Tarixshunoslik fanidan


«Avesto» kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
 
«Avesto» kitobining o‘rganilishi va uning tariximizda tutgan o‘rni
Zardushtiylik dunyodagi eng qadimgi dinlardan bir bo‘lib, insoniyat madaniyatiga 
katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu din juda ko‘p Sharq mamlakatlarida, xususan O‘rta 
Osiyoda ham uzoq vaqt asosiy dinlardan bo‘lib keldi. Zardushtiylik dining 
muqaddas kitobi “Avesto” bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida 
istiqomad qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy 
merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk 
ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir. 
Unda markaziy Osiyo xalqlari bundan 3 ming yil oldingi davrlarda yoritib 
berilgan.


11 
Evropada Zardushtiylik ta’limoti antik davr - qadimgi zamonlardayoq katta 
qiziqish uyg‘otgan, Zardo‘sht va uning ta’limoti haqida ko‘pchilik yunon va 
rimlik yozuvchilar, faylasuflar va tarixchilar ilmiy asarlar yozishgan. Sosoniylar 
sulolasi davrida, III-VII asrlarda zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi - "Avesto" 
matnlari o‘rta forsiy tilga ko‘chirila boshlagan vaqtlardayoq mazkur din 
tarixshunosligi tug‘ila boshlagan edi. 
Miloddan avvalgi V asr oxiri tarixshunoslarining yozishicha, Gerodotning 
zamondoshi lidiyalik Ksanor Zardo‘sht nomini tilga olgan. Keyingi 
tarixshunoslarning yozishicha, Ktesiy o‘z asarida Zardo‘shtning ossuriyaliklardan 
engilgan Baqtriya podshosi sifatida tilga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, Ktesiy 
asari ancha ilgari qayta ishlangan bo‘lib, keyinroq o‘tgan qadimiy olimlari ana shu 
qayta ishlangan nusxadan foydalanganlar. Ammo Ksenofontning "Kiropediya" va 
"Anabasis" asarlarida Zardo‘sht haqida ma’lumot uchramaydi. Holbuki, Ksenofont 
Ahomoniylar davlatining ahvoli, xalq urf-odatlari va marosimlari bilan yaxshi 
tanish edi. Gerodot, Ktesiy va Ksenofont asarlarida keltirilgan ma’lumotlarni 
umumlashtirib aytish mumkinki, Ahomoniylar davri (mil av VI-V asrlar)da hali
Zardo‘shtni hukmron din asoschisi deb hisoblashmagan. Zardo‘shtiylik dini 
tadqiqotchilari E. Benvenist, A.K.Kristensen, X.Nyuberg, V.Struve va boshqalar 
ham shu fikrdalar. Zardo‘shtiylik dini tarixiga oid ko‘plab maqolalar va asarlar 
yaratilgan bo‘lsa-da, ammo mamlakatimiz xalqlari tarixida zardo‘shtiylikning o‘rni 
va ahamiyati haqida jiddiy, umumlashma asarlar yaratilmagan.
Ilk o‘rta asrlarda mazkur din o‘rnini asosan islom dini egallagan. Natijada 
bundan avvalgi davrlarda mavjud bo‘lgan zardushtiylik diniga oid adabiyotlarning 
juda ko‘p qismi, sosoniylar davrida amalda bo‘lgan "Avesto" to‘plamining 
taxminan to‘rtdan uch qismi yo‘qolib ketgan. 
Tarixdan ma’lumki, Aleksandr Makedonskiy O‘rta Osiyoga yurish qilgan 
davrda bu erda yuksak sivilizatsiya mavjud edi. Haqiqatda esa, «Avesto»ga qarshi 
hujum Aleksandr Makedonskiy davridayoq boshlangan edi. Abu Rayhon Beruniy 
yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida Abisto(Avesto)ning o‘n ikki ming 
qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Aleksandr otashxonalarni 
vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. 
Shuning uchun o‘sha vaqtdan beri Abistonning beshdan uchi yo‘qolib ketdi. 
Abisto o‘ttiz «nask» edi, majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask chamasi qoldi. Biz 
Qur’oni Karim bo‘laklarini xaftiyak deganimizdek, nask Abisto bo‘laklaridan har 
bitta bo‘lakning nomidir». 
Eramizning VII-VIII asrlarida ro‘y bergan arablar bosqini O‘rta Osiyo xalqlari 
boshiga misli ko‘rilmagan talofatlar olib kelgani ham ma’lum. Abu Rayhon 
Beruniy yozadi: «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va 
rivoyatlarini o‘rgangan va bilimini boshqalarga o‘rgatadigan kishilarni halok etib, 
butkul yo‘q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar ) islom 
davridan keyin, haqiqatni bilib bo‘lmaydigan darajada yashirin qoldi. Keyin 
Qutayba ibn Muslim al-Bohiliy xorazmliklarning kitoblarini halok etib, 


12 
bilimdonlarini o‘ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, 
o‘z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo‘ldilar. Uzoq zamon shunday 
bo‘lgach, ular ixtilofli narsalarini unutib kelishib qolganlarini yodda saqlab 
qoldilar». 
Qadimgi Xorazm tarixining chuqur bilimdoni S.P.Tolstovning arxeologik 
dalillar asosida isbot etishicha, islomgacha bo‘lgan sivilizatsiyaning nodir 
yodgorliklari, tarixiy adabiyot, ma’naviyat durdonalari yonib kulga aylantirilgan. 
Binobarin zardushtiylik ta’limoti va uning muqaddas «Avesto» kitobi ham 
yondirilib, yo‘q qilib yuborilgan. Uzoq tariximiz va ma’naviy merosimizning bu 
noyob yodgorligi keyingi asrlardagi pahlaviy, fors tillaridagi talqini asosidagina 
bizgacha etib kelgan. Mana shu hol zardushtiylik ta’limoti tarixi va 
tarixshunosligini o‘rganish uchun katta qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda "Avesto" muhim 
manbadir. Chunki "Avesto" faqat zardushtiylik dinining urf-odatlari, e’tiqodi 
jamlangan muqaddas kitob bo‘libgina qolmay, unda O‘rta Osiyo va Eronning 
qadimgi tarixi, madaniyati va siyosiy tuzumi ham aks ettirilgan. Er yuzidagi eng 
qadimgi dinlar, jumladan, zardushtiylik haqida ilmiy-tadqiqotlar vujudga kelgan. 
Amerikalik olim R.Fray, fransuz olimi E.Benvenist, belgiyalik olim J.Dyushen - 
Gyuyimen, shved olimlari X.Yu.Nyuberg, G.Videngran, daniyalik K.Barr, nemis 
olimi B.Xins boshqalarning asarlarini ko‘rsatish mumkin. 
Zardushtiylik tarixini o‘rganish bir qator muammolarni o‘z ichiga oladi. 
Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”ni o‘rganish muammolari quyidagilar:
1. Zardo‘shtning vatani qaer ekanligi. 
2. Avestoning o‘rganish masalalari. 
3. Zardushtiylik dinining tarqalish bosqichlarini o‘rganish. 
"Avesto"ni tadqiq qilish va uni o‘rganishni o‘rta asrlarda yashab, ijod qilgan 
alloma Abu Rayhon Beruniy boshlab bergan bo‘lsa (alloma o‘zining "Osor ul-
boqiya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") asarida zardushtiylik dini 
haqida ancha mufassal fikr yuritgan), Evropada 1723 yil Jorj Bouje va ayniqsa 
fransuz olimi Anketil Dyuperronning xizmati katta bo‘ldi. London universiteti 
professori Meri Boys Eron tarixi va madaniyatiga oid asarlar bilan 
zardushtiylikning o‘rta asrlardagi va yangi zamonlardagi tarixini o‘rganishga 
katta hissa qo‘shdi. Meri Boys 1963-1964 yillarda Yazd vodiysi shimolidagi olib 
borgan dala-qazilma ishlari vaqtida zardushtiylarning e’tiqodlari va rasm-
rusumlarini o‘rgandi. Yuqoridagi ishlari natijasida Meri Boys 4 jilddan iborat 
"Zardushtiylik tarixi" nomli yirik ilmiy asarini tayyorladi va qisman nashr etdi. 
Shuningdek, Meri Boys zardushtiylikning qachon vujudga kelganligi haqida 
fikrlari munozaralidir.
Zardushtiylik dini paydo bo‘lgan zamin haqidagi bahs uzoq asrlardan buyon 
davom etib kelmoqda. G‘arb olimlaridan A.Meye va P.Tedeskolar 


13 
zardushtiylikning vatani Parfiya (hozirgi Turkmaniston) degan farazni bildiradilar
Daristetir, Jeksonlar zardushtiylik Antropatenda, Xarsfel’d esa Midiyada paydo 
bo‘lgan deydilar; I.Markvart, B.A.To‘raev, X.Nyuberg, E.Benvenist, E.E. Bertels, 
Gayger, Bartol’d, Shpigellar fikriga qaraganda, zardushtiylik Baqtriyada paydo 
bo‘lgan; E. Gersvel’d o‘zining dastlabki arxeologik qazilmalariga binoan hamda 
V.V.Struve, K.V.Trever, Yu.A.Rapoport, S.F.Oldenburg, V.M.Lukonin, 
B.I.Avdiev singari olimlarning fikricha, zardushtiylik Turonzamin (Xorazm, 
Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona)da paydo bo‘lib, so‘ngra Eron va boshqa 
mamlakatlarga tarqalgan. 
Zardushtiylik dini haqida fundamental tadqiqotlar muallifi Meri Boys uning 
bundan uch ming besh yuz yillar ilgari paydo bo‘lgani va boshqa dinlarning 
shaklllanishi va rivojlanishiga ko‘rsatgan ta’siridan tashqari, oliyjanob din 
ekanligini, asrlar mobaynida quvg‘inlikka uchrasa-da, unga e’tiqod qo‘yganlar 
sa’y-harakati tufayli bizgacha etib kelganligini ta’kidlaydi. Meri Boys ham 
otashparaslar dinining muqaddas kitobi «Avesto» qadimgi Xorazm vohasida paydo 
bo‘lganini qayd etadi. 
Zardushtiylik ta’limoti va «Avesto» ning Xorazmda paydo bo‘lganligi haqidagi 
faraz B. G‘ofurov, N.Mallaev, X.Homidov, A.Qayumov, Y.Jumaboev, M.Ishoqov, 
M.Rahmonov, F.Sulaymonova, I.Jabborov, G.Dresvyanskaya, Y.Xo‘jamurodov, 
A.Irisov, M.Qodirov, S.Hasanovlarning maqola va tadqiqotlarida ham o‘z aksini 
topgan. 
Zardo‘shtiylik dinining nainki qaerda paydo bo‘lganligi, balki qachon paydo 
bo‘lganligi xususida ham arxeologik qazishmalar davomida ajoyib natijalarga 
erishgan S. P. Tolstovning fikriga qaraganda, bu dalillar zardushtiylik dini va 
uning payg‘ambari Zaratushturaning Xorazmda tug‘ilganligini isbot qiladi. Avesto 
ham boshqa ko‘plab muqaddas kitoblar singari murakkab va ko‘p qatlamlidir - deb
yozadi S. P. Tolstov, - biroq unda, shubhasiz, O‘rta Osiyo tarixining arxaik davriga 
borib taqaluvchi ma’lumotlar ustunlik qiladi, hozir bizning qo‘limizda bor 
materiallarga asoslanib, bu davrni yangi eradan avvalgi 1 ming yillikning birinchi 
yarmiga mansub deb hisoblash mumkin.
Zardushtiylik bilan bog‘liq etnografik va lingivistik tadqiqotlar ham juda ko‘p 
narsalarni oydinlashtirishi mumkin. Masalan B. I. Avdievning zardushtiylikning 
Xorazm bilan bog‘liqligini quyidagicha izohlaydi: zardushtiylikning birinchi 
muqaddas olovi Xorazmda yoqilgan. «Avesto»da tasvirlangan «Aryonam Vayjo» 
degan mamlakat Xorazm bo‘lishi extimol. «Avesto»ning hozirgi bizga ma’lum 
bo‘lgan eng qadimgi 1324 yili ko‘chirilgan nusxasi Kopengagen shahrida 
saqlanadi. 1771 yilda «Avesto»ni tarjima qilgan A.Dyupperon 1288 yilda 
ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasidan foydalangan. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, 
sosoniylar davridan «Avesto»ning 21 kitobi (nask) saqlanib qolgan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə