«tasdiqlayman» 3-maktab o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosari: A. N. Rabbimov



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə2/10
tarix07.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#120412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
11 53-54-darslar AXBOROT XAVFSIZLIGI VA UNI TA’MINLASH.

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI


I. Tashkiliy qism:
1) Salomlashish.
2) Davomatni aniqlash.
3) Sinf jurnalini to’ldirish.


II. Takrorlash.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Infografika nima?
2. Infografikaning qanday turlari mavjud?
3. Infografika imkoniyatlarini sanab bering.
4. Infografikani yaratishning qanday prinsiplari mavjud?
5. Infografikani yaratishning bosqichlari qancha?


III. Mavzuni tushuntirish:

Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamalakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalarida joriy etishni, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqazo etmoqda. Kompyuter va axborot texnologiyalarining rivojlanishi, ularning hayotimiz har bir jabhasiga kirib borishi insonlarda axborotga bo‘lgan talabning ortishi hamda axborot muhimlik darajasining o‘sishiga olib kelmoqda. Natijada, axborotni qo‘lga kiritish bo‘yicha xatti-harakatlar miqdori ortib bormoqda.





Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan parallel ravishda kompyuter tizim va tarmoqlari buzg‘unchi, yomon niyatli shaxslar qurboniga aylanmoqda. Qasddan qilingan bunday tahdidlardan tashqari, bilmasdan qilingan (yo‘l qo‘yilgan) xatti-harakat (xatolik)lar ham kerakli ma’lumotning yo‘qolishi yoki buzilishiga sabab bo‘lmoqda.







TAYANCH TUSHUNCHALAR
Xavf – nojo‘ya harakat yuz berishi ehtimolligi, ya’ni bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko‘ngilsiz hodisa.
Tahdid – mavjud xafv natijasida yuz berishi mumkin bо‘lgan hujum turi. U, asosan, tizim kamchiliklarini о‘rganish natijasida kelib chiqadi.
Hujum – buzg‘unchining qandaydir maqsad yo‘lida mavjud himoyalash tizimlarini buzishga qaratilgan harakati. Bunda kutilgan tahdid amalga oshiriladi.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə