Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari


Koʻp l e g i r l a n g a n a s b o b s o z l i k p o ʻ l a t l a r i



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30
Metall materiallar

Koʻp l e g i r l a n g a n a s b o b s o z l i k p o ʻ l a t l a r i
tarkibida volfram, 
xrom va vanadiy miqdori koʻpboʻladi (asosiy legirlovchi elementning 18%ini tashkil 
qiladi); issiqbardoshligi yuqori (+600-+640°S). Ular mustahkamligi yuqori boʻlgan 
poʻlatlar va qiyin ishlanadigan boshqa materiallarga ishlov berish uchun 
moʻljallangan yuqori unum bilan ishlaydigan kesish asboblari tayyorlashda 
foydalaniladi. Bunday poʻlatlar 
t e z k e s a r asbobsozlik poʻlatlari
deb ataladi 
(GOST 19265-73). Tezkesar poʻlatlar R harfi bilan belgilanadi, undan keyingi 
raqam volfram miqdorini bildiradi. 
 
Tezkesar poʻlatlar XX asrning boshlarida ixtiro etilgan boʻlib, tarkibida 
legirlovchi elementlarning (8,5—9 foizgacha W, 3,6—4,6 foiz Sg, 2—5 foiz V) 
koʻpligi bilan legirlangan asbobsozlik poʻlatlaridan farq qiladi. Bunday poʻlatlardan 
yasalgan keskich asboblar (parma, freza, protyajka) termik ishlangandan keyin 
(+1240…+1300°S haroratda toblanib, +560//+580°S da bir necha marotaba 
boʻshatilgach) qattiqligi NKS = 62 ch- 65 ga yetadi. Bu poʻlatlarning 
olovbardoshligi +560…+600°S atrofida boʻlib, kesuvchanlik xususiyati boshqa 
asbobsozlik poʻlatlarga nisbatan ancha yuqori, shuning uchun poʻlatlardan yasalgan 
keskichlar 2—3 marotaba yuqori tezlik bilan ishlashi mumkin. R18 rusumli poʻlat 
koʻpchilik vaqtlarda, ayniqsa, konstruksion poʻlatlarni kesish jarayonida R9 
rusumliga nisbatan maʼlum afzalliklarga ega, yaʼni R18 rusumli poʻlat yaxshi 
silliqlanadi, issiqlik taʼsirida kamroq qiziydi va h.k. R18F2 rusumli poʻlat yuqori 
haroratga chidamli (625—630°S) boʻlib, R18 va R9 rusumlarga nisbatan yuqori 
kesuvchanlik xossasiga ega. Bu poʻlatlardan qilingan keskichlar bilan yuqori 
mustahkamligi (σ
V
=80 100 kg—mm2) boʻlgan poʻlatlar kesib ishlaniladi. Tarkibida 
vanadiy elementlari boʻlgan tezkesar poʻlat (R9F5, R14F4) rusumlari esa titan 
qotishmalarini va materiallarni tozalab yoʻnuvchi keskich asboblar tayyorlashda 
qoʻllaniladi. Volfram molibdenli (R9M4, R6MZ) tezkesar poʻlatlarning 
kesuvchanlik xossasi zagotovka ishlashda volframlarga nisbatan ancha yuqori 
boʻlib, asosan frez, metchik, protyajka, parma, frezalar va rezba ochuvchi frezalar 
tayyorlashda keng qoʻllaniladi. Tezkesar poʻlatlarning ayrim rusumlarining 
kimyoviy tarkibi quyidagi jadvalda keltirilgan: 



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə