Tarixshunoslik fanidan


Mustaqillik O`zbekistonda tarix faning davlat siyosati darajasida



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Mustaqillik O`zbekistonda tarix faning davlat siyosati darajasida 
o`rnatilishi.
Istiqlol yillarida tarix, tarixiy ong va xotira xalqqa ruriy kuch kuvvat 
bag‘ishlovchi, unga ma’naviy ozuqa beruvchi murim omil sifatida maydonga 
chiqdi. O‘zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklash va xalqni shu tarix bilan 
qurollantirish zaruriyati kun tartibidagi dolzarb vazifaga aylandi. Zero, 
mustaqillikka qadar, ya’ni mustabid tuzum hukmronligi sharoitida haqqoniy tarixni 
tiklash va uni xalqqa etkazishga yo‘l berilmadi. Chunki mustabid tuzum 
manfaatlariga xizmat qilgan kommunistik mafkura va uning tazyiki ostida bo‘lgan 
sovet tarixshunosligining uslubiy, nazariy, g‘oyaviy asoslari haqqoniy tarixni 
yoritishga imkon bermas edi. Ular xalq tarixini emas, marksizm, leninizm 
ta’limotini, sinfiy kurash g‘oyalarini va kommunistik mafkura aqidalarini targ‘ib 
etishga bo‘ysundirilgan edi. Bu g‘oyalar va aqidalar jamiyat taraqqiyot 
qonunlariga, xalqning tabiatiga, real voqelikka zid bo‘lib, ular nafaqat hayotdan, 
balki o‘tmishdan ham uzilib qolgan edi. Mazkur ta’limot aqidalariga va 
tamoyillariga asoslangan sovet tarixshunosligida nafakat o‘zbek xalqining, balki 
jahon tarixinini ham juda ko‘p muhim masalalarai mutlako noto‘g‘ri buzib talqin 
etildi. Natijada tarixiy hakikat yashirilib, xalq o‘z o‘tmishidan va demak, 
o‘zligidan uzoklashtirildi. 
1998 yil iyulda O‘zbekistonning 1-prezidenti I.A.Karimov bir guruh etakchi 
tarixchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashdi. Bu 


116 
uchrashuvda I.Karimov tarix fannning muammolari haqida mutaxassislar bilan fikr 
almashdi. Mustaqil O`zbekiston tarixchi olimlar oldida turgan va tezda hal qilinishi 
kerak bo`lgan qator masalalarni ochiq-oydin ko`rsatdilar. Ushbu masala bilan 
bog`liq bo`lgan aniq vazifalar haqida so`z yuritib, shunday deydilar: “Haqqoniy 
tariximizni barpo etish ishini nimadan boshlash lozim? Avvalo ko`p ming yillik 
boy o`tmishimizni tadqiq etishning yaxlit kontsentsiyasini, ya`ni, dasturini, ilmiy 
izlanishlarining uslubini, qo`yilgan vazifani amalga oshiradigan ilmiy 
muassasalarni, ulardagi potentsial kadrlar masalasini aniqlab olishdan” boshlamoq 
lozim.
2
Haqiqatdan, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” asarida asl manbalar va 
ularning tahlili asosida Vatanimiz tarixini haqqoniy yaratish muammosi alohida 
ta`kidlandi. “Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo`lgan xulosalargina bizga 
to`g`ri yo`l ko`rsatishi mumkin” – deb yozadi Islom Karimov. Mazkur asarda 
muhum ahamiyatga ega bo`lgan tarixiy muammolarni echish yo`llarini o`rtaga 
qo`yish bilan birga, bu asarda O`zbekistonda tarix fanining bugungi ahvoli va 
tarixchi-mutaxassislar tayyorlash masalasi ham ochib berildi. Ma`lumki, ayrim 
yo`nalishlar bo`yicha mutaxassis tarixchi olimlarimiz sanoqlidir. Antropalogiya, 
etnologiya, numiztatika, manbashunoslik mutaxassisliklari shular jumlasidandir. 
Qadimgi va o`rta asrlar tarixini chuqur biladigan va maxsus ilmiy tadqiqotlar olib 
borayotgan olimlarimiz ham juda oz. 
Umuman olganda, Islom Karimovning “O`zbekistonning yangi tarixi 
markazi”ni tashkil etish haqidagi farmonidan (1996), “Tarixiy xotirasiz kelajak 
yo`q” (1998) nomli risolasi, tarixchi olim va ijodiy ziyolilar bilan uchrashuvidagi 
(1998), “Turkiston” (1999) va “Fizokor” (2000) gazetalari muxbirlarininng 
savollarigi bergan javoblaridan, “O`z FA Tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish to`g`risida” gi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
Qaroridan (1998) so`ng tarix fani davlat siyosati darajasida ko`tarildi. 
Natijada, nafaqat respublikamizda milliy qadriyatlarini tiklash, necha ming 
yillik ma`naviy-ma`rifiy merosni asrab-avaylash, mustamlakachilik davrida chetga 
olib chiqib ketilgan madaniy yodgorliklarni aniqlash va yurtimizga qaytarish 
borasida ko`plab xayrli shilar amalga oshirila boshladi. Bu shiga xorijda 
yashayotgan hamuyrtlarimiz ham o`z hissalarini qo`shmoqdalar.
Xususan, Turkiyada istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz ulug` 
bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning “Xazoyinul - maoniy” majmuasining 
o`tgan asrning yigirmanchi yillarida O`zbekistondan olib chiqib ketilgan 
2
I.А.Kаrimоv. “Tаriхiy хоtirаsiz kеlаjаk yo`q”. T. O`zbеkistоn. 1998. 9 bеt.


117 
qo`lyozma nusxasini O‘zbekistonning 1-prezidenti Islom Karimovga yuborishdi. 
Islom Karimov bu benazir “Ma`nolar xazinasi” asarini she`riyat mulki sultonining 
ramziy uyi – Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyiga tuxfa etdi. 
Mazkur qo`lyozma XVIII asrda Samarqandda Usta Bobojon o`g`li Mulla 
Muqimjon Samarqandiy ismli xattot tononidan ko`chirilgan. Bunaqangi nodir 
qo`lyozma, arxiv hujjatlari ham chet elda ko`p bo`lib ularni qaytarish yoki nusxa 
olish burch va vazifamizdir. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə