Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Metall materiallar

Vazifasiga koʻra tasniflanishi. 
 
Vazifasiga karab poʻlatlar konstruksion, asbobsozlik hamda maxsus 
xossalarga ega boʻlgan poʻlatlarga boʻlinadi. 
K o n s t r u k s i o n p o ʻ l a t l a r
mashina detallari, priborlar va qurilish 
konstruksiyasi elementlarini tayyorlashda ishlatiladigan poʻlatlarning katta 
gruppasini tashkil etadi. Konstruksion poʻlatlarning sementatsiya qilingan
sifatli, avtomat, mustahkamligi yuqori boʻlgan hamda ressora-prujinalar 
uchun moʻljallangan xillari boʻladi. 
A s b o b s o z l i k p o ʻ l a t l a r i
kesish, 
oʻlchash 
asboblari 
hamda 
sovuqlayin va issiqlayin shtamplar tayyorlash uchun ishlatiladigan xillari 
boʻladi.
M a x s u s p o ʻ l a t l a r g a
zanglamas (korroziyabardosh), issiqqa chidamli, 
olovbardosh, yeyilishga chidamli poʻlatlar kiradi. 
Sifatiga koʻra tasniflanishi. 
Sifatiga koʻra poʻlatlar oddiy sifatli, sifatli, yuqori 
sifatli va juda sifatli xillarga boʻlinadi. Poʻlatning sifati deyilganda, u ishlab 
chiqariladigan metallurgiya jarayoni bilan belgilanadigan xossalari yigʻindisi 
tushuniladi. Kimyoviy tarkibining bir jinsliligi, tuzilishi va xossalari 
poʻlatdagi zararli qoʻshilmalar hamda gazlar (kislorod, vodorod, azot) 
miqdoriga bogʻliq. 
Poʻlatlarning sifatini aniqlashda zararli aralashmalar meʼyori (oltingugurt-S, 
fosfor-P) asosiy koʻrsatkich hisoblanadi. O d d i y s i f a t l i poʻlatlarda 
0,06% gacha S va 0,07% gacha P, s i f a t l i poʻlatlarda 0,035% gacha S va 
0,035% gacha R, yuqori sif a t l i poʻlatlarda esa koʻpi bilan 0,025% S va 
0,025% R, juda s i f a t l i poʻlatlarda esa koʻpi bilan 0,015% S va 0,025% R 
boʻladi. 
UGLERODLI KONSTRUKSION POʻLATLAR 


Uglerodli poʻlatlar uchta asosiy guruhga boʻlinadi: oddiy sifatli 
uglerodli poʻlatlar, sifatli uglerodli poʻlatlar, maxsus vazifali uglerodli 
poʻlatlar (avtomat, qozon poʻlatlari va boshqalar). 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə