|
«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsentOmixta yem zavodlaridagi texnologik jarayonlarning umumiy tavsifi
|
səhifə | 226/254 | tarix | 30.12.2023 | ölçüsü | 1,9 Mb. | | #167269 |
| Зоология ва экология-fayllar.orgOmixta yem zavodlaridagi texnologik jarayonlarning umumiy tavsifi. Omixta yem ishlab chiqarish taxnologik jarayoni quyidagi asosiy jarayonlardan tashkil topgan: xom ashyoni qabul qilish, joylashtirish, saqlash va uni qayta ishlashga uzatish; xom ashyoni ajratish; metalmagnit aralashmalardan tozalash; ba`zi turdagi omixta yemni ishlab chiqarishda qobiqli don ekinlarini kobigidan ajratish; komponentlarni maydalash; maydalangan mahsulotni elash (nazorat qilish); komponentlarni ulchash va aralashtirish, donadorlash; tayyor omixta yem mahsulotlarini kadoklash va uzatish.
Texnologik jarayonlar va ularning samaradorligi haqida tushuncha. Omixta yem ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar xuddi un va yorma ishlab chiqarishdek, me`yoriy – texnik hujjatlarga muvofiq belgilanadi. Asosiy hujjatlar bo`lib omixta yem, oqsil vitaminli qo`shimchalar, pryemikslar hamda karbamid kontsentratlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini tashkil qilish va boshqarish qonunlari hisoblanadi. SHu hamda boshqa hujjatlar asosida korxona texnik sxyemasi ishlab chiqiladi.
Jarayon – bu qo`yilgan maqsadga erishish uchun ma`lum harakatlar majmuasi bo`lsa, texnik jarayon bu - xom ashyoga ishlov berish natijasida tayyor mahsulotni olish jarayonidir.
Texnologik jarayonining samaradorligi xom ashyodan mahsulot tayyorlashga sarflangan energiyaning foydalanish darajasi bilan baholadi. Bu samaradorlikka qayta ishlaydigan xom ashyoning texnik xossalari, texnik jarayonlarning tuzilishi, jixoz va uskunalarning ish rejimlari, ta`sir ko`rsatadi.
Takrorlash uchun savollar.
Mamlakatimizda omixta yem ishlab chiqarish sanoati qanday rivojlanmoqda?
Omixta yemning umumiy tafsilotini va turlarini keltiring.
Omixta yem qanday kimyoviy tarkibga ega?
Yemdagi to`yimli moddalarning ahamiyati nimadan iborat?
Omixta yem zavodlaridagi texnik jarayonlarning umumiy tavsifini izohlang.
Dostları ilə paylaş: |
|
|