Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Metall materiallar

3. BOLGʻALANUVCHAN CHOʻYANLAR. 
 
Oq choʻyakni yumshatish natijasida sementitni parchalash mumkin. Oq 
choʻyanning oʻrtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha: 6 = 2,4—2,*8%; Si = 0,8— 
1,4%; Mn = 0,3— 0,4%; S. 
Yumshatish jarayonini tezlashtirish maqsadida qotishmaga baʼzida vismut 
yoki alyuminiy qoʻshib, quyish oldidan temperatura oshiriladi. Bolgʻalanuvchan 
choʻyan ruscha atamasi (kovkiy chugun)ning bosh harflari (KCH ), choʻzilishdagi 
mustahkamlik chegarasi (kg/mm2) hamda plastiklik (% ) qiymatini qoʻyib 
tamgʻalanadi (1215—79 GOST). Ferrit asosidagi QCH 37—12 va KCH 35— 10 
choʻyanlar yuqori dinamik va statik kuchlar taʼsirida muvaffaqiyatli ishlay oladi. 
Undan tezliklar qutisining gʻilofi, gubchaklar kabi mashina qismlari tayyorlanadi. 
Gʻiloflar, gayka, gaz ovozini pasaytiruvchi vositalar, mufta kabi qismlar koʻpincha 
KCH 30—6 va KCH 33—8 choʻyanlardan tayyorlanadi. Ferritli bolgʻalanuvchan 
choʻyanlarning qattiqligi 160— 165 NV atrofida boʻladi. Oq choʻyanni yumshatish 
jarayonining grafitga parchalanish ikkinchi bosqichida uni tez sovitish bilan perlit 
asosidagi kulrang choʻyan olinadi. Bunda oksidlovchi muhit sifatida metall 
kuyindisi yoki maydalangan ruda qoʻllaniladi. Bunda qotishma +1000°S da 51—58 
soat ushlab turiladi. Grafitga parchalanish davrida zagotovkaning yuza qismidan 
taxminan 2 mm qalinlikdagi qatlam tarkibidagi uglerod yonib ketadi. Choʻyan 
havoda sovutiladi. Natijada ichki kuchlanishlar kamayadi. Hosil boʻlgan grafitning 
shakli yigʻilgan, yaʼni pagʻa-pagʻa boʻlganligi uchun ham perlitli bolgʻalanuvchan 
choʻyan yuqori mustahkamlik va plastiklikka ega. Masalan, KCH 50—6 va KCH 
55—4 choʻyanlar yuqori mustahkamlik va plastiklikka hamda ishqalanishga 
barqaror xususiyatlarga ega. Perlit asosidagi choʻyanlarning qattiqligi 240—270 NV 
atrofida boʻladi. Bunday choʻyanlar avtomobilsozlikda, qishloq xoʻjaligi 


mashinalarining qismlari, toʻqimachilik sanoati uskunalari, ishqalanish, zarb hamda 
oʻzgaruvchan kuch taʼsirida ishlaydigan qismlarni tayyorlashda ishlatiladi. 
Yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan choʻyanlar ham kulrang choʻyanlar kabi 
ruscha nomdagi bosh harflar VCH (vыsokoprochnыy chugun) bilan belgilanadi, 
soʻngra choʻzilishdagi mustaxkamlik (birinchi ikkita son, kg/mm2 va nisbiy 
choʻzilish qiymatlari (% ) koʻrsatiladi. Mashinasozlikda, masalan, quyidagi 
chuyanlar koʻp koʻllaniladi: VCH 38— 17; VCH 42— 12; VCH 45—5 xamda VCH 
60—2; VCH 80—3 va hokazo. Yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan choʻyanlarning 
mustaxkamligini yana-da oshirish hamda barqarorlashtirish- maqsadida ularga 
termik ishlov beriladi. Masalan, mustahkamlikni oshirish maqsadida ularga toblash 
bilan bir qatorda yuqori temperaturada (+500...+600°S) boʻshatish beriladi. Baʼzida 
grafitning shaklini yana mukammallashtirish uchun ularga yumshatish beriladi. Bu 
turdagi choʻyanlarning plastikligi (b) 2—7% va qattiqligi 150—360 NV atrofida 
boʻladi. Yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan choʻyanlar poʻlatlar ishlatiladigan 
sohada qoʻllanishi mumkin, masalan, ulardan avtomobil va traktor vositalari — 
tirsakli vallar, yuklanishni koʻtaradpgan gʻiloflar, press traversalari tayyorlanadi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə