Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari


M a r t e n s i t - e s k i r u v c h i p o ʻ l a t l a r



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Metall materiallar

M a r t e n s i t - e s k i r u v c h i p o ʻ l a t l a r
- temirning 
nikel, 
kobalt, 
molibden, titan, xrom va boshkr elementlar bilan hosil qilganuglerodsiz (koʻpi bilan 
0.03S) qotishmasidir. Ular yuqori mustahkamlikka ega boʻlgan legirlangan 
poʻlatlarning yangi sinfini hosil qiladi. 
Martensit-eskiruvchi poʻlatlar +800-+860°S dan boshlab havoda toblanadi va 
+450...+500°Sda eskirtiriladi. 
ASBOBSOZLIK POʻLATLARI 
 
Asbobsozlik poʻlatlari kesish, oʻlchash va shtamplar kabi asboblarning 
asosiy guruhini tayyorlash uchun moʻljallangan. Ishlash sharoitiga qarab bunday 
poʻlatlarga quyidagi talablar qoʻyiladi: kesish asboblari (keskichlar, parmalar, 
metchiklar, frezalar va hokazolar) uchun moʻljallangan poʻlatlarning qattiqligi


yeyilishga va issiqqa chidamliligi yuqori boʻlishi kerak, oʻlchash asboblari uchun 
moʻljallangan poʻlatlar qattiq, yeyilishga chidamli hamda asbobning shakli va 
oʻlchamlari uzoq muddat oʻzgarmasligini taʼminlaydigan darajada boʻlishi lozim; 
shtamplar (sovuqlayin va issiqlayin deformatsiyalanadigan) uchun moʻljallangan 
poʻlatlarning 
mexanik 
xossalari 
(qattiqligi, 
yeyilishga 
chidamliligi, 
qovushqoqligi) yuqori boʻlib, yuqori haroratlarda ham oʻzgarmasligi darkor. Bundan 
tashqari qizdirib shtamplanadigan shtamplar tayyorlanadigan poʻlat sirtida koʻp 
marta qizdirish va sovutish natijasida darzlar paydo boʻlmasligi kerak. 
Uglerodli asbobsozlik poʻlatlari (GOST 1435—74).
Uglerodli asbobsozlik 
poʻlatlarining U7, U8, U8G, U9, U10, U11, U12 va U13 markalari ishlab chiqariladi. 
Raqamlar uglerod miqdorining oʻnli ulushini bildiradi. Raqamdan keyingi G harfi 
poʻlatda marganes miqdori koʻp ekanligini bildiradi. Yuqori sifatli uglerodli 
asbobsozlik poʻlatining markasida A harfi boʻladi. Masalan, U12A, bu tarkibida 
1,2% S boʻlgan yuqori sifatli asbobsozlik poʻlati ekanligini bildiradi. 
Zarbiy yuklanish ostida ishlaydigan zubilo, sumba, bolgʻa, borodok kabi asboblar 
U7A, U8A markali poʻlatlardan yasaladi. Parma, metchik, razvyortka, shaber, egov 
kabi qattiqligi yuqori boʻlishi talab etiladigan, lekin zarbiy yuklanishlar taʼsir 
etmaydigan asboblar U12A, U13A kabi poʻlatlardan yasaladi. U7-U9 markali 
poʻlatlar toʻla, U10-U13 markali poʻlatlar chala toblanadi. Issiqbardoshligining 
pastligi, yaʼni yuqori haroratgacha qizdirilganda yuqori qattiqligini saqlay olish 
xususiyati uglerodli asbobsozlik poʻlatlarining kamchiligi hisoblanadi. +200°S dan 
yuqori temperaturada qizdirilganda uglerodli poʻlatdan yasalgai asbob oʻz
qattiqligini yoʻqotadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə