Tarixshunoslik fanidan


O`zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
O`zbekiston xalqlari tarixining dolzarb muammolari. 
O`zbekiston halqlari 
tarixini yozish o`z tarixshunosligiga ega bo`lib, bugungi kunda ham dolzarb 
vazifalardan biridir. Mustaqillik sharafoti bilan O`zbekistonning hech qachon 
o`zgarmaydigan, xolisona tarixini yozish imkoniyati tug`ildi.
O`zbekiston xalqlari tarixining tarixshunoslik tahlili shuni ko`rsatadiki, 
soxta yoritilgna tarix, hech qachon haqiqiy tarix asari bo`lolmaydi. Uning 
tarbiyaviy ahamiyati ham bo`lmaydi, yo`q desak ham adashmaymiz, aksincha 
bunday asarlar xalqni chalg`itadi, ongini o`tmaslashtiradi. O`zbekiston xalqlari 
tarixni bilishligi dolzarb vazifasi – tarixiylik-haqqoniylikdir, haqqoniylik esa 
tarixning jon ozig`idir. 
O`zbekiston xalqlari tarixnavisligining dolzarb vazifalaridan biri davlatchilik 
tarixini yoritishdir. Bu yo`nalishda eng qadimgi davr tarixini o`rganish muhim 
bo`lib, birinchi galdagi vazifa yozma manbalar tarixiga katta e`tiborning 
qaratilishidir. Bu borada bir guruh olimlar tomonidan “Qadimgi yozma 
yodgarliklar” kitobining nashr etilishidir. 
O`rta Osiyo tarixi bo`yicha ilk yozma manba “Avesto” ni o`zgarish borasida 
muhim ishlar amalga oshirildi. M.Ishoqov tomonidan “Avesto” ning “Yangi 
kitobi” o`zbek tilida o`girildi, nashr etildi. (Avesto yangi kitobi /Mirsodiq Ishoqov 
tarjimasi. – Toshkent, 2001). Ayni paytda o`zbek davlatchiligi tarixini o`rganish 
bo`yicha ham izlanishlar boshlanib, uning ilk natijalari rus va o`zbek tillarida 
“O`zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari” sifatida chop etildi. (O`zbekiston 
davlatchiligi tarixi ocherklari / Mas`ul muharrirlar D.A.Alimova va EV.Rtveladze. 
Mualliflar. T.Shirinov, M.Filanovich, B.Kochnev, R.Mukminova, G.Agzamova, 
N.Abdurahimova, D.A.Alimova, S.A`zamxo`jaev, Q.Rajabov, A.Golovanov. – 
toshkent, 2001). Ushbu asarning o`rta asrlarda o`zbek davlatchiligining tarixiga 
bag`ishlangan qismida turk haqonligi, G`aznaviylar davlati, Qoroxoniylar xonligi 
va Amir Temur davlati haqida so`z uyritilgan. Shuningdek, XVI-XIX asrlarda 
hukm surgan Buxoro, Xiva va Qo`qon xonlarida davom ettirilgan davlatchilik 
an`analari hamda Rossiya imperiyasi va sovet davridagi boshqaruv tizimi tahlil 
etilgan. 


118 
Bu davrda o`zbek xalqining shakllanish tarixini o`rganish borasida ilk 
izlanishlar boshlandi. Bu masalada Karim Shoniyozovning qarluq davlati tarixiga 
va o`zbek xalqining shakllanishiga bag`ishlangan kitoblari nashr qilindi. 
(Shoniyozov K. Qarluq va qarluqlar – Toshkent 1999: O`zbek xalqining 
shakllanish jarayoni D.Alimova, Z. Orifxonova va boshqalar – Toshkent 2001). 
O`zbekistonning mustamlaka davri tarixini o`rganish borasida ham ma`lum 
natijalarga erishildi. Turkistonning XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy 
jarayonlar tarixi bo`yicha “Turkiston v nachale XX veka” nomli asar mualliflar 
guruhi tomonidan tayyorlanib, R.Rajabova tahriri bilan chop etildi. (Turkiston v 
nachale XX vka: k istorii Ismonov natsional’noy nezavisimosti /Ruk.proekta 
D.Alimova, nauch.rezaktor R.Radjapova, avtorы R.Rajapova, R.Abdullaev, 
S.Agzamxodjaev, I.Alimov, A.Golovanov, R.Nurullaev, V.Ivanov, E.Prilutskiy, 
K.Rajabov, V.Semennok, M.Xasanov, -Toshkent, 2000). 
O`zbekiston xalqlari tarixshunosligining yana bir dolzarb vasifasi, bu XX sar 
tarixini yoritishdir. XX asr insoniyat tarixida erkinlik, shu bilan birga inson 
huquqlqrining paymol bo`lishi, tug`ilishning ko`payib, insoniyat sonining keskin 
o`sishi, eng ayanchlisi millionlab insonlarning qirilib ketishi, ayniqsa ikkinchi 
jahon urishi yillaridagi fojialardir. Mazkur davrda O‘zbekiston xalqlari tarixlarida 
yana bir bor mustamlakachilik sirtmog‘iga tushdilar. Turkiston o‘lkasining rus 
mustamlakachiligi va sho‘ro hukmronligi davrida kechgan hayoti tarixiy ilmiy 
adabiyotlarda qay nuqtai nazardan bo‘lmasin har holda nisbatan to‘laroq ifoda 
etilgan deyish mumkin. Bu adabiyotlarni mazmun va mohiyat jihatdan 4 davrga 
ajratsa bo‘ladi.
Birinchi davr - asosan 1917 yilgacha yozilgan tadqiqotlarni, ikkinchi davr - 
20-50 yillarda, uchinchi davr esa 50 yilda to 80 yillar birinchi yarmiga qadar 
yaratilgan asarlarni qamrab oladi. 
To‘rtinchi davrga oid adabiyotlar tarixshunoslikda «qayta qurish» deb nom 
olgan 80 yillarning ikkinchi yarmidan to O‘zbekiston Respublikasining 
mustaqillikka erishganiga qadar va mustaqillik yillarida vujudga kelgan asarlar 
majmuidan iboratdir. 
Tarixshunosligimizdagi yana bir muhim muammo shundan iboratkim, 
mustaqilligimiz tufayli siyosiy, madaniy ongning o`sishi, milliy ong va milliy 
g`urur uyksalishiga sabab bo`lmoqda. 
 
Imperiyaning parchalarish jarayoni nechog`liq qiyin kechgan bo`lsa, undan 
so`ng uyzaga kelgan “Postimperiya” MDX makonidagi siyosiy, iqtisodiy, 
ma`daniy munosabatlar tarzi ham shu qadar murakkab tus oldi va bu xol davom 


119 
etmoqda. Bu murakkablikning kamida ikki asosiy jihati mavjud. Birinchi jihati – 
mustaqil davlatlarning mundan buyongi taraqiyot yo`li qanday kechadi? Ikkinsisi – 
“Postimperiya” hozirgi MDX makonida o`zaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy, 
manaviy munosabatlar jarayonining bugini va kelajagi qanday bo`ladi.
Quyida mustaqillik yillarida tarixchi olimlarimiz tomonidan chop etilgan 
mustaqillik davri tarixshunosligi oid asarlar keltirilgan: 

Axmedov B. O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari. 1991 y. 

Axmedov B. Tarixdan saboqlar. 1994 y. 

Saidqulov T. O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavxalar. 
1993 y. 

Karimov Sh., Shamsiddinov R. Turkiston Rusiya bosqini davrida. 1995 y. 

Kamoliddinov S. Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po 
araboyazichnim istochnikam IX nachalo XIII veka. 1996 g. 

Choirov Z. Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning oqibatlari (1916-
1917 yillar) 1999 y. 

Rahimov J. O‘zbekiston tarixini o‘rganishda arxiv manbalaridan 
foydalanish. 1995 y. 

Bobobekov X. Qo‘qon tarixi. 1996 y. 

O‘zbekiston tarixini o‘rganish va o‘qitishning dolzarb masalalari. 1993 y. 

O‘zbekistonning yangi tarixi (Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi 
davrida) 2000 y. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə