Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Metall materiallar

A gruppadagi poʻlat,
markasi Stb, marganes miqdori
koʻp, chala qaynaydigan, uchinchi kategoriyali.
Maʼlum kategoriyadagi poʻlatga uning oksidsizlantirilish darajasini 
koʻrsatmasdan buyurtma berilganida kategoriyasi marka nomeridan keyin tire 
orqali yoziladi, masalan, St4-3. Birinchi kategoriyadagi poʻlat kategoriya 


nomerini koʻrsatmasdan yoziladi, masalan, St4ps. A gruppadagi poʻlatlarning 
kimyoviy tarkibi ularning mexanik xossalarini cheklamaydi, balki 
kafolatlaydi (2-jadval). Bu gruppadagi poʻlatlar, odatda, qizdirib ishlov 
beriladigan detallar tayyorlashda (payvandlab, bolgʻalab va hokazo) 
foydalaniladi. 
B guruhdagi poʻlatlar
kimyoviy tarkibiga koʻra yetkazib beriladi va 
ular termik ishlov beriladigan hamda qizdirilgan holatda bosim ostida ishlov 
berib (shtamplab, bolgʻalab) tayyorlanadigan detallar uchun ishlatiladi. B 
gruppadagi poʻlatlarning mexanik xossalari kafolatlanmaydi. 
V guruhdagi
poʻlatlar A guruhdagi poʻlatlar meʼyorlariga mos 
keluvchi mexanik xossalariga koʻra hamda B gruppadagi poʻlatlar 
meʼyorlariga mos keluvchi kimyoviy tarkibiga koʻra yetkazib beriladi. V 
guruhdagi poʻlatlar asosan payvandlab tayyorlanadigan konstruksiyalarda 
ishlatiladi. 
Sifatli konstruksion uglerodli poʻlatlar 
(GOST 1050-74). Ular oddiy sifatli 
poʻlatlardan tarkibida oltingugurt, fosfor va boshqa zararli aralashmalar 
kamligi bilan, har bir markada uglerod miqdori tor chegarada boʻlib, 
koʻp hollarda kremniy (S) va marganes (Mp) miqdori koʻp boʻlishi bilan farq 
qiladi. 
Poʻlat ikki xonali raqamlar bilan belgilanadi. Bu raqamlar uglerod miqdorini 
protsentning yuzdan bir ulushini bildiradi. Bu poʻlatlar kimyoviy tarkibi va 
mexanik xossalari kafolatlangan holda yetkazib beriladi (3-jadval). 
Oksidsizlantirilish darajasiga koʻra poʻlat qaynaydigan (kp), chala 
qaynaydigan (ps), qaynamaydigan (indeksi koʻrsatilmaydi) xillarga boʻlinadi. 
Poʻlatlar markasidagi G harfi undagi marganes miqdori koʻp (1% gacha) 
ekanligini bildiradi. 
Sifatli uglerodli poʻlatlar prokatlangan, bolgʻalangan, kalibrlangan, sirtiga 
alohida ishlov berilib, dumaloqlangan koʻrinishlarda yetkazib beriladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə