagest" va 
"Geografiya"dir. 
"Geografiya"ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog’i uning 24-bobi 
jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag’ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. 
Shunisi muhimki, asarda shahar, mamlakatlar va ularning koordinatalari 
keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan. 
Ptolomeyning "Geografiya"sida Girkaniya, Marg’iyona, Baqtriya, So’g’diyona 
hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va So’g’diyonaning 
mashhur shaharlari, shuningdek o’sha mamlakatlar va ular bilan tutash o’lkalar va 
ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. 
Kvint Kurtsiy Ruf (milodning I asri) - mashhur Rim tarixchisi, Iskandar 
Zulqamaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbjy yurishlari 
haqida 10 kitobdan iborat "Buyuk Iskandar tarixi" nomli asar yozib qoldirgan. 
Muallif Ptolomey Lag va Iskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va 
Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan 
Kvint Kurtsiy Rufning asarida O’zbekiston hududining Iskandar Zulqarnayn 
qo’shinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi 
kurashi, xususan, Spitamen boshliq qo’zg’olon keng yoritib berilgan. 
Kvint Kursiy Rufning guvohlik berishicha, Iskandar miloddan avvalgi 329-yilda 
Oks daryosidan kechib o’tayotganda askarlarga somon to’ldirilgan meshlarni 
tarqatishga qaror qiladi. Ular meshlar ustida daryodan suzib o’ta 
boshlaydilar.daryodan birinchi bo’lib kechib o’tganlar qo’riqchilar xizmatini 
bajarib, boshqalarni kutib oladilar. Shu tariqa askarlar oltinchi kuni daryoning 
narigi qirg’og’iga o’tib olishga muvaffaq bo’ladilar.
Kursiy Ruf miloddan avvalgi 327 yilda O’rta Osiyoni to’liq bosib olgach, 
mahalliy aholi vakillaridan viloyatlarga hokimlar tayinlagani haqida shunday 
deydi: “Iskandar baqtriylar viloyatini Artaboz idorasiga topshirib, bu joydagi 
qo’riqchilar qo’shini bilan birga ot-arava yuklarini qoldiradi. O’zi esa harakatdagi 
qo’shinlarga yo’lboshchi bo’lib, So’g’diyona sahrosoga yo’l oladi”, deya xabar 
beradi.
Bundan tashqari Arrian mahalliy aholining Iskandarning harbiy harakatlariga 
bildirilgan munosabatlari haqida bunday yozadi: “Tanais (Sirdaryo) ortidagi 
skiflar (saklar)davlatining podshosi makedonlar tomonidan datyo bo’yida 
solingan shaharni qullik bo’yinturug’i bo’lishini sezib, uni vayron qilish va 


31 
makedonlarni daryo qirg’og’idan uzoq masofaga quvib chiqarish uchun katta bir 
otliq qo’shinga yo’lboshchi tayinlab, o’z akasini yuboradi”. 
"Buyuk Iskandar tarixi" 1841-yili Myuttsel, 1867-yili T.Nyoldekeva 1885-yili 
Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tahriri ostida 
chop etilgan (M.,1963). 
Gay Pliniy Sekund (24-79) - rimlik mashhur yozuvchi, tarixshunos olim va 
davlat arbobi, 79-yili mashhur Vezuviy vulqonining otilib chiqishi natijasida yuz 
bergan umumxalq fojiasi vaqtida halok bo’lgan. 
Gay Pliniy Sekund - sermahsul olim, 20 kitobdan iborat "Germanlarning 
urushlari", ikki jilddan iborat "Pomponiy Sekundning hayoti" va 37 kitobdan 
iborat "Oddiy tarix" nomli asarlar yozib qoldirganj ma'lum. 
Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo’ylari mamlakatlarining bosib 
olinishi tarixidan bahs yurituvchi "Germanlarning urushlari" nomli asari bizning 
davrimizgacha yetib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56—117) 
"Solnomalar" (imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) 
Neronning halok bo’lishigacha (milodning 68-yili) bo’lib o’tgan voqealarni o’z 
ichiga oladi) hamda "Germaniya" (unda german va boshqa qabilalarning tarixi 
bayon etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manba bo’lgan. 
"Pomponiyning hayoti"da Pliniy sobiq boshlig’i Pomponiy Sekundning hayoti 
va faoliyati haqida hikoya qiladi. Bu asar ham bizning zamonamizgacha yetib 
kelmagan. 
"Oddiy tarix" Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik 
dunyo tarixi, iqtisodiy ahvoli hamda madaniyati bayon etilgan. Unda muallifning 
o’z manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bo’lmaganligi, ayrim dalil va 
voqealarni buzib ko’rsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunyo tarixi 
bo’yicha keng ma'lumot beruvchi qomusiy asar sifatida e'tiborga sazovordir. 
"Oddiy tarix"da O’zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan xalqlar, 
masalan, skiflar, Oks - Amudaryo, Yaksart - Sirdaryo va skifcha joy nomlari, 
tabiiy boyliklari, Antioxiya shahariarining barpo etilishi haqida qimmatli 
ma'lumotlar bor. 
Shunday qilib, qadimgi dunyo yunon-rim ilk yozma manbalari Qadimgi Sharq 
va dunyo tarixida birinchi bo’lib o’lkamizdagi elatlarning, alohida joylar, tog’lar, 
daryolar va ko’llarning, afsonaviy qahramonlar va podsholarning nomlarini, 
aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi 
to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.


32 
Xullas, yunon-rim manbalrining o’ziga xos hususiyati shundaki, bu asarlar 
ko’pincha afsona va rivoyatlarga, oddiy mahalliy xalqlarning gaplariga asoslanib 
yozilgan. Shunga qaramasdan, afsonalarda ham birmuncha bo’lsa-da, haqiqat 
yashiringan bo’ladi. Bundan tashqari ular ko’pincha harbiy bosqinchilar bilan birga 
kelgan askarlar va saroy tarixchilarining ko’rgan-bilgan voqealari tasvirlangan. 
Mahalliy xalq ularni dushman sifatida ko’rib, ko’pincha yolg’on-yashiq 
gapirganlar. Bundan tashqari til tushunmasliklari ham ba’zi noqulayliklarni keltirib 
chiqargan. Natijada, ko’p shahar va shahslarning nomlari noto’g’ri yozilgan. Bu 
esa ularning bugungi kundagi nomlarini aniqlashda ba’zi bir noqulayliklarni 
yuzaga keltiradi. Aniq va to’g’ri ma’lumotlarni faqat, chuqur bilimga ega bo’lgan 
holda, tarixiy asarlarni taqqoslab to’g’ri xulosaga kelish orqali olishimiz mumkin.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə