Tarixshunoslik fanidan


Chor Rossiyasi mustamlakachilik tuzumiga qarshi milliy ozodlik



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Chor Rossiyasi mustamlakachilik tuzumiga qarshi milliy ozodlik 
xarakatining sovet davri tarixshunosligida yoritilishi. 
O‘rta Osiyoda XX 
boshlarida ishchilar inqilobiy harakatining tarixini tadqiq etish 60 yillarda partiya 
organlaridan berilgan yo‘l-yo‘riqlar asosida davom ettirildi. Tadqiqotchilar O‘rta 
Osiyodagi sinfiy kurash Chor Rossiyasidagi umumiy inqilobiy harakatning bir 
qismi eaknligini ta’kidlaydilar. Bunda burjua demokratik talablar bilan milliy 
ozodlik harakati vazifalari uyg‘unlashib ketgan edi. 1905-1907 yillarda O‘rta 
Osiyoda feodal burjua doiralarida millatparvarlik kayfiyatlari jonlanib ular 
mehnatkashlarning milliy zulmdan ozod bo‘lish yo‘lidagi harakatidan o‘z 
maqsadlari uchun intildilar. O‘rta Osiyo xalq ommasi rus proletarining 
shovinizmga nisbatan chiqisha olmaslik tuyg‘usini do‘stona qabul qilib, 1905-
1907 yillar inqilobda bevosita ishtirok etdilar. Tarix burjua safsatabozlklarining 
1905-1907 yillar inqilobining sof «rus» xususiyatga ega ekani to‘g‘risidagi afsona 
va to‘qimalarni rad etdi deyiladi. Tarixchilar o‘z asarlarida O‘rta Osiyodagi 


112 
Markisistik Mafkurani tarqatishda jonbozlik ko‘rsatib, targ‘ibot-tashviqot ishlarini 
olib borgan rus inqilobchi proletoriti vakillari - V.D.Konyushin, A.R. Baxarev, 
M.R.Verdyanin. T.L. Ivanov kabi ko‘plab o‘z hayotini O‘rta Osiyo bilan 
bog‘lagan inqilobchilarning katta xizmatlarini alohida taqidlab o‘tishni 
unutmaydilar. Noiloj o‘sha davrdagi ijtimoiy siyosiy ahvol shuni taqozo etar edi. 
Turkistonning bosib olinishi va chor ma’muriy xukumronligi davriga (1865-1917 
yillar) oid sovet tarixshunosligi solnomasida 1916 yil qo‘zg‘olonini – o‘lka
xalqlarining hayotida 1917 yil oktyabr «inqilob» arafasidagi eng yorqin voqeani 
tadqiq etish va yoritishga alohida o‘rin ajratilgan. Tadqiqotchilar bu qo‘zg‘olon 
Rossiya proletoratining samoderjaviyaga va burjajiyaga inqilobiy kurashi bilan 
o‘lkadagi ilg‘or mehnatkashlar ommasi ozodlik xarakatining qo‘shiluvi natijasida
xurriyat uchun kurash miqiyosining kengayishi tomon yuz bergan burilish 
hisoblanadi degan xulosani yakdillik bilan olg‘a suradi. Mazkur qo‘zg‘olon
mahalliy mehnatkashlarning shakllanib bo‘lgan milliy burjaziyadan yuz o‘girishni 
boshlab berdi. 1916 yil qo‘zg‘oloni xalq ommasining mustamlakachilik zulmi va 
feodal hamda kapilatistik ekpulatatsiyasiga qarshi qisqa muddatli tarqoq va
stixiyali isyonlari ko‘rinishida boshlanib, CHor Rossiyasi milliy o‘lkalaridagi 
ezilgan xalqlar ozodlik kurashining, binobarin Birinchi jahon urushi davridagi 
barcha mustamlaka mamlakatlarda ro‘y bergan milliy ozodlik harakati qudratli
tulqiniga aylanib ketdi. O‘rta Osiyo tarixchilari bu murakkab ommaviy harakatning 
xususiyatlari bosqichlari o‘ziga xos tomonlari to‘g‘risida yagona bir fikrga 
kelishgan. Mazkur siyosiy isyon yarim yildan ortiq davom etib, har qaysi 
mintaqada turlicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar xukum surgan, kattagina xududni
qamrab oldi. SHu bois qo‘zg‘olon turli erda o‘ziga xos ko‘rinishda nomoyon 
bo‘ldi. 1916 yil qo‘zg‘olonning 70 yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston 
komunisti» (1986yil 7son) va «O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar» (1986y. 7 son) 
jurnalida X.Tursunov, M. Vahobov, S.M. Nomozov, D.Ziyoevaning maroqli 
maqolalari e’lon qilindi. Ularda qo‘zg‘olonning tarixiy axamiyati va ayrim qirralari 
ochib berilgan.
1916 yil qo‘zg‘oloniga tadqiqotchilarning qiziqishi mustaqillikka erishgan 
hozirgi kunda yana ham ortib borishi tabbiy. Zero, milliy ozodlik harakatining 
ifodasi sifatida yuzaga kelgan bu siyosiy voqeaga xolisona yondashishi haqqoniy
ilmiy baho berish imkoniyati endilikda, avvalgi mafkuraviy g‘oyaviy cheklashlar 
olib tashlanganligidan so‘ngina yaratildi. 60 yillardagi ilmiy tadqiqotlarga 
majburan singdirilgan «bu isyon umumrossiya inqilobi harakatining tarkibiy 
ajralmas qismi bo‘lib Rossiya imperiyasining barcha xalqlarni Fevral va Oktyabr 
inqiloblari sari etaklab boradi», degan zo‘rma-zo‘raki xulosalarga endi ehtiyoj 
yo‘q. Turkistonda inqilobiy harakatning yuzaga kelishiga doir tarixnavislik 


113 
materiallarini tahlil etish A.I. Sidorov kabi mualliflarning dadil chiqishlarini ham 
e’tirof etish zarur. Masalan: «u o‘zbeklar, turkmanlar va O‘rta Osiyoning boshqa 
xalqlarning turli shakldagi isyonlar bilan chiqishini olar ekanmiz, 
samoderjaviyaning mustamlaka siyosatiga qarshi kurash progressiv bo‘lganligini 
ham tan olmaslik xalq ommasining tarixiy jarayondagi progressiv ahamiyatini 
inkor etish bilan barobardir. U holda nimani progressiv deb hisoblash zarur? 
Millionlab kishilarga qonli zulm o‘tkazgan Chor samoderjaviyasining mustamlaka 
siyosatinimi yoki bu rejimga qarshi kurashnimi? CHorizmning mustamlakachilik 
siyosati ayniqsa Rossiya imperiyasining cheka o‘lkalarida eng mudxish shaklida 
nomoyon bo‘ldi, shubhasiz bu qonuniy ravishda mustamlakachilikka qarshi 
xalqlarning g‘azabi va qarshiligini keltirib chiqardi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə