Tarixshunoslik fanidan


Jahon tarixi fani tarixshunosligini o’rganishni rivojlantirishning asosiy



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Jahon tarixi fani tarixshunosligini o’rganishni rivojlantirishning asosiy 
tamoynlari. 
O`zbekistonda tarixshunoslik fanining rivojini jahon xalqlari tarixini 
o`rganmasdan tasavvur qilib bo`lmaydi, albatta. Shuning uchun jaxon 
mamlakatlari, xususan g`arb davlatchiligi tajribasi to`g`risida, uning davlatchilik 
an`analargi haqida gap kelganda nusxa ko`chirish emas, balki umuminsoniyat 
ahamiyat kasb etgan tamoyillarni milliy davlatchilik an`analari bilan 
uyg`unlashtirish nazarda tutiladi. Biz Angliya, Frantsiya, GFR, RF va boshqa 
davlatlar tarixini o`rganar ekanmiz, o`zimizning davlatchiligimiz tarixshunoslik 
haqida ham mushohada qilishimiz mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi siyosiy tizimlarining shakllanishi bir tomondan 
chuqur milliy tarixiy ildizlar asosida kechayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan jahon, 
qolaversa G`arb dunyosining eng maqbul tajribalarini o`zlashtirishning zamirida 
sodir bo`lmoqda. Bu jarayon ham O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan 
nechog`liq integratsiyalashuvini nanoyish etmoqda. 
Agar biz O`zbekiston tarixini mustaqil davlat tarixi sifatida ko`rishni istasak, 
unga jahon tarixi bilan bir butunlikda qarashimiz zarur. Uning uchun esa har bir 
tarixnavis oldigi chet el tarixshunosligini albatta bilish va undan foydalanish 
talabini qo`yishimiz kerak. Biror – bir muammo tadqiqi faqat mamlakatimiz 


120 
adabiyotlarigagina asoslanib qolmasligi darkor. Binobarin, faqat ichki emas, balki 
tashqi manbalardan (masalan arxivlar, taqdir taqozosi bilan chet elda voqealarning 
bevosita ishtirokchisi bo`lganlarning xotira materiallaridan) ham foydalanish 
taqoza etiladi. Ham mahalliy, ham chet el manba va adabiyotlarini bilish 
tadqiqotchini eng xolis xulosalar chiqarish uchun kuchli vosita bilan ta`minlaydi.
Jahon tarixi fani tarixshunosligini o`rganishni rivojlantirishning vazifalari - 
tarix fani taraqqiyot yo`nalishlari va istiqbollarning aniqlash, bu taraqqiyoti ta`sir 
etuvchi muhim omillar, ijtimoiy-siyosiy tuzim, davlatning fanga munosabati, xur 
fikrlik imkoni, xukmron mafkuraning ta`sirini o`rganishdan iborat. Shuningdek 
tarixshunoslik tadqiqodlari muhum va dolzab muammolar haqida, fanda 
shakillangan ilmiy qarashlar, munozarali va mavxum masalalarni ham aniqlash 
imkoni beradi. Bu esa o`z navbatida vatanimiz haqida nafaqat o`z xalqimiz 
yurtimizda, balki butun jahonda shakllangan tarixiy bilimlar darajasini aniqlash va 
taxlil etish imkoni beradi. Demak, jaxon tarixi fani tarixshunosligini o`rgarish va 
rivojlantirish birinchi navbatda manbalarni chuqur o`rganish, eski o`zbek yozuvi, 
arab, fars, tillari mutaxassislarini mujassamlashtirishni talab qilsa, ikkinchidan 
ingiliz, fransuz, nemis tarixshunosligiga ixtisoslashgan kadrlarni etishtirishni talab 
etadi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə