Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari


Metallokeramik qattiq qotishmalar



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Metall materiallar

Metallokeramik qattiq qotishmalar. 
 
Bu qotishmalarning bir karbidlisi 1920-yillarda, ikki karbidlisi 1930-yillarda 
yaratilgan boʻlib, hozirda bunday keskichlar sanoatda ishlatilayotgan keskichlarning 
qariyb 80—85 foizini tashkil etadi. Qattiq qotishmalar tarkibiga kiruvchi 
komponentlarning erish haroratini yuqoriligi va ularning bergan karbiddarning 
qattiqpigi hisobiga qotishmaning qattiqligi NRS = 87-=-98 oraligʻida boʻladi. Qattiq 
qotishmalar kukunli metallurgiya usuli bilan tayyorlanib uning tarkibi volfram 
karbidi (WS), titan karbidi (TiC), tantal karbidi (TaS) va bogʻlovchi sifatida kobalt 
(So) komponentlaridan iboratdir. Qattiq qotishmalar yuqori zichlikka (9,5—15,1), 
yuqori harorat taʼsirida ham ishqalanib, yeyilishga chidamli boʻlishi bilan birgalikda 
issiqlik sigʻimi tezkesar poʻlatga nisbatan 2,0—2,5 marotaba kam, issiqlik 
oʻtkazuvchanligi esa yuqoridir. Keskich asboblar tayyorlash uchun quyidagi qattiq 
qotishmalardan foydalaniladi:
1) Bir karbidli — volfram-kobaltli qotishmalar. Bu qotishma asosan volfram 
karbididan iborat boʻlib, kobalt yordamida qovishtiriladi. Bu guruhga kiruvchi 
qotishmalarning quyidagi rusumlari mavjuddir: VK2, VKZ, VK4, VK6, VK6M, 
VK8, VK8V.
2) Ikki karbidli — volfram-titan-kobaltli qotishmalar. Bu qotishma tarkibini 
volfram va titan karbidlari tashkil etib, oʻzaro kobalt bilan bogʻlangan. Bu guruh 
qotishmalariga T5K10, T14K8, T15K6, T30K4, T5K12V rusumlari kiradi.
3) Uch karbidli — titan-tantal-volfram-kobaltli qotishmalar. Bu qotishma 
titan karbidi, tantal karbidi qattiq aralashmasidan tayyorlanib, volfram karbidi bilan 
toʻyintiriladi. Kobalt esa bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Bu qotishmalarning 
TT17K12, TT7, K15 va boshqa rusumlari mavjud. Qattiq qotishmalarning xossalari 
uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xili va miqdoriga bogʻliq. 
Qotishmalarning rusumlanishiga qarab, uning tarkibidagi komponentlarning 
miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, VK8 rusumli qotishma tarkibida 8 foiz kobalt 
va 92 foiz volfram karbidi bor. T15K6 rusumli qotishma - 6 foiz kobaltdan, 15 foiz 


titan karbidi, 79 foiz volfram karbididan iborat. Qotishma qattiqligi tarkibidagi 
karbidlarning qattiqligi bilan xarakterlanadi, yaʼni qotishma tarkibida karbid 
miqdori qancha koʻp boʻlsa, uning qattiqligi shunchalik yuqori boʻladi. Lekin, 
qotishma qattiqligi oshib borishi bilan uning qovushqoqdigi kamayib, moʻrtligi ortib 
boradi. Bu hol qotishmaning egilishga va kesilishga chidamliligi natijasida urilib 
ishlash qobiliyatini pasaytiradi. 
OLMOS. 
Hamma materiallar ichida eng qattigʻi. Olmos +1500° gacha 
qiziganda ham xususiyatini yoʻqotmaydi. U yeyilishga juda yaxshi chidaydi va 
keskichda oʻtkir kesuvchi qirra hosil qilishga imkon beradi. Rangli qotishmalarni va 
plastinkalarni kesib ishlashda olmos keskichlarning turgʻunligi boshqa materiallarga 
nisbatan oʻnlab, yuzlab barobar yuqori. Olmoslar yuqori qattiqlikka ega boʻlishi 
bilan birga juda moʻrt, shuning uchun ham uning qoʻllanilishi cheklangan. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə