«тасдиклайман» фермер хужалиги 2011 й


Jadval № 1. Fermer xujaligining 2008-2009 yillar balans kursatkichlari. (ming sum)



Yüklə 324,38 Kb.
səhifə12/38
tarix17.05.2022
ölçüsü324,38 Kb.
#87230
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38
Jadval № 1. Fermer xujaligining 2008-2009 yillar balans kursatkichlari. (ming sum)


AKTIVLAR

2008 yil

2009 yil

1

Uzok muddatli aktivlar

20270,6

22546,6

2

Joriy aktivlar

64262,9

63927,8

JAMI

84533,5

86474,4

 

PASSIVLAR

2008 yil

2009 yil

1

Uz mablaglari manbaalari

82480,4

85480,4

2

Uzok muddatli majburiyatlar

1154,3

0

3

Joriy majburiyatlar

1898,8

994

JAMI

85533,5

86474,4


Jadval № 2. Fermer xujaligining 2008-2009 yillar moliyaviy kursatkichlari.




Kursatkich nomi

2008 yil

2009 yil

1

Maxsulotlarni sotishdan sof tushum

34845,8

29009,7

2

Sotilgan maxsulot tannarxi

27441,9

25394,4

3

Maxsulotlarni sotishning yalpi foydasi

7403,9

3615,3

4

Davr xarajatlari

1838,9

3254,6

5

Asosiy faoliyatning foydasi

5565

360,7

6

Moliyaviy faoliyatning boshka daromadlari

0

0

7

Moliyaviy xarajatlar

0

0

8

Moliyaviy faoliyatning boshka xarajatlari

0

0

9

Daromad soligi tulagangunga kadar foyda

5565

360,7

10

Solik tulovlari

0

0

11

Xisobot davrining sof foydasi

5565

360,7


Jadval № 3. Fermer xujaligining 2009 yilda buyudjetga tulovlari.




Kursatkichlar nomi

Xisobot davri uchun xisob-kitob buyicha

Xisobot davri xisob-kitob buyicha xisoblangandan xakikatda tulangani

1

YUridik shaxslardan olinadigan daromad soligi

272,9

0

2

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligi

272,9

0

3

SHaxsiy jamgarib boriladigan pensiya xisobvaraklariga ajratmalar

22,7

22,3

12

YAgona er soligi

4065,8

5031,5

15

Respublika yul jamgarmasiga majburiy tulovlar

435,1

346,8

16

Byudjetdan tashkari Pensiya jamgarmasiga majburiy tulovlar

915,5

1311,7

17

Maktab ta’limi jamgarmasiga majburiy tulovlar

290,1

198,9

Jami byudjet tulovlar summasi

5979,4

6911,2


Ozik – ovkat sanoatining rivojlanish tendensiyalarini va Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 iyuldagi № PF – 670 son «Banklarninig kapitalizatsiyasini oshirish va ularning investitsion jarayonlarda va iktisodni modernizatsiyalashdagi ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi farmoni, xukumatning 2009 yilda kishlokda ishlab chikarish va kichik sanoat korxonalarini rivojlantirish buyicha chikargan turli konun xujjatlari, shuningdek xududning boy imkoniyatlari va parrandachilikni rivojlantirish uchun mavjud kulay shart – sharoitlarni xisobga olib, «» fermer xujaligi fermer xujaligi raxbariyati tomonidan Samarkand viloyati, Samarkand tumanida uzum maxsulotlarini etishtirishga muljallangan ferma kurish rejalashtirilmokda. Bu bilan xujalik raxbariyati foyda olishga karatilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, Samarkand viloyat axolisini va Respublikaning boshka xududlarini tuxum va meva-sabzavot maxsuloti bilan ta’minlash, yangi ish urinlarini yaratish, tumandagi ijtimoiy – iktisodiy vaziyatni yaxshilashga uz xissasini kushish, iste’mol tovarlari narxining tushishiga va parrandachilikka, meva-sabzavot tayyerlovga ixtisoslashgan boshka korxonalar maxsulotlari bilan rakobatga dosh bera oladigan maxsulot etishtirishni uz oldiga maksad kilib bank kreditini uzlashtirishga karor kiladi.


Ishlab chikarish jarayoning tavsifi


Ishlab chikarish jarayoni sharxi

Ishlab chikarish jarayoni uzluksiz davom etuvchi bulib, savdo faoliyatidan aloxida tarzda olib boriladi.


MEVA-SABZAVOT ETISHTIRISH
Kunlar isishi bilan bog-roglarda ish avjiga oladi. Bogbonlarimiz kumilgan toklarni ochish, daraxtlarga shakl berish, daraxtlar tanasini oklash kabi yumushlarni bajarishga kirishadi. Agrotexnika tadbirlarini uz vaktida va sifatli utkazish mevalar serob bulishining muxim shartidir. Bu jarayon meva – sabzavot ishlab chikarish jarayoning ilk va dastlabki boskichi xisoblanadi. Ammo bu soxaning uziga xos va uziga mos ilmiy asoslari, kilinadigan ishlari va toki ular kayta ishlash korxonalariga etkazilgunga kadar bulgaan davrda amalga oshiriladigan kator tadbirlar mavjud.

Erta baxorda ekin kator oralari yumshatiladi xamda bu ish xar bir sugorishdan keyin takrorlanishi maksadga muvofik. Bunda erga ishlov beruvchi MPV—1 mashina, KZU—03 kultivatoridan foydalaniladi. Daraxt tanasi atroflariga ishlov berish FA—76 mexanik frezada amalga oshiriladi.

Baxor—yoz oylarida kator oralari tuprogining suv-xavo tartibotini yaxshilash va begona utlarni yukotish uchun 10—12 sm chukurlikda yumshatib turish zarur.

Xosilga kirgan boglarga 2—3 yilda bir marotaba oktyabr—noyabr oylarida yoki erta baxorda fosfor va kaliy ugitini gektariga R180 K90 kg mikdorda solib, 45—50 sm chukurlikda agdarmasdan xaydab yumshatish kerak.

Tuprok osti shagalli erlarda ugitlar mikdori 50% kupaytiriladi, azot uch marotaba: baxorda, iyun va iyul oylarida solinadi.

Mikrougitlar tuprokka asosiy ugitlar bilan birgalikda baxorda gektariga ta’sir etuvchi modda xisobida: ruxli mikrougitlarni 3 yilda bir marotaba 3, marganetsni 2 yilda bir marotaba 5, borli mikrougitlarni xar yili 1,5—2 kg. dan solish maksadga muvofik.

Kompleks mineral ugitlar (ammofos, nitrofos va boshkalar) oddiy ugitlarga nisbatan bir kator agrokimyoviy iktisodiy afzalliklarga ega.

Ozuka elementlari buyicha ularning solish mikdori oddiy ugitlar uchun tavsiya etilgan solish mikdori bilan bir xil. SHuning uchun ozika elementlari tarkibini balandlashtirish uchun kompleks va oddiy ugitlardan birgalikda foydalanish kerak.

Masalan, sugoriladigan xosildor tokzorlarda xar yili baxorda toklar ochilgandan keyin gektariga 225 kg ammofos bilan birga 225 kg ammiakli selitra va 250 kg kaliy tuzlari yoki 455 kg nitrofos xisobida mineral ugitlar solinadi.

Danakli mevali daraxtlarda mustaxkam shoxlar shakllanishi, usishi va xosil berishini tartibga solish, xosildorlik va meva sifatini yaxshilash uchun butash zarur. Xar bir danakli mevali daraxtga turiga karab uziga xos shakl beriladi.

Danakli mevali daraxtlar kupincha bir yoshida xosilga kiradi, eskirok shoxlarda shakllangan xosil novdalari esa uruglilarga nisbatan uncha kup yashamaydi, okibatda shoxlar ichi tezda pukakka aylanadi. Bunga yul kuymaslik uchun butash orkali xar yili kuplab bir yillik novdalar usib chikishi va ularni shoxlar orasiga tugri joylashtirib, xosil berishiga erishish zarur.

Tokzorlarni kurtaklari burtmasdan oldin ochish zarur. YOsh toklar dastlabki yilda baxorda kesiladi.

Zang va xosil olish uchun koldirilgan novdalar tuplar ochilishi bilan simbagazlarga boglanadi. Bu ish kurtaklar burtguncha tugallanishi kerak. Tuplar kator orasiga ishlov berishda mashinaning bemalol utishi uchun englar birinchi sim satxigacha kutariladiki, bunda xosil beruvchi va kuk novdalar ishga xalakit bermasin.

Agar tokzorga kuzda ishlov berilmagan bulsa, baxorda toklarni mexanizatsiya usulida chala ochish bilan birgalikda er xaydaladi. Toklar ochilgandan keyin kator oralaridagi tuprokni tekislash uchun kultivatsiya kilinadi yoki boronalanadi.

Baxor-yoz davomida yumshok katlam xosil kilish va begona utlarni yukotish uchun NYU—18 plugi urnatilgan moslama bilan tok tupi atrofiga ishlov beriladi.

Lalmi tokzorlarda tuprok baxorda chukur yumshatiladi va keyin vegetatsiya davomida 18—20 sm chukurlikda yumshatib turish yaxshi samara beradi. Baxorgi yomgirlardan, shuningdek xar bir sugorishdan keyin tuprokning etilishiga karab namni saklab kolish maksadida tok kator oralarini uz vaktida yumshatish zarur.

Urugli mevali boglarga zararkunandalardan kaliforniya va binafsha rang kalkondorlar, olma kurti, gilofli va girdak kuyalari, meva kuyasi, nok shira burgasi, meva kanalari, bir kancha shira turlari va togoldi-tog mintakalarda kalmaraz ( parsha), un shudring kasalliklari ziyon etkazadi. Keyingi yillarda monilioz kasalligi xam keng tarkalmokda.

Bu zararkunandalarga karshi olma, nok va bexi daraxtlari kurtak yozguniga kadar 5 foizli №30 preparati (40—100 kg/ga) purkaladi. Uning urniga zolon (fozolon) yoki karbofos preparatlarining 0,5 foizligini kullasa xam buladi.

Danitol, Fufanon preparatlari (1,5—3 kg/ga) xam samaralidir. Nok shira burgasiga karshi nokzorlar gullash arafasida shu preparatlar bilan takror dorilanadi.

Olma va nokning parsha, bexining monilioz kasalliklarining yukumini yukotishda daraxtlar atrofini agdarib chopish samarali tadbir xisoblanadi. SHu davrda bordo suyukligining 3 foizligi (100 l suvga 3 kg miss kuporosi+3 kg sundirilmagan oxxak) sepiladi. Uning urniga temir kuporosi (100 l suvga 2—3 kg) yoki mis kuporosi (100 l suvga 0,5— 1 kg) ni xam sepish mumkin.

Bexi va boshka turdagi zararlangan meva daraxtlarida moniliozga karshi kurtaklar burtish arafasida daraxtlarni 3—4 foizli bordo suyukligi bilan jikka xullab yuvish zarur. Bunda 5 gradusli oxak+oltingugurt kaynatmasi (ISO) yoki 2—3 foizli temir kuporosi yoki 1 foizli mis kuporosini kullasa xam buladi.

Urik, shaftoli va olxuri daraxtlarining klyasterosporioz, barg bujmalokligi kasalliklariga karshi gul kurtaklari burta boshlagan davrda 3 foizli bordo suyukligi purkaladi. Guldan chikkach 1 foizli bordo suyukligi 1—2 marta sepiladi.

Tokzorlarda dogli antraknoz, oidium (kul), bakterial rak kasalliklarining oldini olish uchun kurtaklar burtgunga kadar 3—4 foizli bordo suyukligi purkalgani ma’kul. Utgan mavsumda oidium (kul) kasalligi keng tarkalgan tokzorlarda oxak+oltingugurt kaynatmasining 3—5 gradusligini kullasa xam yaxshi samara beradi.

Markaziy mintakada joylashgan viloyatlardagi sabzavotchilik fermer xujaliklarida piyoz, sabzi, rediska, kartoshkaning ertagi navlari xamda kukat sabzavotlar (ukrop, kashnich, petrushka va x.k.) uruglarini 10 martgacha ekish mumkin.

Aytish joizki, ertagi sabzavotlarning bir kismini plyonka ostida parvarishlansa, xosilni oddiy usulga nisbatan 15—20 kun barvakt yigib olish imkoni yaratiladi.

Asosiy ekinlardan biri — pomidor uruglarini dalaga tugridan-tugri mart oyining ikkinchi yarmida ekish mumkin. Bunda urug ekilgan uyalar usti kipik yoki chirindi bilan mulchalansa, nixol tez unib, yaxshi rivojlanadi. Ekish sxemasi 70x30 yoki 90x25 sm.

Mayda urugli sabzavotlardan piyoz, sabzi xamda kukat sabzavotlar uruglarini SON-2,8 rusumli seyalka yordamida lenta shaklida, kush katorlab (50+20 sm oralikda) yoki kulda sochma usulda ekish xam mumkin. Bu ekinlar urugini ekkandan sung egatlar usti ketma-ket chirigan gung yoki yogoch kipigi bilan mulchalansa, tez kunda va tulik unib chikishi uchun kulay sharoit (tuprokni kizdiradi va namlikni saklaydi) yaratiladi. Bundan tashkari xosilning pishish muddati tezlashadi.

Ertagi muddatda ekish uchun piyozning Istikbol, Zafar, Ispan—313, Koratol, Margilon uzunchok va sabzining Mshak—195, Nurli, Ziynatli, Barvka, Nantskaya kabi navlari tavsiya kilinadi.

Ertagi kartoshka ekishning makbul muddati: Surxondaryo va Kashkadaryoda 1 martgacha; Toshkent, Samarkand, Jizzax, Fargona vodiysi viloyatlarida 10 martgacha; Korakalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyatida 20 martgacha. Bunda ertapishar Agave, Sante, Granola, Zarafshon, Red Skarlet, urta ertapishar Alvara, Arinda, Beluga, Viktoriya, Draga, Kondor, Karlena, Latona, Marfona, Pikasso va boshka navlarning undirilgan (yarovizatsiya kilingan) tuganaklarni ekish kerak. Undirilgan tuganaklarni ekish undirilmagan tuganaklarga nisbatan xosildorlikni 12—15% oshirib, 10—15 kun oldin pishishiga imkon beradi.

Maxalliy kartoshka tuganaklarini undirishga ekishdan 30—35 kun, xorijdan keltirilgan urugliklarni esa 20—25 kun avval kuyish zarur. Undirish xonasida yoruglik va xarorat 18—220S atrofida bulishi maksadga muvofik.

Urugliklarni mayda-yirikligiga karab (40—60, 60—80, 80—100 ga) saralab, xonaning polida, sukchaklarda yoki 20—25 kg. li yashiklarda undirish mumkin. Uruglik sajalkada ekilsa, ularning nishlari 0,5—1 sm. dan oshmasligi zarur.

Kartoshka buzilgan bedapoya urniga yoki utgan yili karam, sabzi, piyoz, ayniksa poliz ekinlaridan bushagan maydonlarga ekilsa mul va sifatli xosil etishtirishga zamin yaratiladi, bozorlarimiz yanada tukin-sochin buladi.

Serkuyosh diyorimiz mintakalarining tuprok-iklimi bir-biridan keskin fark kiladi, shu bois xar xududning uz mashxur ekini mavjud. Masalan, kovunning «Gurvak» navi fakat Xorazm voxasi sharoitida eng mazali va yukori xosil bersa, Zarafshon vodiysi zaminida etishtirilgan «Buri kalla»ni esangiz ta’mi uta totli ekanligini tuyasiz. Kukon anjirlarining mazasi boshka xududlarda etishtirilgan anjirlardan tamoman uzgacha.

Bunday sharoitda bog‘ va tokzorlarni oziqlantirish, sug‘orish va hosilni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish tadbirlarini kuchaytirish zarur. Ayni kunlarda bog‘-rog‘lar qator oralarini kultivatsiya qilish, daraxt atrofini yumshatish, ildiz bachkilarini qirqib tashlash, yangi bog‘larni esa sug‘orish talab etiladi. Sug‘orilgandan keyin qator oralari 10–12 sm chuqurlikda yumshatilishi maqsadga muvofiq.

Tuproqni yumshatish bilan bir qatorda hosilli bog‘lar fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Bunda asosiy o‘g‘itlar me’yorining 50 foizi, ya’ni har 1 gektarga 125 kg ammofos, 65–70 kg fosforli va 40 kg kaliyli o‘g‘itlar solingani ma’qul.

YOsh toklar ikki marta sug‘orilib, qator oralari yumshatiladi. Bachki novdalardan qayta tiklangan tok tuplariga shakl beriladi. Sovuq urmagan novdalarni simbag‘azga bog‘lab, g‘ovlagan, ortiqcha va bachki novdalar kesib tashlanadi. Novdalar bir tekis rivojlanishi uchun simbag‘azlarga gorizontal yoki sal qiya qilib bog‘lanishi lozim.

Zanglar yo‘g‘onlashganda bog‘ichlar uzilib ketmasligi va novdalar simga ishqalanmasligi uchun ular pishiq bo‘lishiga e’tiborni qaratish kerak. Buning uchun bog‘ich simbag‘azlarga 8 raqami shaklida bog‘lanishi maqsadga muvofiq. Novdalar 50–60 sm uzunlikka etganda birinchi xomtok o‘tkaziladi. Ko‘k novdaning o‘sish kuchi va joylashishiga qarab ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi simga bog‘lanadi.

Tokda to‘pgullar paydo bo‘lishi bilan xomtok qilinadi. Novdada to‘pgul o‘rnida jingalaklarning borligi uning hosil qilmasligidan dalolat beradi. Bunday novdalarni erta xomtok qilish qo‘shimcha, ya’ni kelgusida hosil qiladigan novdalarning rivojlanishiga yordam beradi. Xomtokni erta gullaydigan navli maydonlardan boshlash zarur.

Tokning ko‘p yillik zanglaridan o‘sib chiqqan bachki novdalari birinchi navbatda olib tashlanadi. Bunda tokni shakllantirish va zangning o‘rnini bosish uchun kerakli bachki novdalar qoldiriladi. Agar tokda zararlanish yoki boshqa sabablarga ko‘ra novda kam bo‘lsa, bachki novdalarning bir qismi oziqlanish yuzasini oshirish uchun qoldiriladi.

Har bir nav uchun tupdagi hosildor va hosil qilmaydigan novdalar nisbati olinadigan hosil va novdaning o‘sish kuchi, shuningdek ekologik va agrotexnik sharoitini hisobga olgan holda belgilanadi. Masalan, sug‘oriladigan erlardagi kishmishbop navlarda har ikkita hosildor novdaga bir-ikkita hosilsiz novda qoldirish kerak. Lalmi tokzorlar qish-bahor davridagi yog‘ingarchilikni hisobga olgan holda xomtok qilinadi. Bir vaqtning o‘zida olinadigan hosil miqdori normallashtiriladi va har bir hosildor novdaga bitta hosil qilmaydigan novda qoldiriladi. O‘g‘ingarchilik kam bo‘lgan yillarda tokning juda kuchsizlanib ketishi oldini olish maqsadida to‘pgulli novdalarning uchdan bir qismini olib tashlash kerak.

Hosilli uzumzorlarda ham fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda asosiy me’yorning yarmidan ko‘prog‘i beriladi: ammofos 125 kg bo‘lsa, fosforli o‘g‘itlar ko‘proq, ya’ni 90 kg, kaliyli o‘g‘itlar 40–50 kg. Fosfor va kaliyli o‘g‘itlar nisbatan ko‘proq berilishi tok novdalarini to‘liq etilishiga, kasalliklarga chidamliligini oshirishga va mavsum oxirida novdalar pishib yanagi yil hosiliga puxta zamin yaratiladi.

Bog‘ va tokzordan mo‘l hosil etishtirishda mahalliy o‘g‘itlardan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Bunda har bir gektar bog‘ va tokzorlarga sug‘orish bilan birga 5–6 tonna go‘ng eritilib oqiziladi.

Bog‘-rog‘larni turli kasallik va zararkunandalardan asrash tadbirlarini o‘tkazishga katta e’tibor berish zarur. May oyida olma qurti, barg shiralari, nokning shira burgasi (medyanitsa) va tog‘oldi-tog‘ mintaqalarida kalmaraz (parsha), monilial kuyish kasalliklari rivojlana boshlaydi.

Respublikamizning shimoliy mintaqalari tog‘ va tog‘oldi sharoitlarida aprelning uchinchi o‘n kunligi va may oyining boshlarida olma qurti va nok shira burgasiga qarshi olma daraxti guldan chiqishi bilan darhol belgilangan preparatlarni purkash ishlarini amalga oshirish zarur. CHunonchi hosilli olma va nok bog‘larida quyidagi preparatlardan biri qo‘llaniladi: Karbofos yoki Benzofsofat (Zolon) (100 l suvga 200–300 g hisobida). Danitol 100 l suvga 100 g yoki Detsis va Sumi-alfa 50 g yoki Karate, Siraks 30–40 g yoki Fufanon 100 g yoki Talstar kimyoviy vositalarini 40 g hisobida qo‘llasa ham bo‘ladi. Parsha kasalligi ko‘payish xavfi bor joylardagi olma va nok daraxtlariga 1% li Bordo suyuqligi purkalgani ma’qul. Bunda Vektra yoki Topsin-M (100 l suvga 30–100 g) yoki Saprol (100 l suvga 100 g) ham yaxshi samara beradi.

O‘rik, shaftoli va olxo‘ri guldan chiqqach, klyasterosporioz, barg bujmayishi, un shudring kasalliklariga qarshi Bordo suyuqligining 1 %li eritmasi bilan hafta—o‘n kun oralatib 1–2 marta purkaladi.

Kul (oidium) kasalligining oldini olish maqsadida tokzorlarda gullagunga qadar 1–2 marta tuyilgan oltingugurt changlatiladi (1 gektarga 20–25 kg). Bu davrda Topaz 100 l suvga 50 g yoki Vektra 30 g solinib purkalsa ham bo‘ladi.

May oyining ikkinchi yarmida olma qurti va nok shira burgasiga qarshi purkash ishlari takrorlanadi. Bunda yuqorida ta’kidlangan preparatlar qo‘llaniladi. Behizorlarda monilioz kasalligiga qarshi 1% li Bordo suyuqligi bilan har 8–10 kunda purkash takrorlanadi. Bunda Vektra va Topsin preparatlarini ham qo‘llash yaxshi samara beradi.

Sohibkorlarimiz bu tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishsa, bog‘-rog‘larimiz turli kasallik va zararkunandalarga uchramay mo‘l hosil to‘plab, bog‘larning har gektaridan 70–100 ming, tokzorlardan esa 100–120 ming so‘mdan oshirib sof foyda olishlari mumkin

Bog‘bonu sohibkorlarimiz bog‘-rog‘lardan mo‘l va sifatli hosil olishlari uchun barcha agrotadbirlarni o‘z vaqtida va maromiga etkazib bajarishlari zarur. Bunda quyidagi agrotexnika tadbirlariga e’tibor qaratishni tavsiya etamiz. Bahor va yoz oylarida bog‘ qator oralari tuprog‘ining suv-havo tartibotini yaxshilash va begona o‘tlarni yo‘qotish uchun 10—12 sm chuqurlikda FA-76 freza bilan yumshatiladi.

Hosilga kirgan bog‘larda erni 2—3 yilda bir marotaba kuz oylarida yoki erta bahorda fosfor va kaliy o‘g‘itlarini gektariga R180 K90 kg solib, 45—50 sm chuqurlikda ag‘darmasdan haydab yumshatish kerak. Tuproq osti shag‘allikdan iborat bo‘lgan maydonlarda o‘g‘itlar miqdori 50% ko‘paytiriladi, azotli o‘g‘itlar uch marotaba: bahorda, iyun va iyul oylarida solinadi.

Bog‘bonlarimiz imkoni bo‘lsa mikroo‘g‘itlarni tuproqqa asosiy o‘g‘itlar bilan birgalikda bahorda gektariga ta’sir etuvchi modda hisobida: ruxli mikroo‘g‘itlar 3 yilda bir marotaba 3 kg, marganetsli 2 yilda bir marotaba 5 kg, borli mikroo‘g‘itlarni har yili 1,5—2 kg. dan solishlari maqsadga muvofiq.

Kompleks mineral o‘g‘itlar (ammofos, nitrofos va boshqalar) oddiy o‘g‘itlarga nisbatan bir qator agrokimyoviy, iqtisodiy afzalliklarga ega. Masalan, sug‘oriladigan hosildor tokzorlarda har yili bahorda toklar ochilgandan keyin gektariga 225 kg ammofos bilan birga 225 kg ammiakli selitra va 250 kg kaliy o‘g‘itlari yoki 455 kg nitrofos hisobida mineral o‘g‘itlar solinadi.

Mustahkam shoxlar shakllanishi, o‘sishi va hosil berishini tartibga solish, hosildorlik va meva sifatini yaxshilash uchun urug‘li hamda danakli meva daraxtlarini butash zarur. Har bir daraxt turiga o‘ziga xos shakl berish va butash talab qilinadi.

Danakli meva daraxtlari ko‘pincha bir yoshli shoxlarida meva tugadi. SHuning uchun shoxlar butalganda bir yillik novdalar soni ko‘payadi va agar u yorug‘da joylashgan bo‘lsa, meva shakllanishiga ko‘maklashadi.

Tokzorlarda bahor oyida kurtaklar bo‘rtmasdan oldin tuplar ochiladi. Dastlabki yilda yosh toklar bahorda kesiladi.

Zang va hosil olish uchun qoldirilgan novdalar tuplar ochilishi bilan simbag‘azlarga bog‘lanadi. Bu ish kurtaklar bo‘rtguncha tugallanishi kerak. Tuplar qator orasiga ishlov berishda mashinaning bemalol o‘tishi uchun zanglar birinchi sim sathigacha ko‘tariladiki, bunda hosil beruvchi va ko‘k novdalar rivojiga halaqit bermasligi zarur.

Tokning me’yorida o‘sishi va hosil berishi uchun tuproqqa bahor, yoz va kuzda ishlov berish zarur (suv-havo rejimini yaxshilash, begona o‘tlarni yo‘qotish va toklarni qishki sovuqlardan himoyalash uchun). Tuproqqa kuzda 25—30 sm chuqurlikda ishlov berish ko‘p miqdorda nam to‘planishi, begona o‘tlarning yo‘qolishiga yordam beradi.

Agar tokzorga kuzda ishlov berilmagan bo‘lsa, bahorda toklarni mexanizatsiya usulida yarim ochish bilan bir vaqtda er haydaladi. Toklar ochilgandan keyin qator oralaridagi tuproqni tekislash uchun kultivatsiya qilinadi yoki boronalanadi.

Bahor-yoz davomida yumshoq qatlam hosil qilish va begona o‘tlarni yo‘qotish uchun NYU-18 plugi o‘rnatilgan moslama bilan tok tupi atrofidagi tuproqqa ishlov beriladi.

Lalmi tokzorlarda tuproq bahorda chuqur yumshatiladi va vegetatsiya davomida 18—20 sm chuqurlikda yumshatib turiladi. Tokni parvarishlash ishlari MPV, NYU-18, UOM-50, pnevmatik tok ochgichlar yordamida bajariladi.

Bahorgi yomg‘irlardan, shuningdek har bir o‘sish davrida sug‘orishdan keyin tuproqning etilishiga qarab namni saqlab qolish maqsadida qator oralarini o‘z vaqtida va yuqori agrotexnika darajada yumshatish zarur.

Ko‘chatlarni bahorda kurtaklar yozilmasdan o‘tqazish maqsadga muvofiq. Ildizlar o‘tqazish vaqtida va ekilgandan keyin cyg‘opishgacha qurib qolmasligi uchun ular yangi go‘ng va loy aralashmasidan tayyorlangan suyuqlikka botirib olinadi.

Tok ko‘chatlarini o‘tqazishdan oldin uch qismida o‘sgan ildizlar qirqiladi. Past tomondagi ildizlar bir oz qisqartiriladi. Novdada 1—2, 2—3 ta ko‘zcha qoldirib ortiqchasi kesib tashlanadi.

Meva ko‘chatlari ham ekib bo‘lingandan keyin er ustki qismi novdalari uchdan bir qismi qoldirilib, kesib tashlanadi, bunda o‘rtada o‘sgan etakchi novda bir qarich uzunroq qoldiriladi.

2009—2010 yil qish mavsumi nisbatan iliq keldi. Bu qishlovchi zararkunanda va kasalliklar zaxiralarining ko‘p miqdorda saqlanib qolishiga imkon yaratdi. SHu bois bog‘ va tokzorlarda himoya tadbirlarini nihoyatda puxta olib borishimiz zarur.

Kaliforniya, gunafsha rang qalqondorlar, nok shira burgasi, kanalar va boshqa zararkunandalarning zaxiralariga qarshi olma, nok va behizorlarda erta bahorda daraxtlar kurtak yozgunga qadar 5%li (1 gektarga sarfi 40—100 kg) №30 preparati purkaladi. SHuningdek, Zolon (Fozolon) yoki Karbofos preparatlarini 0,5%ligini qo‘llasa ham bo‘ladi.

Danitol, Fufanon preparatlari (1 gektarga sarfi 1,5—3 kg) ham samaralidir. Nok shira burgasiga qarshi nokzorlar gullash arafasida shu preparatlar bilan takror dorilanadi.

Olma va nokning parsha, behining monilioz kasalliklariga qarshi erta bahorda kasallik yuqumini yo‘qotish maqsadida to‘kilgan barglar daraxt atrofini ag‘darib chopiladi. SHu davrda Bordo suyuqligining 3% li (100 l suvga 3 kg mis kuporosi+3 kg so‘ndirilmagan ohak) eritmasi sepiladi. SHuningdek, temir kuporosi (100 l suvga 2—3 kg) yoki mis kuporosi (100 l suvga 0,5—1 kg) sepiladi.

 Behi va boshqa turdagi zararlangan meva daraxtlarida moniliozga qarshi kurtaklar bo‘rtish arafasida daraxtlarni 3—4% li Bordo suyuqligi bilan jiqqa ho‘llab yuvish zarur. 5 gradusli ohak-oltingugurt qaynatmasi (ISO) yoki 2—3% li temir kuporosi yoki 1% mis kuporosini qo‘llasa ham bo‘ladi.

O‘rik, shaftoli va olxo‘ri daraxtlarini klyasterosporioz, barg bujmaloqligi kasalliklariga qarshi gul kurtaklari bo‘rta boshlagan davrda 3% li Bordo suyuqligi purkaladi. Guldan chiqqach 1% li Bordo suyuqligi 1—2 marta sepiladi. Danakli meva daraxtlarining tanasi oqlanadi.

Tokzorlarda dog‘li antraknoz, oidium (kul), bakterial rak kasalliklarining oldini olish uchun kurtaklar bo‘rtgunga qadar 3—4% li Bordo suyuqligi purkalgani ma’qul. O‘tgan mavsumda oidium (kul) kasalligi keng tarqalgan tokzorlarda ohak-oltingugurt qaynatmasining 3—5 gradusligini qo‘llasa ham yaxshi samara beradi.

Etishtirilgan xosilni uz vaktida yigishtirib olib, kishgacha uning butligini saklab, kishda esa yukori narxlarda eksport kilib va maxalliy bozorni tuldirish esa “» singari xujaliklarning vazifasidir.



UZUMCHILIK SOXASIGA OID

Kaspiy va Qora dengiz sohilida joylashgan, Kavkaz, o‘rta va kichik Osiyo - uzumchilik vatani deb xisoblanadi. Dunyo bo‘yicha uzumchilikni rivojlanishi quyidagidek:

uzumchilik maydoni mln.t.qayta ishlangan uzum

Ispaniyada  – 1,63; 5,34

Italiyada  – 1,1; 10,0

Fransiyada  – 1,06; 9,15

Turkiya  – 0,79;  3,74

AQSH  – 0,35; 5,58

YUgoslaviya  – 0,23; 5,58

Uzumni ischte’mol qilishda Italiya birinchi o‘rinda bo‘lib yiliga 1,5 mln.t. uzumni iste’mol qilishga sarflaydi, Tursiya esa – 0,8 mln.t., Gretsiya – 300 tonnagacha, Fransiya esa – 200 ming tonna. Europada etishtirilgan uzumni faqat 55%-i iste’mol qilinadi. Dunyo bo‘yicha odam boshiga 1,5 -2 kg uzum to‘gri keladi. Italiya va Bolgariyada bu raqam 10-20–ni tashkil etadi, Ispanii Vengriyada – 50-10kg, AQSH – 1kg uzum to‘gri keladi

O‘zbekistonda uzum etishtirish noxiyalarni ikki guruxga ajratish mumkun: shimoliy va janubiy noxiyalari.

SHimoliy noxiyasiga Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xorazm viloyatlari kiradi va bu viloyatlar iqlimi, etishtiriladigan uzum navlari sifatli engil, nordon sharoblar ishlab chiqarishga moslashgan.

Janubiy noxiyalarga Samarqand, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari kiradi. Issiq iqlim va qandliligi yuqori miqdorli uzum navlari markali, yuqori sifatli quvvatlangan, desert sharoblarni tayyorlashga imkon beradi.

O‘zbekistonda xo‘raki, kishmishbob va sharobbob uzum navlari etishtiriladi.



Toshkent viloyatida. Xo‘raki navlardan: Qora kishmish, Kitob surxogi, Pushti kishmish, Oq kishmish, Oq xusayni, Go‘zal qora, Qora janjal, Nimrang, Pushti toifi, Aleksandriya muskati, Oktyabrskiy, Parkati etishtiriladi.

SHarobbob navlardan: Pushti muskati, Kuljinskiy, (Go‘lja uzumi) Vengriya muskati, Aleatiko, Risling, Rkatsiteli, Sapaeravi, Qora mayskiy, Xindognы, Tarnov, Bayoni shirey (Bayan shirey), Morastel, Soyaki.



Sirdaryo viloyatida. Xo‘raki navlardan: Qora kishmish, Kitob surxogi, Pushti kishmish, Oq kishmish, Oq xusayni, Go‘zal qora, Nimrang, Aleksandriya muskati, Oktyabrskiy,


Yüklə 324,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə