Tarixshunoslik fanidan


Chorizmning mustamlakachilik siyosati tarixshunosligi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
Chorizmning mustamlakachilik siyosati tarixshunosligi. 
Podsho Rossiyasi 
O‘rta Osiyoni bosib olgach, bepoyon hududlarga ega bo‘ldi. U dunyoning eng yirik 
mustamlakachi mamlakatiga aylandi. Shuning uchun ham usha vaqtda Rossiya 
to‘g‘risida "ulkan miqdordagi mulk o‘g‘risi" degan haq gaplar aytilgan edi. 
Rossiyaning mustamlakachilik davri tarixshunosligini 3 davrga bo‘lib o‘rganish 
mumkin. 
1.
Rossiya O‘rta Osiyoni bosib olgandan to Sho‘ro tuzumi qaror topguncha 
bo‘lgan manbalar. 
2.
Sho‘rolar tuzumi qaror topgandan to 80 yillarning oxirigacha bo‘lgan davr. 
3.
O‘zbekiston mustaqillik yillari tarixshunosligi. 


108 
Rossiyaning O‘rta Osiyoda yuritgan mustamlakachilik siyosati ularning 
boshqaruv tuzilishida yaqqol ko‘rinadi. 
Turkiston general gubernatori K.Kaufman rus harbiylarining eng faol 
istilochi jandarmi graf D.Milyutinga 1876 yili yo‘llagan ma’ruzanomasida Rossiya 
va Angliya kabi nosroniylar davlatlarining osiyodagi maqsadi mushtarak ekanligini 
alohida ta’kidlab, "bu joyda bizning umumiy dushmanlarimiz - musulmonlik va 
yovvoyilikdir" deb, harbiy vazirdan qattiq siyosat o‘tkazishda keng vakolatlar 
so‘ragan. Xududi shunday siyosatni podshoning yaqin mulozimi, general-
leytenatga teng unvondagi maxfiy maslahatchi F. Girs Turkiston o‘lkasini 
boshqarish tartibi haqida tuzgan qonun loyihasida ham aks ettirgan edi. 
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda yaratgan 1865-1917 yillar davomida 
meteropoliyadagi idoralar tomonidan muhokama etilgan qonun loyihasi bir necha 
bor pishitilib, mohiyatini tushunish uchun o‘lka boshqaruvi tizimlari idoralari 
tarkibini bilish lozim. 
Rus mustamlakachiligining mohiyati va uning o‘zga xalqlarni ruslashtirishi 
siyosatining bosh yo‘nalishini venger olimi Herman Vemberi 1871 yilda ilg‘ab, 
bunday deb yozgan edi: “Rusiya shiddat bilan o‘smoqda, Buyuk Pyotr zamonida 
uning aholisi 15 mln edi. Katerina taxtga chiqqan yili 25 mln bo‘ldi. Aleksandr 1 
o‘lgan yili 58 mln,ga chiqdi, hozir (1871y) esa 77 mln bo‘libdi. Nufuzning bunday 
shiddat bilan ko‘payishi ruslarda ko‘p tug‘ilish qobiliyatidan emas. Aksincha, 
ishg‘ol etgan o‘lkalardagi aholini tezkor ruslashtira olishlari bilan izohlanadi”. 
Rus mustamlaka hokimiyatining dabdabali raishda e’lon qilgan "Turkiston 
aholisini harbiy xizmatdan ozod qilish haqida"gi ehsonning Girs g‘oyat nozik 
ta’birda fosh qilgan edi. Turkiston tadqiqotchilari ana shu masalaga o‘z vaqtida 
oydinlik kiritganliklarini eslash o‘rinlidir. "Ilgargi Turkistonda - deb yozgan edi 
Ahmad Zaki Validiy, - eski odatga ko‘ra askarlikka rag‘bat va havas bo‘lar edi. 
Hozir turkistonliklar askarlikdan ozod etilganliklari sababli asta-asta shijoatlari 
so‘nib, bo‘shashib ketdilar… Rusiya Osiyoda g‘oyat uzoqni ko‘zlovchi siyosat 
ketidan quvuvchi va bu keng qamrovli harakatlari hech qanday chek-chegara 
bilmagan, hirs va ishtahasi esa kun sayin oshib boruvchi imperialistik davlatdir. 
Rus millati ham buyuk davlatchilikka nihoyatda bog‘langan, xususiy mulkka qarab 
qolmay, hukumat ko‘rsatgan har qanday joyga, har qanday o‘lkaga borib 
joylashishga chamadoni tayyor, harakatchan g‘ayrati keladi. Rus milati bu 
harakatchanlik va g‘ayratni alohida bir uddaburonlik deb biladi. 
Mustamlakachi ma’muriyat o‘lkani Rossiyaning xom ashyo bazasiga 
aylantirishga zo‘r g‘ayrat bilan kirishadi. Sug‘oriladigan joylarda paxtachilik va 


109 
paxta yakka hokimligining o‘sishi, hunarmand-kosibchilikning inqirozga yuz tuta 
borishi bilan dehqonlar keng ommasi, mayda hunarmandlar va shahar 
kambag‘allarining boshqa tabaqalari ham qoshshoqlashib bordi. Natijada XIX 
asrning 80 yillari oxiri 90 yillarda xalq ommasining turmush tarzi keskin pasaya 
boshladi. Buni mahalliy tarixchi Ibrat o‘zining "Farg‘ona tarixi" asarida shunday
tasvirlaydi: "Farg‘onani suvi serob, havosi toza, mevasi pokiza, erlari mahsuldor 
bo‘lib, Rusiya davlatida bo‘lgandan buyon necha daraja tijorat va ziroat ishlari 
murovvaj bo‘lub, temir yo‘llar inshosi vositasi bilan hamma ishlar oson bo‘lub, 
dehqonlari aksariyatida paxta ziroati ilan rivojlanib, paxta tijorati bo‘lak ishlardan 
rivojda bo‘lib, muning foydasiga aldanub, ziroati milliylari - bug‘doy, juvari, arpa 
ekmoq yo‘q bo‘lub, ovqatga sarf bo‘ladurg‘on donlarni ekishlarini eslaridan 
chiqarib, 1913 melodiyda paxta ziroati va tijoratiga urungan kishilar qarz daryosiga 
g‘arq bo‘lganlarini mushohoda qilib, avqot ekmoqg‘a tushdilar, hatto hukumatdan 
avqot ekmok uchun necha marotabadan targ‘ib bo‘lsa ham, paxtani aqchasi bularni 
avqot ekmokdan qo‘ydi. Alholda avqotlarni hayvonot avqotini sotib olmoqqa 
majbur bo‘lganlari bularni yana eski ekunlari yaxshi ekanini bildurdi". 
Turkistonda mustamlakachilik tuzumini uzoq vaqt saqlab qolish uchun 
buyuk rus davlatchilik g‘oyasini amalga oshirishga kirishildi. Bu ishga rus 
ziyolilari ham safarbar etildilar. 
Sho‘rolar hukmronligi davrida yaratilgan tarixiy asarlarda ushbu masalaga 
yana bir tomonlama yondoshish davom etdi. Ularda ko‘proq Turkiston qoloq 
feodalizm tuzumida yashab kelganligi, Rossiya tarkibiga qo‘shib olingach bu katta 
progressiv ahamiyat kasb etganligi haqida ko‘proq gapirildi. Sho‘rolar davrida
ruslashtirish siyosati, iqtisodiy qaramlik, paxta yakkahokimligi yanada 
kuchaytirildi. Podsho Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining uzviy davomi edi. 
Faqat O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin 
tarixshunosligimizda ushbu masala haqqoniy yoritila boshladi. 
Ayniqsa bu O‘zbekistonning yangi tarixi kitobining 1-qismida o‘z aksini 
topdi. Unda aniq faktlar bilan Rossiyaning Turkistonda yuritgan mustamlakachilik 
siyosatining aniq basharasi ochib berilgan. Tariximizning xolis yoritilishiga qariyb 
bir yarim asrdan so‘ng erishdik. O‘rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olinishi 
va mustamlakachilik tuzumining o‘rnatilishi 1958 yildan to 1989 yilgacha bo‘lgan 
davrda xato talqin qilib kelindi. Ular bosib olinishning reaksion mohiyatini 
xalqdan yashirishga harakat qildilar. Rossiya qo‘shinlari xonliklarni "bosib olgan 
emas", balki "qo‘shib olgan" deb katta-katta kitoblar, risolalar va maqolalar 
yozdilar. Mustamlaka davrini to‘liq va har tomonlama yoritib bera olmadilar. 


110 
Mustamlakachilikning xalqimizni bosib turgan muz tog‘lari mustaqillik nuri 
taftidan erib ketdi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə