Tarixshunoslik fanidan


O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
O‘zbek xalqi etnogenezi tarixining ayrim dolzarb masalalari tarixshunosligi. 
O‘zbekistonda istiqlol tufayli erkin ijod qilishga keng imkoniyatlar ochilgach, turli 
soha, ilm axli orasida o‘tmish tarixga qiziqish, milliy g‘ururi qaynab, tarixning turli 
yunalishlari bo‘yicha erkin fikr yuritish jonlanib ketdi.
 
Ayniqsa, bugungi kunda o‘zbek xalqining kelib chiqishi va uni xalq, millat 
sifatida shakllanishini, ya’ni o‘zbek etnogenezi va etnik tarixini o‘rganishga 
bo‘lgan qiziqish ortdi. Matbuotda, ilmiy-ommabop nashrlarda, ilmiy anjumanlarda 
o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni, etnik tarixiga oid qizgin bahs-munozaralar 
davom etmokda. Afsuski, chop etilayotgan ba’zi bir tadqiqotlarda qadimdan shu 
zaminda yashab kelayotgan xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro bir-biriga uzviy bog‘liqlik, 


61 
iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy va etnomadaniy aloqalar hamda turli darajadagi etnik 
qorishuvlar tufayli milliy etnoslarning shakllanishi rivojlanishning asosiy 
omillaridan ekanligi ikkinchi darajaga tushib qolmoqda. 
Markaziy Osiyo xalqlari tarixining u yoki bu yo‘nalishi bo‘yicha internet 
saytlarida, ilmiy jurnallar sahifalarida, hatto monografik kitob tarzida milliy 
nuqtai-nazarlar chuqur ilmiy tahlillarsiz keng kitobxonlar ommasiga takdim etila 
boshlandi. Istiqlol bergan ijodiy erkinlikdan ilxomlangan va o‘z bazaviy 
mutaxassisligi tarixdan uzoq bo‘lgan ziyolilar orasida o‘tmish tarixga bir yoqlamali 
yondashuvlar asosida millat tarixini yozish an’anaga aylanib, ularning «ijod» 
mahsuli ilmiy nazoratsiz chop etilmokda.
Afsuski, keyingi yillarda birlamchi manbalar asosidagi tadqiqotchilikka xos 
ilmiy odob (etika) o‘rnini milliy ehtiroslar egallab bormokda. Natijada, jahon ilmiy 
jamoatchiligi e’tirof etgan ob’ektiv tarix, real geosiyosiy vaziyat hisobga olinmay, 
ilmga zid qarashlarni fanda paydo bo‘lib qolishi tufayli, mustaqil O‘zbekistonimiz 
tarix fani oldida o‘ta mas’uliyatli yangidan-yangi muammolar tug‘ilmokda. 
Ana shunday muammolarning tug‘ilishiga asos beruvchi O‘rol Nosirovning 
2011 yilda chop etilgan «O‘zbeklar shajarasi» nomli kitobidir. 
Muallif o‘zining noilmiy mulohazalari bilan turkiy etnosni jahon sivilizatsiya 
markazlarining asoschilari sifatida ko‘rsatish maqsadida, turli adabiyotlar va 
manbalarga noxolis yondashgan. Shuning uchun kitobda keltirilgan 
ma’lumotlarning mutloq aksariyati ilmiy tahlillarsiz, kuchli ehtiroslar negizida, 
o‘zbek etnogenezi ildizining turkiy qatlamini jahon sivilizatsiyasining beshigi 
sifatida ko‘rsatishga uringan. 
Avvalambor, kitobni «O‘zbeklar shajarasi (Etnik tarixga xolis nazar)» deb 
nomlanishi uning tub mazmuniga mos kelmaydi. Chunki, shajara orqali butun bir 
xalqning etnogenezi va etnik tarixini yoritib bo‘lmaydi. Kitob annotatsiyasida 
masalaga muallif yondashuvining ilmga zid, hatto tarix havasmandlari ham qabul 
qilishi qiyin bo‘lgan farazlarni tarixiy haqiqat sifatida talqin kilinishi, jumladan, 
o‘zbek xalqining azaliy ajdodlari faqat skiflardan iborat deyishi, o‘zbek xalqi 
odamzod paydo bo‘lganidan boshlab hozirgi O‘zbekiston hududida o‘troq va yarim 
o‘troq yashab kelayotgani, o‘zbeklar mil. avv. VI-V ming yilliklarda Eron orqali 
Kichik va Old Osiyoga borib madaniyatlar yaratgani, mil. avv. II-I mingyilliklarda 
Sirdaryo va Amudaryo oraligida, ya’ni hozirgi O‘zbekiston hududiy doirasida 
Skifiya davlati bo‘lgani haqida yozadi. Bu ma’lumotlar tarixiy haqiqatga ziddir.
Rasmiy tarixga ko‘ra, skiflar mil. avv. VII-III asrlarda Shimoliy Qora dengiz 
bo‘ylarida, ya’ni Dnestr, Dnepr va Don daryolari quyi havzalarida, Azov dengizi 


62 
atroflarida va Qrim yarim orolida yashagan va ular asosan chorvachilik bilan 
shug‘ullanuvchi qabilalarning konfederativ uyushmasini tashkil etishgan. 
Arxeologik izlanishlar va yunon-rum manbalarining xabar berishicha, mil. avv. 
VII-IV asrlarda shimoli-sharqiy Qora dengiz bo‘ylari, Azov dengizi va Qrim yarim 
orolining dashtlari skiflar keng tarqalgan hududlar bo‘lib, bu hududlar yunon-rum 
yozma manbalarida Skifiya deb nomlangan. «O‘zbeklar shajarasi» kitobining 
muallifi esa Skifiyani O‘rta Osiyoning ikki azim daryolari (Amudaryo va Sirdaryo) 
oraligiga joylashtiradi. 
Afsuski, o‘zbek etnogenezi masalasida U. Nosirov xalqimiz tili turkiy ekan, 
uning yagona o‘k tomiri ham turkdir, turkning ajdodi skifdir, deb xalqimizning 
uzoq o‘tmishiga tegishli o‘troq sug‘orma dehqonchilik madaniyati va yuksak 
darajada rivojlangan keng tarmoqli hunarmandchiligiga oid boy madaniy 
merosidan mahrum etmoqchi bo‘layotganligini o‘zi payqamaydi. U muammoning 
tub mohiyatini tushunmay, mafkuraviy-dushmanlarimizga ozuqa 
berayotganligining farqiga bormaydi. 
Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston manfaatidan kelib chikib, etnogenez va 
etnik tarix masalasiga xolis yondashish lozim. Bu o‘ta nozik masalada har bir olim 
yoki muallif aytgan so‘zi uchun mas’uldir. Aks xolda, oddiy xalqni chalg‘itish 
milliy nizo va adovatlarning sababchisi bo‘lib qolishi xech ran emas. Umuman 
olganda, ushbu asar xalqimizning kelib chiqishi borasida sohta, noilmiy qarashlar 
asosida yozilgan bo‘lib, uni keng o‘quvchilar jamoasiga taqdim etish maqsadga 
muvofiq emas. Chunki, bunday «asar»lar qo‘shni davlatlarda faoliyat yuritayotgan 
ba’zi bir g‘oyaviy muxoliflarimiz uchun tayyor hurak, ularning tegirmoniga suv 
quyishdir. 
Keyingi yillarda o‘zbek xalqining etnogenez va etnik tarixi muammolari bilan 
bog‘liq masalalarda yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar ham asar va risolalar yoza 
boshladilar. Ularning asarlarida tilshunos-filologlarga xos badiiy to‘qimalarni 
tarixiy haqiqat sifatida talqin etish asosiy o‘rinni egallaydi. Xususan, bir necha 
badiiy risolalar muallifi Anvar Shukurov rasmiy tarixga zid qarashlar asosida 
yozilgan «O‘zbek atamasining kelib chiqishi haqida» nomli risolasini chop etgan. 
Anvar Shukurovning ta’kidlashicha, antik davr muallifi Diodor «Tarix 
kutubxonasi» asarida «biz turkiylarning jahongir bobomiz O‘g‘uzxon bo‘lgan», 
deyilgan. Diodor bundan ikki ming yil avval skiflarning sardori O‘g‘uzxon 
bo‘lganligi, bu tarixiy fakt Mirzo Ulugbekning «To‘rt ulus tarixi» va Abulg‘oziy 
Bahodirxonning «Shajarai turk» asarlarida o‘z aksini topganligini qayd qiladi. «Bir 
zamonlari, - deydi muallif, - Hindiston, Xitoy, Eron, SHom, Misr, Rus 


63 
dengizigacha erlarni bosib olgan va turk maliklari orasida mashhur bo‘lgan 
jahongir O‘g‘uzxon edi», degan xulosaga keladi. 
A. Shukurov, uzoq o‘tmishda «Tufon» bo‘lganligi, Tufonda Nuh payg‘ambar 
qayig‘ida suzgan turkning bosh bo‘g‘ini Yosaf, Yosafning o‘g‘li Tur yoki Turkdan 
tarix boshlanganligi, Tufondan 270-300 yil keyin o‘g‘uzlar podshosi bahodir 
O‘g‘uzxon turklarning nufuzini dunyoga taratdi, deydi. Aslida fan yutuqlariga 
ko‘ra, Tufon bundan tahminan 40 ming yil avval o‘tgan. U davrda o‘g‘uz deb 
atalgan qabilalar va ularning podshosi O‘g‘uzxon ham bo‘lmagan. O‘g‘uzxon 
Mirzo Ulug‘bek va Abulg‘ozi ma’lumotlariga ko‘ra, turkning bosh bo‘g‘ini 
YOfasning to‘qqizinchi yoki uninchi bo‘g‘ini bo‘lgan. A.SHukurovning 
kitobxonga tushunishi qiyin bo‘lgan hisob-kitobini arxeologik davriy sanalar bilan 
qiyosiy solishtirilsa, O‘g‘uzxon bundan 39.700 yil avval o‘tgan bo‘ladi. Ammo, 
muallif esa O‘g‘uzxon mil. avv. II asrda yashagan deb yozadi. Ko‘rib turibsizki, 
ilmiy arxeologik davriy sana bilan A.SHukurovning qarashlarida mantiqiy 
bog‘lanish yo‘qk. 
A. Shukurov chingiziy avlodlarini turkning bir bo‘g‘ini hisoblab, mug‘ullarni 
«bizning ajdodlarimiz ekanligini tan olish vaqti kelmadimikan», degan tavsiyani 
tarixchi mutaxassislarga bermoqchi bo‘ladi. A. Shukurov «O‘zbek» atamasinyng 
kelib chiqish tarixiy ildizlarini goh «Tufon» bilan, goh o‘g‘uz atamasining 
o‘zagidan izlab, kitobxonni chalg‘itishga qanchalik urinmasin, o‘zbek atamasining 
kelib chiqishi haqidagi akademik B.Axmedovning mulohazalari ilmiy asoslidir. 
Muallif o‘zining navbatdagi «Nur ustiga nur yog‘sin» kitobida o‘zbek xalqining 
ajdodlari qachondan boshlab o‘troq hayot kechira boshladi? - degan savolga javob 
topishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yganligini ta’kidlaydi. Biroq, bu masala kitobda 
o‘z echimini ilmiy asosda topmagan. U bu o‘lkada «kent», «tepa», «qo‘rgon», 
«qal’a» kabi joy nomlarini uchratilishi o‘troq; hayot va shaharni anglatgan, degan 
iboradan nariga o‘ta olmaydi. Skiflar-saklar ajdodlarimizning bir tarmog‘i ekanligi 
ma’lum. Skif-sak yuzlab, minglab chorvador qabila va urug‘larning uyushmasi. 
Ular tarixda chorvador ko‘chmanchi xalq sifatida e’tirof etiladi. Bu xalqning O‘rta 
Osiyo hududlarida yashovchi etnik guruxlari mintaqaning eroniy til muhitida 
eroniylashib, ana shu tilda Avesto yaratildi. Shu bois, rasmiy tarixda O‘rta Osiyo 
saklari eroniy tilli xalq degan tasavvur paydo bulgan. O‘rta Osiyo saklarining 
o‘troqlashgan qismi hisobiga sug‘diylar, boxtariylar, xorazmiylar etnik nomlari 
ostida O‘rta Osiyoning muqim yashovchi aholisi tarkib topdi. Demak, ular ham 
eroniy tilli xalq sifatida talqin etildi. Biroq, o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixini 
fakat skif-saklarga bog‘lab qo‘yish ham, tarixda kechgan murakkab etnogenetik 
jarayonlarni inkor etishga olib keladi. Hozirgi o‘zbeklar asosan ikki tilli etnik 


64 
jamoalarning uzoq asrlar davomida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va etnomadaniy 
jihatdan rivoji va qorishuvidan tarkib topgan yangi etnosdir. Bu turli etnik 
guruxlarning qorishuvida yolgiz o‘g‘uzlar emas, balki qarluk, chigil, argun, 
kipchok va boshka o‘nlab, yuzlab turkiy qabilalar ham qatnashgan. A.Shukurov 
tasavvurida «o‘zbek» faqat skif-sak, o‘g‘uzlardan tarkib topgan bo‘lib qolgan.
Oliy o‘quv yurti pedagoglari orasida o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixini 
o‘rganish borasida murakkab etnogenetik jarayonlarni to‘g‘ri tushunib, xolis fikr 
va mulohazalar yurituvchi ustozlar ham yo‘k emas. Samarkand davlat chet tillar 
institutining professori, filologiya fanlari doktori U. Sanaqulov 2010 yilda «O‘zbek 
xalqi va tilining etnogenezi hamda etnik qatlamlari» nomi ostida talabalarga ilmiy-
uslubiy materiallar chop ettirgan.
Sanaqulov akademik A.Asqarovning 2007 yilda Oliy o‘quv yurtlari ijtimoiy-
gumanitar fakultetlari talabalari uchun chiqargan o‘quv qo‘llanmasi haqida yaxshi 
fikrlar bildirish bilan birga, ba’zi bir masalalarda o‘z qarashlarini bayon etgan. 
Masalan, K. Shoniyozov va A. Asqarovlar o‘zbek xalqining kelib chiqish tarixiy 
ildizlari ikkita, ya’ni birinchisi mahalliy eronzabon sug‘diylar, xorazmiylar, 
boxtariylar va sak-massaget qabilalari bo‘lsa, ikkinchi ildiz shu hududda qadimdan 
yashab kelayotgan turkiy qabilalar edi, ularning uzoq asrlar davomida o‘zaro 
qorishuvidan yangi etnos - o‘zbek xalqi shakllangan, degan xulosaga keladilar. U. 
Sanaqulovning fikricha, o‘zbek xalqining shakllanishida uchta asosiy o‘k tomir 
bo‘lgan. Birinchi tomir qadimdan turg‘un holda yashab kelgan tub joyli (qarluq-
chigil- uyg‘ur) turkiylar bo‘lsa, ikkinchi tomir ko‘chmanchi (o‘g‘uz-qipchok) 
qabilalaridir. Bu ikki ildizning qorishuvidan o‘zbek xalqi yuzaga keldi. 
SHuningdek, qadimgi so‘g‘diy, xorazmiy va boxtariy kabi qadimgi eroniy tilli 
qabilalar qorishuvidan yuzaga kelgan komponent esa o‘zbek xalqining uchinchi 
tomiri xisoblanadi. Muallif davom etib, o‘zbek xalqi tarkibida qadimiy eroniy tilli 
komponentlar bo‘lsa-da, ammo u o‘zbek xalqining shakllanishida o‘q tomir bo‘la 
olmaydi, deydi.
U. Sanaqulov kitobining 35-betida: «xorazmiylar Markaziy Osiyodagi ancha 
qadimiy va qudratli qabilalardan biri bo‘lgan. Bu qabilaning o‘tmishi tarixiy 
manbalarda qayd etilishicha, mil. avv. IX-VIII asrlar bilan o‘lchanadi. Xorazm 
hududidan topilgan Amirobod madaniyati bundan dalolat beradi», - deydi. Tarixiy 
manbalarning tahliliga ko‘ra, xorazmiylar haqida ran ketganda, mil. avv. VI asrda 
Xerirud-Tajan vodiysidan Amudaryo quyi xavzalariga kirib kelgan xorasmiylar va 
ular qoldirgan Ko‘zaliqir, Hazorasp, Xumbuztepa kabi yodgorliklar tushuniladi. 
Ungacha bu o‘lkada chorvador sak-massagetlar yashab, ulardan qolgan Amirobod 
madaniyati aholisi esa yarim ertula kulbalarda yashagan, ular xorasmiylarga xos 


65 
monumental qal’alar qurmaganlar, ularga mil. avv. VI asrda kelib qo‘shilgan 
yuksak sivilizatsiyali xorasmiylardan ancha orqada edilar. 
Kitobning 37-betida Abu Rayxon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar» asarida keltirilgan mil. avv. 1292 yil bilan bog‘liq tarix, Xorazmning 
ilk bor o‘zlashtirilishi haqida emas, balki bu hududda ilk bor «turk podsholigi»ni 
tarkib topishi bilan bog‘liq edi. Beruniy xalq og‘zaki rivoyatlaridan keltirgan bu 
dalillar arxeologik materiallarda o‘z aksini topgan. 
O‘zbek xalqining kelib chiqishi masalalari shunchalar qiziqarli va jozibadorki, 
o‘zini o‘zbek deb bilgan har bir ziyoli u hakdagi ilmiy yoki rivoyatlarga burkangan 
tarixiy asarlarmi, ularni farqiga bormay, ularni o‘qishga, ular asosida o‘z 
qarashlarini bayon etishga intiladi. Internet saytlari bu masalada ochiq oyna! 
Istalgan mavzuda, u ilmiymi yoki uydirma, tukima va faktlarni rivoyatlar bilan 
omuxtalashgan karashlarmi, baribir, ularni o‘z sahifasida e’lon qilinishiga imkon 
beradi.----Keyingi yillarda internet sahifalarida o‘z kasbiga ko‘ra quruvchi, iqtisod 
fanlar doktori Rustam Abdullaev ismli ijodkor o‘zbek xalqining kelib chiqishi 
mavzusida «noyob nazariyachi» sifatida paydo bo‘lib qoldi. Uning ana shu 
maqolalardan birida («O‘zbekiston: sinovlar, tahdidlar, muammolar va echimlar») 
Alisher Navoiyning etnik kelib chiqishi masalasida turkiyalik olim Temirxo‘ja 
o‘g‘li va o‘zbek jurnalisti Xurshid Davron bilan bahslashib, ularni «Navoiy o‘zbek 
shoiri emas, chunki tarixiy Turkiston 1924 yilda O‘zbekiston bo‘ldi. Navoiy turk 
shoiri, vaqti-soati kelib bu xato tuzatiladi» degan bashoratlarini to‘g‘ri tanqid 
kiladi. Ammo, uning qarashdarida

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə