«Tasdiqlayman» «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudiri


Ma`ruza va seminar mavzusi: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: SHarq falsafasi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə2/62
tarix11.01.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#82792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
«Tasdiqlayman» «Ijtimoiy fanlar» kafedrasi mudiri

Ma`ruza va seminar mavzusi: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: SHarq falsafasi

1. XX asrda O`zbekistonda falsafiy fikrlarning rivojlanishi nimalar bilan bog`liq?

*A) to`g`ridan-to`g`ri O`zbekiston jamiyati: a) Chor Rossiyasi tarkibidagi, b) SSSR tarkibidagi va v) mustaqil O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog`liq.

B) to`g`ridan-to`g`ri O`zbekiston jamiyati: a) SSSR tarkibidagi va b) mustaqil O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog`liq.

C) Mustaqillikka erishgandan so`ng qadriyatlarning qayta tiklanishi bilan bog`liq

D) Ma`naviyat masalalarining davlat siyosatida ustuvor ahamiyatga ega bo`lganligi bilan

2. Falsafaning tarixiy rivojlanishidagi barcha mintaqalar uchun umumiy bosqich qanday nomlanadi?

A) Ibtidoiy davr

*B) Predfilosofiya (falsafa oldi)

C) Sinkretik davr

D) Primitiv davr

3. Peripatetizm nima?

A) rasmiy katolikchilik va o`rta asr sxolastikasi

B) rasmiy katolikchilik va o`rta asr sxolastikasiga muxolifatda bo`lgan «lotincha averroizm»

*C) Al-Kindiy, Al-Forobiy, Ibn Sino, Ibn Tufayl, Ibn Rushd va boshqalar tomonidan yo`nalish berilgan arab tilidagi falsafa arab yoki SHarq arastuchiligi

D) Qadimgi Rimda taraqqiy topgan falsafiy ta`limot

4. Animatizm nima?

A) hayvonlar, o`simliklar yoki boshqa ashyolar bilan sirli qarindoshchilikka ishonish

B) atrofni o`rab turgan dunyo va insonlarga ta`sir o`tkazishga qodir bo`lgan ruhlar va arvohlarga ishonish

C) dunyodagi hamma narsalarning jonli ekanligiga ishonish

*D) tabiatni jonli ekanligiga ishonish

5. Gilozoizm nima?

*A) dunyodagi hamma narsalarning jonli ekanligiga ishonish

B) tabiatni jonli ekanligiga ishonish

C) atrofni o`rab turgan dunyo va insonlarga ta`sir o`tkazishga qodir bo`lgan ruhlar va arvohlarga ishonish

D) hayvonlar, o`simliklar yoki boshqa ashyolar bilan sirli qarindoshchilikka ishonish

6. Animizm nima?

A) tabiatni jonli ekanligiga ishonish

*B) atrofni o`rab turgan dunyo va insonlarga ta`sir o`tkazishga qodir bo`lgan ruhlar va arvohlarga ishonish

C) dunyodagi hamma narsalarning jonli ekanligiga ishonish

D) hayvonlar, o`simliklar yoki boshqa ashyolar bilan sirli qarindoshchilikka ishonish

7. Avesto bo`yicha birinchi odam Yimadan odamlarning qanday gunohi uchun ziyonkor ruh Anxra Maynyu ularga sovuq va qor yubordi?

A) ular ta`qiqlangan meva – olmani eb qo`ydilar

B) ular bir-birini o`ldirib qo`ydilar

*C) ular ta`qiqlangan mol go`shtini eb qo`ydilar

D) ular Axura Mazdaning belgilab bergan qoidalarini buzganlar

8. Qaysig`oyalari uchin Zardushtga jamiyat tepasida turganlar qarshi chiqgan va u qonundantashqari deb e`lon qilingan, jamiyatdan haydalgan, uning mol-mulki musodara qilingan?

A) Ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu amal g`oyasi uchun

B) Tabiatga, ayniqsa ba`zi hayvonatlarga munosabat haqidagi g`oyalari uchun

C) Dafn marosimiga bog`liq g`oyalari uchun

*D) Aynan qishloq xo`jaligi sohasidagi islohotlar g`oyasi uchun

9. Qaysi milliy dinlarda jannat va do`zox to`g`risida ta`limot mavjud?

*A) Zardshtiylik, yahudiylik

B) Yahudiylik

C) Zardshtiylik

D) Hinduizm

10. Vedalar qanday manba?

A)Dunyoning kelib chiqishi va paydo bo`lishi to`g`risidagi qadimgi hind falsafiy manbasi

*B) Oriy qabilalarining ibtidoiy dunyoqarashlari, diniy-afsonaviy majmua va jodugarlikni aks ettirgan manba

C) Hayot charxi (sansara) haqidagi qoida va qilmishiga yarasha mukofot qonuni (karma) to`g`risidagi manbadir

*D) Braxmanlarning asosiy rituallari bo`yicha amaliy qo`llanmadir

11. Falsafa taraqqiyoti nuqtai nazaridan Xitoy falsafasining eng muhim manbaini ko`rsating.

A) Tarix kitobi (er.ol. 1-nchi mingyillikning boshlari)

B) Tartib kitobi (er.ol. IV-I asrlar)

*C) O`zgarishlar kitobi (er.ol. XII-VI asrlar)

D) Ashulalar kitobi (er. oldingi XI-VI asrlar), Bahor va kuz kitobi (er.ol. VII-IV asrlar) axloqiy va rasmiy - adabiy masalalarni hal

12. «Kirin o`zida besh birlamchi unsurlar bo`lgan suv, olov, daraxt, metall va tuproqni mujassamlashtirgan bo`lib, tinchlik, shodlik, to`g`rilik va soflik ramzidir» - bu qaysi falsafaga taalluqli?

A) Xitoy falsafasiga

B) Buddizm falsafasiga

C) Yapon falsafasiga

*D) Koreys falsafasiga

13. Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o`rtalarida Hindistonda Vedalar mafkurasidan holi bo`lgan va insonning jamiyatdagi o`rni masalasiga yangicha yondashadigan ta`limotlarning qaysi biri umumhind ahamiyatiga ega bo`lgan edi?

*A) Jaynizm, buddaviylik

B) Yoga. Lokayata

C) Sankx`ya, vaysheshika

D) Lokayata, buddizm

14. Quyidagi uchta omil - ma`rifat (pradjna), xulq-atvor (shila) va diqqat-e`tibor samadxi yoki razm solish – Qadimgi Hindistonning qaysi falsafiy ta`limotiga taalluqlidir?

A) Jaynizm

*B) Buddaviylik

C) Braxmanlik

D) Vaysheshika

15. Buddaviylik ta`limotiga ko`ra, azob-uqubatning sababi – bu:

A) Inson tabiyatining ajralmas xususiyati

B) Insonning nafsi

*C) Quvonch va ehtiroslar orqali o`zgarishlarga, qayta tug`ilishga olib boruvchi ishtiyoq (trshna)dir

D) Har bir insonning karmasi

16. Quyidagi fikrlar qaysi ta`limotni tavsiflaydi: «o`zgaruvchanlik haqidagi ta`limot, ya`ni umumiy beqarorlik, ashyolar tabiatining o`tkinchiligi haqidagi nazariya-barcha mavjud narsalar muayyan sharoitlarga ko`ra paydo bo`ladi, ularning yo`qolishi bilan barham topadi, barcha narsaning ibtidosi va intihosi bor»

A) Moizm, legizm

B) Braxmanlik, vaysheshika

C) Konfutsiylik, daosizm

*D) Jaynizm, buddaviylik

17. Qadimgi Hindistonning moddiyuncha falsafiy maktabini ko`rsating

*A) Lokayata

B) Vedanta

C) N`yaya

D) yoga


18. Qadim Xitoyning axloqiy qoidalar va ijtimoiy boshqaruv masalalariga diqqat-e`tiborni qaratadigan falsafiy ta`limoti qaysisi?

A) Daosizm

*B) Konfutsiychilik

C) Moizm


D) legizm

19. Konfutsiychilik uchun eng mukammal namuna - bu

A) Xalq an`analari

B) Tarix


*C) O`tmish

D) Itoatkorlik

20. Konfutsiychilikning asosiy axloqiy-siyosiy qoidalarini ko`rsating: 1) «xalqni shafqat bilan boshqarish va xalq ichiga xulq-atvor qoidalari yordamida tartibnijoriy qilish»; 2) «osmon irodasidan qo`rqish» va «o`lganlar ruhini hurmat bilan yodga olish»; 3) «tug`ma bilimlarga ega bo`lganlar» (mukammal donishmandlar) va «o`qish-o`rganishnatijasida bilimga ega bo`lganlar»; 4) «Oltin o`rtamiyonalik yo`li», «ikki qarama-qarshi qirrani qo`lda ushlab, ammo xalq uchuno`rtachasidan foydalanish»; 5) «o`zingga ravo ko`rmagan narsani, boshqaodamlarga ham ravo ko`rma».

A) 2, 3, 4, 5

B) 1, 2, 5

C) 1, 2, 4, 5

*D) 1, 2, 3, 4, 5

21. Konfutsiychilik ta`limotida jamiyatdagi qanday besh munosabatlar haqidagi aqida mavjud?

*A) shoh va fuqaro o`rtasidagi munosabat, ota-onalar bilan bolalar, er bilan xotin, katta va kichik yoshdagi aka-ukalar, do`stlar orasidagi munosabat

B) Onalar va qizlar, otalar va ug`illar, er bilan xotin, katta va kichik yoshdagi aka-ukalar, do`stlar orasidagi munosabat

C) ota-onalar bilan bolalar, er bilan xotin, katta va kichik yoshdagi aka-ukalar, katta va kichik yoshdagi opalarva singillar, do`stlar orasidagi munosabat

D) shoh va fuqaro o`rtasidagi munosabat, shoh va amaldorlar o`rtasidagi munosabat, ota-onalar bilan bolalar, er bilan xotin, do`stlar orasidagi munosabat

22. Qadimgi Xitoy falsafiy ta`limotlarining qaysi birining diqqat markazida tabiat, koinot va inson turadi va bu ibtidolar mantiqiy-aqliy yo`l bilan emas, balki mavjudlik tabiatiga to`g`ridan-to`g`ri kirib borish yordamida bilib olinadi. Dunyo hech qanday sabablarsiz doimiy harakat va o`zgarishda bo`lib, rivojlanadi, yashaydi va sirtqi ta`sir natijasida emas, balki ichki sabab natijasida vujudga kelgan.

A) Konfutsiylik

*B) Daosizm

C)Moizm


D) Ismlar maktabi

23. Asoschisi yoki payg`ambari, biror-bir diniy aqida imon sifatida va diniy axloq mavjud bo`lmagan ta`limot -

A) Paternalizm

B) buddizm

*C) sintoizm

D) legizm

24. Kushon imperiyasida qanday holat mavjud bo`lgan: 1) buddaviylik, jaynizm, zardushtiylik, maxalliy va qabilaviy diniy e`tiqodlarning bir-birlari bilan tinch yashagan; 2) Markaziy Osiyo va Uzoq Sharq mamlakatlariga yoyilgan Mohayana shaklidagi buddaviylik alohida rivojlangan; 3)buddaviylikning yoyilishi mahalliy diniy e`tiqodlar vaan`analarning yo`q qilib yoki yutib yuborilganini anglatmaydi.

A) 1, 2


B) 1, 3

C) 2, 3


*D) 1, 2, 3

25. Eramizning II-III asrlarida quldorlik tuzumi o`zining inqiroz va buzilish bosqichida ushbu inqirozning g`oyaviy ifodasi sifatida payda bo`lgan oqimni ko`rsating:

*A) Moniylik

B) Mazdakizm

C) Zardushtiylik

D) Lokayata

26. Markaziy Osiyo va Eronda feodalizmning rivojlanib borishi va dehqonlar hayotining og`irlashishi tabaqalar o`rtasidagi qarama-qarshilikni kuchayishi, urushlar, tabiiy ofatlar, qahatchilik bu jarayonni chukurlashtirishi, dehqonlarning feodal hukmdorlardan noroziligi oshib borishi ifodasi sifatida vujudga kelgan diniy- falsafiy oqim - bu:

A)Zardushtiylik

*B) Mazdakizm

C) Moniylik

D) Lokayata

27. Qaysi g`oyalari oddiy xalq o`rtasida Mazdakning dong chiqarishiga olib keldi?

A) Xayr bilan sharr o`rtasidagi kurash xayrning g`alabasi va sharrning (yomonlik) kuch ishlatish orqali yo`q qilish bilan xotima topadi.

B) Mazdakiylik harakatining boshida shoh Qubod I bir tomonlama kuchayib borayotgan feodallar va zardushtiylik kohinlariga qarshi kurashda o`z hokimiyatini mustahkamlash manfaatlaridan kelib chiqib, undan foydalanishga urinishi

*C) Mazdakchilarning ijtimoiy dasturidagi keskin talablar: barcha odamlarning teng huquqligi, iste`molda tenglik, barcha mulklarning va avvalo erning umum ixtiyorida bo`lishi.

D) Tabiat uch unsur: suv, olov va tuproqdan tashkil topgan bo`lib, ularning ko`shilishidan ijobiy va salbiy hodisalar kelib chiqadi degan g`oyasi

28. Mulkiy va ijtimoiy tengsizlikni (jumladan, qullikni) Qur`on nima deb hisoblaydi?

A) Alloh tomonidan o`rnatilgan tartibning buzilishi

B) Bu to`g`risida Qur`onda so`z qilinmagan

C) Insonlarning nafs va kibru-havoga berilishi natijasi

*D) Alloh tomonidan o`rnatilgan tartib

29. Qur`on va Muhammad (s.a.v.) payg`ambar hadislari amriga ko`ra, insonlar o`rtasida haqiqiy

va adolatli munosabatlar o`rnatishning asosiy va zaruriy sharti – bu:

*A) Tinchlik

B) Mehir-muruvvat

C) Iymon


D) siyosat

30. Islom odamlar orasida qandaydir majhul va mutlaq tenglikni emas, balki hayotning barcha muhim sohalarida, ya`ni ijtimoiy foydali mehnat, ta`lim-tarbiya olish, ijtimoiy himoyalanish, tibbiy

yordamdan foydalanish va boshqa ijtimoiy xizmatlar bo`yicha barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishni ko`zda tutadi, bu -

A) Ijtimoiy muhofaza

*B) Ijtimoiy adolat

C) Teng huquqlilik

D) Ijtimoiy siyosat

31. SHialikdagi asosiy masala -

A) Tavhid (yakkaxudolik)

B) adl (adolatlilik)

*C) imomat (imomlar hokimiyati)

D) nubuvvat (payg`ambarlik)

32. «Agar Xudoning o`zi tomonidan taqdirda belgilab qo`yilgan bo`lsa, inson qanday qilib o`zining gunohli hatti-harakatlariga javob beradi? Agar xudo yomonlik manbai bo`la olmaydigan bo`lsa, u qanday qilib insonning gunohli ishlarini oldindan belgilab qo`yadi? Insonning o`z ishlari uchun javobgarligi, uning o`z hatti-harakatlarida iroda erkinligiga egaligini ko`rsatmaydimi, va gunohli ishlar xudo tomonidan belgilab qo`yilishi mumkin emasmi?» degan masala bo`yicha bahslar VII-IX asrlar davomida kimlar o`rtasida olib borilgan edi?

A) Xavorij va xanifiylar

B) Sunniylar va shialar

C) Ismoiliylar va qarmatlar

*D) Jabariylar va qadariylar

33. Barcha mu`taziliylar uchun umumiy birday narsa deb hisoblanadigan mezon sifatidagi beshta

asosiy qoida (usul)ni ko`rsating: 1. YAkkaxudolik (tavhid) , 2. Adolat (adl), 3. Va`da va qo`rqitish (al-va`d va-l-va`id), 4. O`rtacha holat (al-manzila bayna-l-manzilatayn), 5. Buyruqlar va ta`qiqlar (al-amr va-l-ma`ruf va-n-naxi`an al-munkar). 6. «Kalom».

*A) 1, 2, 3, 4, 5

B) 1, 2, 3, 4, 5, 6

C) 1, 2, 3, 4

D) 1, 2, 3, 6

34. Mu`tazila ta`limotining asoschisi kim?

A) Hasan al-Basriy

*B) Vosil ibn Ato

C) Abul Hasan al-Ashariy

D) Abu Mansur al-Moturidiy

35. Ushbu ta`limotga «Kasb» nazariyasi taalluqli ediki, unga binoan qazo (qaror, hukm) Xudoning abadiy va umumiy irodasi bo`lib, qadar (hokimiyat, iroda) esa, Xudoning qarorini dunyo hodisalariga qisman qo`llanilishi edi. Inson ushbu ayrim olingan qarorni faqat o`zinikidek «kasb etadi» yoki«o`zlashtiradi». Bu nazariyaga muvofiq hatti-harakat Xudo tomonidan yaratiladi, ammo iroda erkinligiga ega bo`lgan inson tomonidan kasb etiladi va bajariladi. So`z qaysi nazariya to`g`risida bormoqda?

A) Qadariya

A) Qarmatlik

*C) Kalam

D) Jabariya

36. «Anal haq» («men-haqiqat», «Men Xudo») shiorini o`rtaga tashlab, shuni isbotlashga uringan va bid`atchi sifatida Bag`dodda pora-pora qilinib, o`tda yoqilgan sufiy kim edi?

A) Al-Bistomiy

B) Abu Bakr Roziy

C) Abu Yusuf ibn Ishoq al-Kindiy

*D) Husayn ibn Mansur Halloj

37. Bu islom doirasidagi alohida sirli, diniy-falsafiy dunyoqarash bo`lib, uning vakillarining fikricha, inson o`zining shaxsiy ruhiy tajribasi vositasida xudo bilan bevosita ruhiy aloqa (mushohada yoki qo`shilish) o`rnata oladi. Bunga jazava (ekstaz) yoki ichki porlash (ozarenie) yo`li bilan erishish mumkinki, dil porlashi yuragida xudoga nisbatan muhabbati bo`lgan va shu ishq bilan Xudo «yo`li» dan borayotgan insonga osmondan tushiriladi. Bu qaysi ta`limot?

*A) Tasavvuf

B) Mujohada

C) Kalom


D) Muta`zila

38. Xorazmiyning asosiy kashfiyoti algoritmning mohiyati nima?

A) Matematik tenglamalarni echimi

B) U barcha matematik tenglamalarni echishning umumiy vositasidir.

C) Informatikaning ilk unsuri

*D) Kibernetika uslubi

39. «O`zlarining sababiy bog`lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko`rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o`zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o`zining bor bo`lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo`lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi» - ushbu mulohazalar qaysi faylasufning ta`limotiga taalluqli?

A) Aristotel`

B) Platon

*C) Forobiy

D) Ar-Roziy

40. Forobiyning fanlar tasnifida qanday guruhlar o`rin olgan: 1. Etti bo`limdan iborat til haqidagi fan, 2. Mantiq, 3. Etti mustaqil fanga bo`linadigan riyoziyot, ya`ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og`irliklar haqidagi fan va mexanika, 4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika, 5. SHaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huquqshunoslik va kalom.

A) 1, 3, 4, 5

B) 1, 2, 3, 4

C) 1, 3, 4

*D) 1, 2. 3, 4, 5

41. «Al-Mantiqiy» laqabini olgan faylasuf kim edi?

*A) Forobiy

B) Aristotel`

C) Al-Kindiy

D) Ibn Sino

42. «Kamolotning yuqori cho`qqisiga erishgan jamiyatlarda kasb-hunarni ozodona tanlash imkoniyati bor. Bu erda yakkahokimlik yo`q bo`lib, haqiqiy ozodlik va tenghuquqlik hukmronlik qiladi. Bunday shaharlarning aholisi o`z boshlig`ini saylaydi, ammo uni har qachon hokimiyatdan mahrum qilishi ham mumkin. Bunday shaharlarning boshliqlari o`z faoliyatlarida adolatlilik, teng huquqlik va umumiy farovonlik qoidasidan kelib chiqadilar. Boshliq – bu o`ziga xos muallim bo`lib, o`z o`quvchilarini bilim olishga va baxt-saodatga erishish yo`llarini o`zlashtirishga o`rgatadi. Ammo barcha talablarni bir kishida mujassamlashtirish qiyin, shuning uchun guruh tomonidan bo`ladigan boshqaruvni tashkil etish mumkin. Bunday holatda jamiyatning har bir a`zosi ushbu xususiyatlardan birortasini

mujassamlashtirmog`i lozim bo`ladi» . Ushbu mulohazalar qaysi faylasufning ta`limotiga xos?

A) Beruniy

*B) Forobiy

C) Ibn Sino

D) Zamaxshariy

43. Quyidagi fanlar tasnifi qaysi faylasufga tegishli: I. «SHariat» fanlari va ular bilan bog`langan «arabcha» fanlar: 1. Fiqh, ya`ni musulmon huquqshunosligi, 2. Kalom, 3. Sarf va nahv (grammatika), 4. SHe`riyat, 5. Voqeanoma (xronologiya) haqidagi fan; II. «Arabcha bo`lmagan fanlar» («yunon» va «boshqa xalqlar»): 1. Nazariy falsafa, 2. Amaliy falsafa: axloqshunoslik, uy xo`jaligi (uy-ro`zg`orni boshqarish), siyosat (shaharni, davlatni boshqarish), 3. Metafizika, 4. Riyoziyot fanlari (arifmetika, geometriya (handasa), astronomiya, musiqa haqida ilm), 5. Tabiatshunoslik fanlari (tabobat, meteorologiya, mineralogiya, alximiya, mexanika), 6. Mantiq?

A) Beruniy

B) Forobiy

*C) Xorazmiy

D) Ibn Sino

44. Atomistik ta`limot tarafdori bo`lgan `eruniy -

A) Bo`shliqni e`tirof etdi

B) Bo`shliq to`g`risida so`z yuritmagan

C) Bo`shliqni barcha narsaning ibtidosi deb hisoblagan

*D) Bo`shliqni rad etdi

45. Dunyoni Xudo yaratgan, lekin u tabiat va jamiyat hayotiga aralashmaydi, deyuvchi diniy-falsafiy oqim – bu:

*A) deizm

B) panteizm

C) dualizm

D) plyuralizm

46. Falsafaga yo`l borliqni chuqur tushunib etishga imkon beradigan tabiatshunoslik fanlari orqali o`tadi deb hisoblagan mutafakkir kim?

A) Ibn Sino

*B) Beruniy

C) Forobiy

D) Xorezmiy

47. HHarakatga ushbu tavsif kim tomonidan berilgan: «Qandaydir ashyoning har qanday holati va harakati, imkoniyatda shunday qandaydir ashyo bo`lganligi sababidan harakat deb ataladi»?

A) Beruniy

B) Forobiy

*C) Ibn Sino

D) Ar-Roziy

48. Axloqiy-nasixatomuz asarlarni ko`rsating: 1. «Qutadg`u bilig», 2. «Kitob al-adab al-kabir», 3. «Baxt to`g`risida risola», 4. «Qobusnoma», 5. «Qalbshunoslik», 6. «Xibatul-xakayiq»

A) 1, 2, 3, 4, 6

B) 1, 4, 6

C) 1, 2, 3, 4, 5, 6

*D) 1, 2, 4, 6

49. YAgona maqsadni ko`zlab jamiyatning barcha tabaqalarini og`a-inilar sifatida murosaga keltirish va ana shu negizda odil, gullab yashnaydigan jamiyat barpo etish qaysi mutafakkirning axloqiy qarashlarini tashkil etadi?

*A) YUsuf Xos Hojib

B) Ahmad YUgnakiy

C) Kaykavus

D) Abdulla Avloniy

50. O`zi to`g`risida «Men hamma narsani: ikkilanishlarni, shak-shubhalarni, inkor etishlarni, e`tiqodsizlikni o`z boshimdan o`tkazdim; haqiqatni tasavvufda topdim», deb yozgan qaysi mutafakkir edi?

A) Umar Hayyom

*B) Abu Homid ibn Muhammad G`azzoliy

C) Ahmad YAssaaviy

D) Alisher Navoiy

51. G`azzoliy falsafa va diniy ta`limotlarning barcha vakillarini qanday to`rt toifaga bo`ldi: 1) mutakallimlar; 2) botiniylar; 3) faylasuflar; 4) so`fiylar; 5) oriflar.

A) 1, 2, 3, 4

B) 2, 3, 4, 5

*C) 1, 2, 3, 4, 5

D) 1, 3, 4, 5

52. Kimlarning ta`limotlariga qarshi chiqib, G`azzoliy ularning «adashganliklari»ni yigirmata qoidada deb bildiki, ulardan uchtasi dinga butunlay qarshi, qolgan o`n ettitasi – «bid`at», deb tan olinishi kerak edi. Dinga butunlay qarama-qarshi bo`lgan uch qoidaga u quyidagilarni kiritdi: 1) badan o`limdan keyin tirilmaydi, mukofot va jazo ruhiy bo`lib, jismoniy xususiyatga ega emas; 2) Haqtu Alloh alohida ayrim olingan narsalar haqida emas, balki umumiy narsalar haqida bilimga ega; 3) dunyoning abadiyligi va o`lmasligi haqidagi fikr.

A) Umar Hayyomning

B) Platon, So`qrot qarashlariga

C) Tasavvuf ta`limoti vakillarining

*D) Arastu va uning Forobiy va Ibn Sino siymosidagi izdoshlarining

53. Umar Hayyomning «Borliq va majburiyat haqida risola»sida qanday masalalar muhokama qilingan?

*A) Xudo bormiyoki yo`qmi, uning payg`ambariga ergashish lozimmi yoki yo`qmi degan masalalar

B) Determinizm masalalari

C) Borliqdagi barcha narsalarning ilk sabablari masalalari

D) Rivojlanish qonuniyatlari masalalari

54. Ibn Sino falsafasining eng muhim unsurlaridan biri bo`lgan determinizmdan yuz ugurgan SHarq mutafakkiri kim edi?

A) Beruniy

*B) Umar Hayyom

C) G`azzoliy

D) Ar-Raziy

55. Qaysi ta`limot nuqtai nazaridan, yurak (qalb) dunyoda Xudoni sig`dirishga qodir bo`lgan yagona mohiyat hisoblanadi?

A) Qadariya

B) «Sof og`aynilar»

*C) Tasavvuf

D) Ismoiliya

56. Quyidagi fikr kimga taalluqli: «inson kichik olam (mikrokosm) bo`lib, o`zida katta olam (makrokosm)da nima bo`lsa, hammasiga ega va, demak, u o`zida «shafqatli, rahmdil Alloh»ning sifatlarini istisno qilganda, ilohiy xususiyatlarni ham mujassamlashtira olishi mumkin»?

A) Sayfiddin Boxarziy

B) Ahmad YAssaviy

C) Bahovuddin Naqshbandiy

*D) Najmiddin Qubro

57. U vafotidan keyin muqaddas shaxs hisoblanib, Xudo oldida vositachi, karomat ko`rsatuvchi va Buxoroning homiysi sifatlariga ega bo`ldi. Qabri ustiga o`rnatilgan maqbara ziyorat qilinadigan joyga aylandi. U kim?

*A) Bahovuddin Naqshbandiy

B) Najmiddin Qubro

C) Ahmad YAssaviy

D) Al-G`ijduvoniy

58. Ruhiy poklik, manfaatparastlikdan yuz o`girish, ko`ngilli ravishda faqirlikda yashash, hokimiyat vakillari bilan hech qanday aloqada bo`lmaslik va honaqohda yashash – qaysi tariqatning asosiy talablari edi

A) YAssaviya

*B) Naqshbandiya

C) Qubroviya

D) Malomatiya

59. Qaysi nomdagi asarni Ibn Sino va Ibn Tufayl ijodida uchratishimiz mumkin?

A) «Raddiyani rad etish»

B) «Mantiqqa oid asarlar»

*C) «Risolaye Hay ibn Yaqzon»

D) «Zamon muammosi»

60. Kimning fikricha, moddiy va faol aql insonda «ilm-fan taraqqiyoti, fanlarning yanada yuqoriroq darajalarga ko`tarilishi» natijasida birlashadi. Aql tufayli inson «moddiylikdan abadiy mavjudlikka ko`tariladi»?\

A) Ibn Bajja

B) Ibn Tufayl

C) Ibn Sino

*D) Ibn Rushd

61. Qaysi mutafakkirlar Amir Temur va temuriylar davrida ijod qilgan?

*A) Sa`duddin Taftazoniy, Mir Sayyid SHarif Jurjoniy

B) Ibn Tufayl, Ibn Rushd

C) Ahmad YUgnakiy, YUsuf Xos Hojib

D) Ibn Sino, BeruniyB)




Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə