«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Namlikni elektron nam o’lchagichlarda aniqlash



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə196/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Namlikni elektron nam o’lchagichlarda aniqlash. Don namli-gini aniqlashda zamonaviy elektron o’lchagichlardan foydalanish boshqa qolgan usullar oldida juda ko’p afzalliklarga ega. Birin-chidan elektron asboblar don namligini aniqlashga ketadigan vaqtni keskin qisqartirish imkonini beradi, bu don tayyorlash davrida juda zarurdir, ikkinchidan, elektron nam o’lchagichlarning tuzilishi nisbatan oddiy bo’lib, ularda ishlash uchun maxsus ixtisoslashti-rishni talab qilmaydi, uchinchidan, elektr namlik o’lchagichlar yordamida masofada turib namlikni o’lchash, namlikni avtomatik ravishda nazorat qilish va boshqarib borish mumkin (33-rasm).

Namlikni VE-2M nam o’lchagichida aniqlash. Bu asbobda nam-likni aniqlash doimiy tok zanjirida donni zichlangan holatida don namunasini elektr o’tkazuvchanligini o’lchashga asoslangan. Ma’lumki, don kolloidlardan (oqsil, kraxmal, kletchatka) tashkil topgan bo’lib, u quruq holida elektr tokini yomon o’tkzadi.
10.2.-rasm. Don namligini aniqlaydigan zamonaviy elektron asboblar
Dondagi gigroskopik suvning mavjudligi uning elektr o’tkazuvchanligini oshiradi. Shunda don namligini va uning elektr o’tkazuvchanligi o’rtasida bog’liqligi aniqlanadi. Donni zichlangan namunasining elektr qarshiligi magnit-ellektrik ommetr yorda-mida o’lchanadi, so’ngra uning ko’rsatkichlari namligini foizda maxsus jadvallarga tushiriladi.
Elektr o’tkazuvchanlik nafaqat dondagi suv miqdori, balki uning kimyoviy tarkibi, harorati, tok zanjiridagi elektr kuchlani-shiga, shuningdek, namunani elektrodlar o’rtasida yozilish daraja-siga bog’liqdir. Elektr o’lchagichlarda donning namligini aniqlash-da bu omillarni hisobga olish kerak.
VE-2M nam o’lchagichi turli ekinlarning donlari namligini (bug’doy, arpa, tariq, javdar, makkajo’xori) 11,15 dan 36% gacha atrof-muhitdagi harorat 200 bo’lganda tezda aniqlashga mo’ljalan-gandir. Namlikni bunday chegaralanishi uch diapazonga bo’linadi: 1-nam donga; 2-xo’l donga; 3-quruq don uchun. Shuningdek, nam o’lchagichga nazorat silindri, tepkilovchi simlar, termometr va hisobga o’tkazish jadvallari qo’shib beriladi.
Qo’l pressi don namunasini elektr moslamada zichlash uchun mo’ljallangan. VE-2M nam o’lchagichi maxsus stolchaga yoki tokchaga o’rnatiladi. Pressni stolga vint yordamida burab, mahkamlab qo’yiladi. Uchta uchi nayzali o’tkazgichni quvvat batareyasi otvodiga ulanadi. Batareyani nomlari bir xil bo’lgan o’lchash klemmalari bilan bog’lanadi. Ishni boshlashdan oldin o’lchov asbobi va vizir moslamasini tekshirish shart.

Asbobni tekshirish strelkalarni nol va yuzdan bir bo’li-nishlarga o’rnatishdan iboratdir. Shu maqsadda vizir moslamasi tekshirilib, pressning quyi yupqa taxtachasining ustiga nazorat silindri va puanson bilan qoplangan markaziy elektrod qo’yiladi, qisish vintining oxirini puansonga to’g’rilanadi va qattiq siqib qo’yiladi. Keyin vintni ortga to’rtdan bir aylanishga buriladi va qo’l bilan siltab, uni yana siqib qo’yiladi. Shu bilan vintni bir tekis siqilishiga erishiladi. Agar ikkala vertikal chiziqlar to’g’ri kelmasa, o’rnatish uzugi vintini burab bo’shatish lozim, buning uchun uzukni vertikal chiziqlar to’g’ri kelgunigacha buriladi va uni yangi holatda mahkamlab qo’yiladi. Agarda gorizontal chiziqlar to’g’ri kelmasa, vizir romchada vintlar bo’shatib buraladi va buning uchun romchalarni yuqori yoki pastki o’rnini o’zgartirish yo’li bilan gorizontal chiziqlarni to’g’ri kelishiga erishladi, shundan so’ng vintlar mahkamlanadi.


Namlikni o’lchash quyidagicha amalga oshiriladi. Press vinti eng yuqorigacha ko’tariladi, voronka bilan qoplangan stakanga markaziy elektrod o’rnatiladi. Olingan namunadan bug’doy, javdar, tariq va arpa uchun har biri 17 gr dan, suli uchun 15 gr, makka-jo’xori uchun 12 gr dan ikkitadan don namunachalari ajratiladi. Shundan keyin tortilgan don miqdoridan taxminan yarmisini stakanga to’kiladi, trambovka yordamida zichlanadi, so’ng donning qolgan qismi stakanga to’kiladi va yana trambovka yordamida shunday zichlanadiki, markaziy elektrodning yuqori qismining oxiri ko’rinib tursin.
Oldindan stakandan voronkani olib, uning ustidan puanson quyiladi, undan markaziy elektrod tushib ketmaslik uchun stakan-ni qo’l barmog’i bilan pressning quyi yupqa qismiga o’rnatiladi. Uni shunday amalga oshirish kerakki, press devorchasiga mahkam-langan stakanning kontaktli vinti prujina singari bo’lsin.
Pressning siqish vinti shunday buraladiki, o’rnatish xalqa-sining belgisi vizir romchasining belgisiga to’g’ri kelishi shart. Shuning bilan namunani elektrodlar orasida standart siqish zichligiga erishiladi. Agar extiyotsizlik natijasida ortiqcha si-qishga yo’l qo’yilsa unda vintni teskari burashga ruxsat etilmaydi.
Siqishdan keyin namunalarni sim bilan shtek va klemmani bir xil belgilarga ulanadi. “Q” asbob strelkasini shkalaning yuzdan bir bo’linishiga o’tkazishning “nazorat 27v” holatiga, so’ngra o’tkazgichni “xo’l” holatiga qo’yiladi. Keyin tugmacha bosiladi, shkalaga qarab hisob qilinadi va natijalarni ishchi daftariga yozib boriladi.
Agar strelka 9 bo’linishdan kamiga og’sa, unda o’tkazgichni keyingi holat “nam”ga o’tkaziladi, tugmacha bosiladi va strelka ko’rsatkichlari (u 29-96 bo’linishlar oralig’ida bo’lishi mumkin) yozib boriladi. Shunda strelka ko’rsatkichi “v” xarfi yoki “81v” holida yoziladi. Agar strelka og’ishi 29 bo’linishdan kam bo’lsa, o’tkazgich dastasini “nazorat 80v” holatiga va shpunt dastasini burash bilan strelkani 100-ulanishga qo’yiladi, so’ng o’tkazgich “quruq” holatiga o’tkazilib, tugmacha bosiladi va qo’shimcha “s” bo’linishlar miqdori yoziladi.
Ko’rsatkichlarni yozib bo’lganidan keyin markaziy elektrod-ning “Q” shtrixidan sim uzib qo’yiladi, vint ozgina bo’shatiladi, stakan ostidan yupqa taxtacha olinadi va vint dastasini unga burab, stakan ichidan markaziy elektrod, zichlangan don va puanson chiqarib tashlanadi.
Shundan keyin vint yuqoriga ko’tarilib, pressdan stakan, markaziy elektrod va puanson olinadi va supurgi yordamida press don qoldiqlaridan tozalanadi, Quyi yupqa taxtacha joyiga qo’yiladi va ikkinchi namunacha namligi aniqlanadi.
Har bir aniqlashdan keyin havoning harorati yozib boriladi (g’ilof qopqog’ida termometr ko’rsatkichlariga qarab).
Nam o’lchagich ko’rsatkichlarini foizga o’tkazish uchun unga uchta jadval qo’shib qo’yilgan. 1-jadval o’tkazgichning “quruq” holatiga; 2-jadval “nam” holatiga va 3-jadval “xo’l” holatiga to’g’ri keladi. Hamma jadvallar don namligini atrofdagi 200 havoda o’tkaziladi. Shuning uchun ushbu dara-jadan o’zgargan har bir gradus haroratga tuzatishlar kiritiladi. Harorat 200 dan yuqori bo’lsa tuzatish kattaligini (%), ya’ni harorat faqatgina ko’paytirilgani chiqari-lib tashlanadi. 200 dan quyi bo’lsa, jadvalda ko’rsatilgan nam kattaligiga ko’shiladi.
Misol. Birinchi tur bug’doy namligini aniqlashda o’tkazgichni “quruq” holatida va 230 haroratda asbob strelkasi 5 bo’linish ko’rsatadi. 1-2 jadval katakda (5) bo’linish 12,82% 200 haroratda to’g’ri kelishini topamiz. Agar haqiqiy harorat 230 teng bo’lsa unda harorat haqi 30 ni tashkil etadi. Bug’doyning bir turi uchun tuzatish hajmini 0,10 foizni o’ziga ko’paytirib, 0,3% ga teng bo’lgan umumiy miqdorga ega bo’lamiz. Umumiy tuzatishni 12,82% olamiz va ushbu zichliqdagi don namligini bilamiz. Ushbu holda u 12,82-0,3q12,52% ga tengdir.
Shunday qilib, dondagi harorat 200 past bo’lsa faqat “Q” ko’rsatkichi bilan tuzatish kiritiladi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə