Tarixshunoslik fanidan


Milliy ozodlik xarakatining mustaqillik yillari tarixshunosligi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Milliy ozodlik xarakatining mustaqillik yillari tarixshunosligi
Professor 
N.I. Veselovskiyning bu boradagi bir mulohazasi diqqatga loyiq: Biz 
bo‘ysundirilgan osiyoliklarga tinchlik, xotirjamlik, xavfsizlik berdik degan 
hayoldamiz. Ammo yana bir oliy bularning hammasidan yuqoriroq turuvchi 
ezgulik mavjud. Bu millat, milliylik tuyg‘usi bo‘ysundirilgan musulmonlar 
ahvolini o‘zimizni ular o‘rniga qo‘yibgina tushunish mumkin. Siyosiy o‘lim 
og‘ir, milliy jihatdat o‘lmoqlik esa undan ham og‘irroqdir. Biznng xukmronligimiz 
ostida xuddi shu milliylik to‘yg‘usi taxqirlanmoqda. Millatni qandaydir boshqa 
xayrli ishlar bilan almashtirib bo‘lmaydi! Shunday ekan, bizning 
hukmronligimizga qarshi ko‘tarishlar yuz bersa ajablanish noo‘rin. Milliy 
masalaning shunday jihatlari borki xalq to‘qmi-ochmi, boymi-yalong‘ochmi,
ular baribir nomoyon bo‘lar edi».
Mustaqillikka erishgandan so‘nggina xalqlarning chorizmga qarshi 
mustamlakachilikka qarshi ko‘rashining qaxromonona saxifalariga munosib baho 
berish uchun e’tibor ajratilmoqda. Bu borada dastlabki ishlar 1989 yilda 
Toshkentda chop etilgan, «O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda XIX asrning ikkinchi 
yarmida va XX boshlaridagi ozodlik harakatini tarixi va tarixshunosligi: yakunlar
izlanishlar, tadqiqotlar, istiqboli» kitobini K.R Nesipboevning «Chorizmning 
Qozog‘istonda olib borgan soliq siyosati (1867-1914 yil)» nomzodlik 
dessertatsiyasini (1988 yil); X.Bobobekovning «Qo‘qon xonligidagi xalq 
xarakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy omillar» ( 1990 yil Toshkent ) 
kitobini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
1994 yilda N.A. Abdurahimova tomonidan «Turkistondagi xukumatning 
mustamlakachilik tizimi (XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr)» doktorlik 
dessertatsiyasini va X.J. Sodiqovning «Chorizmning Turkistondagi 
mustamlakachilik siyosati va XX asr boshlarida milliy ozodlik harakati» 


114 
mavzusidagi doktorlik dessertatsiyasining yoqlanishini O‘zbekistonning eng 
yangi tarixi tarixshunosligida ro‘y bergan quvonarli voqea sifatida ta’kidlash 
zarur. H. Ziyoevning «O‘zbek xonliklari Chorizm asoratida», «Turkistonda 
Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash», Majid Xasaniyning «Turkiston 
bosqini» kitoblarida Chorizmning Turkistonda xukumronlik qilgan davr va unga 
qarshi yangi va ommabop talqin etilgan. 
1998 yilda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov bir 
guruh tarixchi olimlar bilan uchrashib mustaqillik yillarida tarixga munosabat, 
yangi tarixni yaratish masalasiga alohida ahamiyat qaratish kerakligini uqtirdi va
tarixchilar oldida muhim vazifalar qo‘ydi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti 
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida Yangi tarix markazi tashkil 
etildi. Qisqa muddat ichida O‘zbekistonnnig yangi tarixi asarining 3-tomi nashrdan 
chiqarildi. Ushbu kitobning 1-tomida Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishi va 
unga qarshi milliy ozodlik harakati yangicha nuqtai nazardan juda yaxshi bayon 
qilingan. Bu asar shu masala bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga juda ko‘p 
ishonchli ma’lumotlar bera oladi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə