Tarixshunoslik fanidan


Tarixiy adabiyotlarda chor mustamlakachilariga qarshi milliy-ozodlik



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Tarixiy adabiyotlarda chor mustamlakachilariga qarshi milliy-ozodlik 
kurashning yoritilishi. 
Chorizmning ijtimoiy va milliy mustamlaka zulmining 
chidab bo‘lmaydigan darajaga etishi natijasida xalq norozilik harakatlari yuz 
berdi. Turkiston xalqlarining Rossiyaga qarshi milliy-ozodlik harakatlari 
tarixshunosligi ham xuddi mustamlakachilik siyosati tarixshunosligi kabi davrlar 
va ularning xususiyatlariga o‘hshashdir. 
Bunlay qo‘zg‘olonlarga 1892 yil Turkistondagi vabo isyoni, 1898 yil 
Andijondagi Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni, 1916 yildagi Jizzax va Turkistonning 
boshqa joylaridagi qo‘zg‘olonlar misol bo‘la oladi. 
1898 yilda Andijonning Mingtepa qishlog‘ida ko‘tarilgan "Dukchi Eshon" 
qo‘zg‘oloni xalqimiz ozodlik harakatining yorqin sahifalaridan biridir. Bu ozodlik 
harakati haqida bizga ma’lumot beruvchi tarixiy asarlardan biri Fozilbek Otabek 
o‘g‘lining "Dukchi Eshon voqeasi" asari hisoblanadi. Fozilbek Otabek o‘g‘li 
(1879-1938) asli andijonlik, mashhur Otabek qozining ikkinchi o‘g‘li, Fozilbek
rus-tuzem maktabini, 1923 yil Moskvada qishloq xo‘jalik akademiyasining 
bitirgan, so‘ng Turkistonga qaytib, yangi paxta navlarini etishtirish bilan 
shug‘ullangan. 
1927 yilda "Dukchi Eshon voqeasi" asarini nashr ettiradi. 
1916 yilgi xalq harakati haqida ma’lumotlar 20 yillarda paydo bo‘ldi, u 
davrda tadqiqotchilar orasida 1916 yil qo‘zg‘olonining sabablari, xarakterli va 
unga baho berishda turlicha fikrlar mavjud edi. G.Broydo va T.Risqulovlarning 
ta’kidlashicha, chor ma’muriyati ushbu qo‘zg‘olonni tayyorlash orqali yangi 
bosqinchilik va zulmga bahona qidirgan. Bu fikr Shestakova va E.Fedorova 
tomonidan keskin tanqid qilingan, ular fikricha, chor hukumatiga bu qo‘zg‘olondan 
hech qanday foyda yo‘q edi. 
30-yillarda podsho arxividan 1916 yil qo‘zg‘oloniga oid qimmatli xujjat va 
materiallar e’lon qilindi. 1932 yilda O‘rta Osiyo xalqlarining qo‘zg‘olonlari 
tarixiga oid xujjatlar to‘plami dunyo yuzini ko‘rdi. 
1935 yilda Z.Kostelskiy ushbu qo‘zg‘olonga bag‘ishlangan nomzodlik 
dissertatsiyasini himoya qildi. 1916 yil qo‘zg‘olonini tadqiq qilishga 
P.A.Kovalevning ham hissasi katta bo‘ldi. Unda qo‘zg‘olonning Turkiston 
aholisini front ortiga mobilizatsiya qilinishi muammosi, o‘sha ishchilarning hayoti 
va qismati, shuningdek, rus burjuaziyasining tub joy aholining front orti ishlariga 


111 
mobilizatsiya (safarbarlik) qilinishi va qo‘zg‘olonga munosabati masalalari tadqiq 
etilganligi qimmatlidir. 1916 yil qo‘zg‘oloni bo‘yicha tarixchilar tomonidan juda 
ko‘p ishlar qilingan. Ko‘plab arxiv materiallari, chor hukumatining xujjatlari, juda 
ko‘plab qo‘zg‘olon qatnashchilarining xotiralari ishga jalb qilingan. Ko‘plab 
monografik asarlar yaratilgan. 
Sho‘rolar hukmronligi davrida yaratilgan asarlarda Turkiston xalqlarining 
milliy-ozodlik harakati bir tomonlama yoritildi. Xalq ozodlik harakatlari reaksion 
qo‘zg‘olonlar deb baholandi. Masalan, Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni o‘zining haqiqiy 
bahosini ola olmadi. Bu haqdagi kitob va maqolalar asosan rus arxiv manbalariga 
asoslangan holda yozildi, ular tanqidiy qiyos qilinmadi, mualliflar sharq tillaridagi 
manbalardan juda kam foydalandilar. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Turkiston xalqlarining 
mustamlakachilik zulmiga qarshi olib borgan milliy-ozodlik kurashlari o‘zining 
haqiqiy bahosini oldi. 
Milliy qahramonlarning nomlari tiklandi. Ularga oid arxiv materiallari
xujjatlar oshkor etildi, tarixiy, badiiy asarlar yaratildi. Haq qaror topdi, 
tariximizdagi oq dog‘lar yuvildi. 2001 yilda Jizzax qo‘zg‘olonining 85 yilligi 
nishonlandi. Joylarda ushbu sanaga bag‘ishlab konferensiyalar o‘tkazildi. 
Shuningdek, 1916 yil qo‘zg‘oloni tarixshunosligi masalasida D.Ziyaeva bir qancha 
tadqiqotlar e’lon qildi. O‘zbekistonning yangi tarixi kitobining 1-qismida ushbu 
masala juda xolis va to‘g‘ri yoritildi. Kitobxonlar va qiziquvchilar uchun 
to‘plamlar e’lon qilinmoqda. Turkiston xalqlarining chorizmga qarshi milliy-
ozodlik harakati yurtimiz tarixining yorqin va shonli sahifasi bo‘lib qoldi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə