Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari


Legirlangan asbobsozlik poʻlatlari (GOST 5950—73)



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Metall materiallar

Legirlangan asbobsozlik poʻlatlari (GOST 5950—73).
Asbobsozlik poʻlatlariga 
kiritiladigan legirlovchi elementlar uning issiqbardoshligini (volfram, molibden
kobalt, xrom), toblanuvchanligini (marganes), qovushqoqligini (nikel), yeyilishga 
chidamliligini (volfram) oshiradi. 
Uglerodli asbobsozlik poʻlatlariga qaraganda legirlangan poʻlatlarning quyidagi 
afzalliklari bor: toblanuvchanligi yaxshi; yumshatilgan holatda plastikligi yuqori, 
toblanganda mustahkamligi katta, kesish xossalari ancha yuqori. 
Kam l e g i r l a n g a n a s b o b s o z l i k p o ʻ l a t l a r i
tarkibida 
2,5% 
gacha 
legirlovchi elementlar 
boʻladi, qattiqligi katta (VDS 62-69), yeyilishga 
chidamliligi 
yuqori, 
lekin 
issiqbardoshligi 
past 
(+200-+260°S). 
Uglerodli poʻlatlardan farqli ravishda ular murakkab shaklli asboblar tayyorlashda
ishlatiladi. 
X, 9XS, XVG, XVSG kabi kam legirlangan poʻlatlarda asosiy legirlovchi element 
xromdir. X markali poʻlat faqat xrom bilan legirlangan. Xrom miqdorining koʻpligi 
poʻlatning qizishini oshiradi. X markali poʻlat moyda 25 mm qalinlikkacha toʻla 
qiziydi. U 10 markali poʻlat esa faqat 5 mm chuqurlikkacha qiziydi. X poʻlati 
tokarlik, randalash va yoʻnish keskichlarini tayyorlashda ishlatiladi. 9XS poʻlati 
xromdan tashqari kremniy bilan ham legirlangan. X poʻlatiga qaraganda uning 
toblanish chuqurligi katta (35 mm gacha); issiqbardoshligi yuqori boʻlib, 
+250..+260°S gacha yetadi (X poʻlatniki esa +200...+210°S gacha), kesish xossalari 
yuqori. 9XS poʻlatidan parmalar, razvyortkalar, frezalar, metchiklar, plashkalar 
tayyorlanadi. 


XVG poʻlati
xrom, volfram va marganes bilan legirlangan; qizish chuqurligi 45 
mm gacha. U yirik va uzun protyajkalar, uzun metchiklar hamda razvyortkalar 
tayyorlashda ishlatiladi. 
XVSG poʻlati
murakkab 
legirlangan 
poʻlat boʻlib, 9XS va XVG 
poʻlatlariga qaraganda toblanuvchanligi va qizdirilish qalinligi yaxshi. Moyda 
sovitilganda u 80 mm qalinlikkacha toʻla toblanadi. U oʻta qizdirilishga sezgir emas. 
Issiqqa chidamliligi 9XS poʻlatniki kabi. XVSG poʻlati dumaloq plashkalar
razvyortkalar, yirik protyajkalar va kesuvchi boshqa asboblar tayyorlashda
ishlatiladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə