«tasdiqlayman» 3-maktab o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari: A. N. Rabbimov


Yuz tuzilishi orqali identifikatsiyalash



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə8/10
tarix07.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#120412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 53-54-darslar AXBOROT XAVFSIZLIGI VA UNI TA’MINLASH.

Yuz tuzilishi orqali identifikatsiyalash

Yuzni identifikatsiya qilish usuli biometrik texnologiyalar orasida eng ko‘p tarqalgan va ommabop usul hisoblanadi. Bu usul odamni bezovta qilmaydi, chunki uning tan olinishi uzoqdan amalga oshiriladi (odam daxlsiz, harakat erkinligi cheklanmagan). Bu texnologiya, odatda, boshqa biometrik usullarga yordamchi usul sifatida ishlatiladi. Insonning yuz xususiyatlari uning tarixi, yoqtirgan va yoqtirmaganlari, kasalliklari, hissiy holati, atrofdagilarga bo‘lgan his-tuyg‘ulari va ularga nisbatan niyatlarini aytib berishi mumkin. Bularning barchasi, masalan, potensial jinoyatchilarni aniqlash uchun alohida qiziqish uyg‘otadi. Identifikatsiya paytida biometrik tizim yuz xususiyatlari (burun, lablar, qoshlar, ular orasidagi masofa, yuzning shakli va rangi, soch rangi va boshqalar) ni tavsiflovchi ma’lumotlarni avtomatik ravishda tanlaydi va qayta ishlaydi. Yuz kontrasti o‘zgaradigan joylarning koordinatalari muhim xususiyatlarga kiradi (qosh, ko‘z, burun, quloq, og‘iz va boshqalar). Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, identifikatorlarning raqamli modellari shakllantiriladi, so‘ngra ular bir-biri bilan taqqoslanadi. Hozirda berilayotgan chet el pasportlaridagi chiplarda pasport egasining raqamli fotosurati joy olgan.







Qo‘l (kaft) orqali identifikatsiyalash

Biometrikada tanib olish uchun qo‘lning o‘lchami va shakli, shuningdek, qo‘ldagi barmoq suyaklari burmalari, qon tomirlari “naqsh”lari, barmoqlar uzunligi, qalinligi va egriligi, qo‘lning umumiy tuzilishi, bo‘g‘inlar orasidagi masofa, kaftning kengligi va qalinligi kabi xususiyatlar qo‘llaniladi. Infraqizil kamera qo‘lning tashqi yoki ichki qismini suratga oladi. Tomirlarning shakli qondagi gemoglobin infraqizil nurlanishni yutishi tufayli hosil bo‘ladi. Natijada, aks ettirish darajasi pasayadi va kamerada tomirlar qora chiziqlar sifatida ko‘rinadi. Qabul qilingan ma’lumotlarga asoslangan maxsus dastur raqamli kodni yaratadi. Qo‘l bilan tanib olish skanerlari aeroport, bank, atom elektr stantsiyalari kabilarda o‘rnatiladi.










BU QIZIQ!
Shaxsni aniqlash uchun juda kichik, juda eski “genetik izlar” ham yetarli. Pochta markasining orqa tomonida qolgan bitta soch, terining kichik bo‘lagi, hatto tupuk zarralari jinoyatchi shaxsini aniqlash imkonini beradi. Genlar kombinatsiyasi o‘ziga xos bo‘lganligi sababli, har bir shaxsda DNK fragmentlarining “namunasi” alohida saqlanadi.






Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə