Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Metall materiallar

RANGLI METALLAR VA QOTISHMALAR
 Alyuminiy va uning qotishmalari. 
 
Birlamchi alyuminiy (GOST 11060—74) uchta guruhga boʻlinadi: alohida 
toza (A999 markasi), yuqori darajada toza (toʻrtta markasi bor) va texnik toza 
alyuminiylar boʻladi. Yuqoridagi GOSTda 0,15—1% aralashmalar boʻlishiga ruxsat 
etilgan sakkizta alyuminiy markasi koʻrsatilgan. Markaning nomi alyuminiyning 
tozaligini bildiradi. Masalan, A8 markasi metallda 99,8%, A99 markasi esa 99,99% 
alyuminiy borligini bildiradi.
Texnik toza alyuminiy elektroliz vannalarida olinadi. Alyuminiy xom 
ashyosini elektrolitik rafinirlash yoʻli bilan yuqori tozalikdagi alyuminiy markasi 
olinadi. 
Alyuminiy — kumushsimon oq rangdagi, elektr va issiqlik oʻtkazuvchanligi 
katta boʻlgan yengil metalldir; uning zichligi 2700 kg/m
3
, tozaligiga qarab 
suyuqlanish harorati +660...+667°S chegarada oʻzgaradi. Yumshatilgan 
alyuminiyning mustahkamligi kichik (σ
v
= 80—100 MPa), qatiqligi past (NV 20—
40), lekin plastikligi yuqori (σ=35-40%).
Alyuminiy bosim ostida yaxshi ishlanadi, payvandlanadi, lekin kesib 
ishlanishi yomon. Atmosfera va chuchuk suvda korroziyaga chidamliligi yuqori.
Havoda alyuminiy tez oksidlanib, yupqa pishiq oksid pardasi bilan qoplanadi. Bu 
parda esa metall qatlamiga kislorod oʻtkazmaydi va uni korroziyalalishdan saqlaydi. 
Alyuminiyning boshqa metall va nometallar (mis, marganes, magniy, 
kremniy, temir, nikel, titan,berilliy va boshqalar) bilan qotishmalari konstruksion 
materiallar sifatida keng qoʻllaniladi. Alyuminiy qotishmalarida toza alyuminiyning 
yaxshi 
xossalari 
bilan 
birga 
legirlovchi 
qoʻshilmalarning 
yuqori 
mustahkamlik xossalari mujassamlashgan. Masalan, temir, nikel, titan alyuminiy 
qotishmalarining otashga chidamliligini oshiradi. Mis, marganes, magniy, 


alyuminiy qotishmalariga mustahkamlovchi termik ishlov berishni taʼminlaydi. 
Legirlash va termik ishlov berish natijasida alyuminiyning mustahkamligi σ
v
 
100 
dan 500 MPa gacha, qattiqligi NV 20 dan 150 gacha oshadi. Barcha alyuminiy 
qotishmalari deformatsiyalanadigan va quymabop xillarga boʻlinadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə