Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari


N i k e l eng qimmatli legirlovchi elementda boʻlib, poʻlatga 1 dan 5% gacha  miqdorda kiritiladi.  M a r g a n e s



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Metall materiallar

N i k e l
eng qimmatli legirlovchi elementda boʻlib, poʻlatga 1 dan 5% gacha 
miqdorda kiritiladi. 
M a r g a n e s
poʻlatga 1,5% gacha miqdorda kiritiladi. U ferrit bilan sementit 
orasida u -taqsimlanadi. Nikel poʻlatning oquvchanlik chegarasini oshiradi
lekin poʻlat oʻta qizdirilishga sezgir boʻlib qoladi. Shuning uchun zarralarni 
maydalash maqsadida poʻlatga nikel bilan birgalikda karbid hosil qiluvchi 
elementlar
ham 
kiritiladi.
K r e m n i y
karbid 
hosil qiluvchi 
element hisoblanmaydi va u poʻlatga cheklangan miqdorda 2%) gacha 
kiritiladi. U poʻlatning oquvchanlik chegarasini oshiradi, uning miqdori 1% 
dan oshib ketganda poʻlatning qovushoqligi kamayadi va sovuqda 
sinuvchanligi ortadi. 
M o l i b d e n va
v o l f r a m
karbid hosil qiluvchi 
elementlar hisoblanib, sementitda koʻp qismi eriydi. Molibdenning 0,2-0,4% 
va volframning 00,8-1,2% miqdori kompleks-legirlangan poʻlatlarda 
zarralarning maydalanishiga yordam beradi, qizdirilishini oshiradi va 
poʻlatning boshqa baʼzi xossalarini yaxshilaydi. 
V a n a d i y
va 
 t i t a n
kuchli 
karbid hosil qiluvchi 
elementlar hisoblanib, tarkibida xrom, marganes, nikel boʻlgan poʻlatga 
zarralarini maydalash uchun oz miqdorda (0,3% gacha V va 0,1% Ti) 
kiritiladi. Qizdirilganda maxsus qiyin eriydigan karbidlar hosil boʻlganligidan 
konstruksion poʻlatlarda vanadiy, titan, molibden va volfram miqdori 
koʻp boʻlishiga yoʻl quyilmaydi. Ortiqcha karbidlar zarralar chegarasi boʻylab 
joylashganligidan moʻrt sinishga sabab boʻladi va poʻlatning qizdirilishini 
kamaytiradi.Poʻlatning qizdirilishini oshirish uchun juda oz miqdorda (0,002-
0,005%) bor qoʻshiladi. 
Legirlangan poʻlatlarni markalash



 Legirlangan sifatli poʻlat markasi xarflar va poʻlatning ximiyaviy 
tarkibini bildiruvchi raqamlar bilan belgilanadi. Legirlovchi elementlar 
quyidagicha belgilanadi (GOST 4547- 71): xrom (X), nikel (N), marganes 
(G), kremniy (S), molibden (M), volfram (V), titan (T), alyuminiy (Yu), 
vanadiy (F), mis (D), bor (R), kobalt (K), niobiy (B), sirkoniy (S). Harfdan 
keyingi raqam legirlovchi elementning protsentlardagi miqdorini koʻrsatadi. 
Agar raqam yozilmagan boʻlsa, legirlovchi element 1,5% gacha boʻladi. 
Konstruksion sifatli legirlangan poʻlatlarda dastlabki ikkita raqam poʻlat 
tarkibidagi uglerod miqdorining protsentning yuzdan bir ulushini bildiradi. 
Bundan tashqari yuqori sifatli legirlangan poʻlatlarning markasi soʻngida A, 
juda sifatli poʻlatlarnikida esa Sh harfi yoziladi. Masalan, markasi 
30XGSN2A boʻlgan poʻlat tarkibida 0,30% uglerod, 1% gacha xrom, 
marganes, kremniy va 2% gacha nikel boʻlgan yuqori sifatli legirlangan poʻlat 
ekanligini bildiradi. Markasi 95X18Sh boʻlgan poʻlat vakuumlangan 
elektroshlak usulida qayta suyuqlantirilgan, tarkibida 0,9—1,0% uglerod, 
17—19% xrom, 0,030% fosfor va 0,015% oltingugurt boʻlgan juda sifatli 
poʻlatni bildiradi. 
Legirlangan konstruksion poʻlatlar sementitlangan, yaxshilangan va 
oʻta mustahkam xillarga boʻlinadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə