«tasdiqlayman» 3-maktab o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari: A. N. Rabbimov



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə3/10
tarix07.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#120412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 53-54-darslar AXBOROT XAVFSIZLIGI VA UNI TA’MINLASH.

Xavfsizlikxavfdan holi, turli hujum va baxtsiz hodisalar tufayli buzilishdan himoyalangan holat.



Bugungi kunda insonlar barcha xatti-harakatlari kompyuter texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liqligi sababli ham biz har doim axborot xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishimiz zarur. Eng muhim vazifalardan biri – bu davlat, harbiy, huquqiy va tibbiy sohalarga oid sirlarni, inson shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, ulardagi ma’lumotlarni, turli saytlarda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qo‘lga kiritilgan login va parollarni himoya qilishdir.


Siz xavf, tahdid, hujum, xavfsizlik kabi tushunchalarni eshitgandirsiz, lekin ularning axborotga nisbatan asl mohiyatini anglamagan bo‘lishingiz mumkin.


Bugungi kunda axborot xavfsizligi bilan bog‘liq tahdidlar kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflardan keladigan zararni kamaytirishga yo‘naltirilgan.


Xavflarni boshqarish 3 bosqichdan iborat:



  1. ehtimoli mavjud xavflarni aniqlash;

  2. xavfni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tanlash va qo‘llash;

  3. ikkala bosqichni tekshirish maqsadida tajribada xavfni amalga oshirish va xavf zararini baholash.

O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida axborot xavfsizligi axborot borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatishi ta’kidlangan.


Bunday nojo‘ya ta’sirlar axborot sohasidagi munosabatlarga, jumladan, axborot egalari, uning foydalanuvchilari hamda axborotni muhofaza qilishni qo‘llab-quvvatlovchi infrastrukturaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.





Bundan bir necha yil avval xavf faqat maxfiy (konfidensial) xabar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdangina iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi zamonaviy xavf esa kompyuter ma’lumotlari to‘plami, elektron ma’lumotlar, elektron resurslardan ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan foydalanishni tashkil etmoqda. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlanib bormoqda.







TAYANCH TUSHUNCHALAR

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə