«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə178/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Kunjara va shrot.
Kunjara va shrot - bu yog’ oluvchi zavodlarda moyli ekin urug’laridan va makkajuxori ko’rtagidan maydalab moy (yog’) olish natijasida hosil bo’ladigan qo’shimcha mahsulotlardir.
Kunjara va shrot qishloq xo’jaliklari tomonidan doimo yuqori talab bilan foydalaniladigan, eng birinchi katorlarda turadigan qiymatli yem hisoblanadi. ular xalkaro savdoda ham zaruriy obekt hisoblanadi.
Kunjara urug’lar presslab olinadi, va buning natijasida undan yog’ning asosiy qismi ajraladi. Boshqacha qilib aytganda bu-presslangan yog’sizlantirilgan urug’lardir. Kunjaradagi yog’ miqdori odatda 6-9 % dan oshmaydi. U presslash usulidan (sovuq yoki issik) va qo’llaniladigan mashina tipidan bog’liq. Qishloq xo’jalik tipidagi moyzavodlarida kunjara olinganda uning tarkibidagi yog’ zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan zavodlardan ishlab chikarilgan kunjaraniqiga qaraganda ko’p bo’ladi. YOg’dan tashqari, kunjarada urug’ tarkibiga kiruvchi deyarli barcha moddalar saqlanadi.
YOg’ni sovuq presslash usuli bilan (urug’larni kizdirmasdan) olganda kunjara va urug’ moddalari sifati bo’yicha urug’ moddalaridan farq kilmaydi, issik presslash (urug’larni dastlabki kizdirishda) usulida esa moddalarning ba’zi bir o’zgarishi (oqsillar denaturatsiyasi va b.) kechadi.
Kunjara gidravlik presslar kullangan holda qalinligi 38 mm, uzunligi 900 mm ga yaqin, kengligi 350 mm bo’lgan zich presslangan plita ko’rinishida yoki o’zluksiz ishlovchi shnekli presslarni kullagan holda shakli bo’yicha chiganokni eslatuvchi bulakchalar ko’rinishda ishlab chiqariladi. Ba’zan kunjara korxonadan maydalangan ko’rinishda chiqariladi.
SHrot maydalangan moyli ekinlar urug’ini erituvchilar (benzin, dixloretan va b) yordamida ekstraktsiyalash yo’li bilan yog’i olingan mahsulotdir. Ekstraktsiyalash tugashi bilan erituvchilar urug’ qoldiqlaridan xaydaladi va ular kuritiladi, shuning uchun shrot hamma vaqt okuvchan mahsulot hisoblanadi. Ekstraktsiyalashda yog’ning katta qismi erituvchi bilan ajraladi, va shuning uchun shrot tarkibida yog’ining miqdori ko’p emas (0,7-4 %).
Kunjara va shrot oqsilga boy, ko’p miqdorda kletchatka va pentozanlarga ega. Ular mineral moddalarga, xususan kaliy va fosforga boy. Ularda V va ye guruhvitaminlari ancha mul. Oqsil miqdori jihatdan ular urug’dan ustun turadi va shuning uchun yuqori ozuqa qiymatini namoyon qiladi.
Qishloq xo’jalik hayvonlari uchun mo’ljallangan omuxta yemga turli kunjara va shrot 5 % dan 35 % gacha, parrandalar uchun – 12 dan 20 % gacha kiritiladi.
Kungaboqar kunjarasi va shroti-hayvonlar sevib iste’mol qiladigan qiladigan kimmatli, yuqori tuyimli yem. Uning rangi turli tuslanuvchi kulrang. 100 kg kungaboqar kunjarasi 113 ozuqa birligiga mos keladi. Kipikning miqdori bo’yicha ular odatiy va kamkipikli bo’ladi. Odatiy kunjara 15,5 % gacha, kamkipikli (moy olishdan oldin urug’ qobiqsizlantiriladi va meva qobig’ining katta qismi ajratiladi) kunjarada esa – 4 % gacha kipik mavjud. Odatiy kunjara va shrot tarkibida kipik va kletchatkaning miqdori yuqori bo’lganligi uchun yosh hayvon va parrandalar yemiga kiritilmaydi. Kungaboqar shroti esa sut bilan bokilayotgan buzoqlar yemiga kiritilmaydi.
Zigir kunjarasi va shroti turli tuslanuvchi malla va kulrang bo’ladi. Ozuqaviyligi bo’yicha kungaboqar kunjarasi va shrotiga yaqin 100 kg zig’ir kunjarasi 117 ozuqa birligiga teng. Zig’ir kunjarasi bir qancha ijobiy xususiyatga ega bo’lib, bu undan foydalanishga ta’sir ko’rsatadi.
Zig’ir kunjarasi suvda shishib, shilliq hosil qiladi va bu hayvon ichagini yallig’lanishidan saqlaydi hamda yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Baliqlar uchun mo’ljallangan yemga zig’ir kunjarasi qo’shilganda uning qovushqoqligi oshadi, suvda sekin yoyiladi va eziladi.
Ba’zi hollarda zigir kunjarasi o’zida sinil kislotasini saqlaydi, uning 300mg yoki undan ko’progi hayvon uchun xavfli doza hisoblanadi.
CHigit kunjarasi, omuxta yem uchun ishlatiladigan qobiqli va qobiqsiz urug’lardan olinadi va ikki tipga bo’linadi (chigit olinadigan paxta navidan bog’liq holda). Bu oddiy paxta chigiti va ipak paxta chigitidir. Oddiy paxta chigiti sifatidan bog’liq holda I va II navga bo’linishi mumkin. Kunjara rangi turli sariq rangda, sargimtir yashil yoki qo’ng’ir rangli, qizil - qo’ng’ir va malla rangda bo’ladi.
Paxta shroti ham kunjara kabi qobiqli va qobiqsiz urug’lardan olinadi. yem maqsadida qobiqsiz urug’ shroti ishlatiladi. Paxta shroti sariq-qo’ng’ir rangdan malla ranggacha bo’ladi. Sifatidan bog’liq holda u ikkita navga bo’linadi.
CHigit kunjarasi va shroti yaxshi ozuqaviylikka ega. Kunjara va shrotining umumiy ozuqaviyligi 104-108 ozuqa birligiga, hazm bo’luvchi protein miqdori 34-38 % ga, ho’l kletchatka 6-7,5 % ga teng.
Biroq chigit kunjarasi va shroti o’zida zaharli modda-gassipol saklaydi, shuning uchun ular omuxta yemga maksimum 10 % atrofida kiritiladi. Gossipol paxta chigitada katta qiymatlarda tebranib turadi, shuning uchun uning miqdori kunjara va shrotda turlicha bo’ladi. paxta chigitida, xususan kunjara va shrotda gossipol ikki xil shaklda-erkin va bog’langan holda bo’ladi. Zaharli xususiyatni erkin gossipol nomoyon qiladi.
Kanop kunjarasi va shroti kanopning qobiqli va qobiqsiz mevasidan olinadi. kunjara va shrotning rangi turli tuslanuvchi kulrangli.
Ozuqaviyligi bo’yicha 100 kg kunjara va qobiqsizlantirilmagan urug’ (8-10% namlikda) 72-78 ozuqa birligiga teng, 24-26 % hazm buluvchi oqsil mavjud.
Kanop kunjarasi va shrotida narkotik moddalar mavjud, shuning uchun ularning omuxta yemga kiritilishi chegaralanadi, yosh va bug’oz hayvonlar uchun esa ruxsat berilmaydi.
Soya kunjarasi va shroti yuqori ozuqaviyligi bilan tavsiflanadi. 100kg soya kunjarasining umumiy ozuqaviyligi 10 % namlikda 126 ozuqa birligiga, soya shroti esa 11,1 % namlikda - 119,3 ozuqa birligiga teng.
Soya kunjarasi va shroti proteinga boy, nisbatan ko’p bo’lmagan kletchatka (6-7 %) ushlaydi hamda ozuqaviyligi jihatdan ko’p yemlardan, shuningdek oqsilli ekin urug’laridan ustun turadi. Soya kunjarasi va shroti parrandalarni bokishda alohida qiymatga ega. Ular yog’ning okarish imkonini beradi. Soya shroti bilan boqilgan cho’chqalarda sala sifati yaxshilanadi.
Eryongoq kunjarasi va shroti - juda qimmatli ozuqa mahsulot bo’lib, oqsilga boy.
100 kg kunjaraning ozuqaviyligi 122-126 ozuqa birligiga teng, protein miqdori 50-52 %, kletchatka 3-4 %. yeryongoq kunjarasi va shroti bilan chuchqalar boqilganda u salasifatiga yaxshi ta’sir qiladi.
Kunjut kunjarasi va shroti 0qobiqli va qobiqsiz urug’larga ishlov berishda olinadi. Omuxta yem ishlab chiqarishda ko’pincha qobiqli urug’ kunjara va shroti ishlatiladi. Kunjut kunjarasi va shroti yuqori ozuqabop yemlar. 100 kg kunjut kunjarasi 128-133 ozuqa birligiga mos 37-40 % hazm buluvchi proteinga ega.
Hochguldoshlar kunjarasi va shroti - surepka, indov (raps) ko’zikorinli (rыjik) surepka kunjarasining umumiy ozuqaviyligi 12,3 % namlikda 93,8 ozuqa birligiga teng, indov kunjarasining (13,6 % namlikda) - 100,7 ko’zikorin kunjarasining esa (12 % namlikda) 115,3 ozuqa birligiga teng.
Kechguldoshlar kunjarasi va shroti xantal (gorchitsa) efir moyining glyukozidini ushlaydi. Kunjara va shrotda mavjud bo’lgan mirozin fermentining ta’sirida xantolli efir moyi taroshlanadi. Bu moy hayvonlarning ovqat hazm qiluvchi organlari shillik pardasini yalliglaydi. Ba’zi moyzavodlarida presslashdan oldin xachguldoshlar urug’i dastlab namiktiriladi, 100 0S gacha kizdiriladi va mirozin fermenti faolligini yuqotadi. Bunday ishlov berilgan urug’dan olingan kunjara va shrot hayvonlarning hazm qilish organlariga tushganda glyukozidning parchalanishi bormaydi.
Xachguldoshlar kunjarasi va shroti achchik ta’mli bo’ladi. Xantalli moyning taroshlanishi va undagi achchik ta’m kerak ishlov berilmasdan ularni omuxta yemga qo’shish imkonini bermaydi. ular baliklar uchun mo’ljallangan omuxta yemda (55 % gacha) ishlatiladi.
Kanakunjut shroti, 0kanakunjut urug’idan olinadi va utkir bug’ bilan ishlov beriladi. Bug’ ostida zaharli moddalar - ritsin, ritsinin va boshqalar parchalanadi. Zararsizlantirilgan shrotdan yirik shoxli hayvonlar yemiga 7 % gacha, sog’iladigan sigirlar va yosh hayvonlar yemiga 17 % gacha qo’shish mumkin. Zararsizlantirilmagan kanakunjut kunjarasi va shrotidan yem maqsadida foydalanish mumkin emas. 100 kg kanakunjut yem shroti 13 % namlikda ozuqaviyligi bo’yicha 68 ozuqa birligiga to’g’ri keladi. Bu shrot qobiqli urug’dan olinadi, shuning uchun unda 35-38 % gacha kletchatka mavjud.
Koriandr kunjarasi va shroti - kariandr mevasini maydalagandan keyin avval efir moyi, so’ngra esa yog’li moylari olingandan hosil bo’lgan mahsulotdir. ikkala mahsulot ham- okuvchan bo’lib, jigar rangli. 100kg kariandr kunjarasi va shrotining umumiy ozuqaviyligi 70-78 ozuqa birligiga teng. Ular ko’p kletchatka saklaydi (22-28 %) va u sogin sigirlar hamda qoramollar yemiga kushiladi.
Makkajuxori kunjarasi va shroti-makkajuxori kurtagidan moyi ajratib olingandan keyin hosil bo’lgan qo’shimcha mahsulot. 100kg makkajuxori kunjarasining umumiy ozuqaviyligi 118-120 ozuqa birligiga, shrotniki esa 115-117 ozuqa birligiga teng. Juxori shrotini omuxta yemga kushishning maksimal qiymati –25 %.
Namuna olish va kunjara holida shrotning tahlili GOST bo’yicha amalga oshiriladi.
Kunjara va shrotning barcha navlari hamda turlari bo’yicha sifati quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanadi: rangi, hidi, ta’mi, namligi, ho’l yog’ miqdori, ho’l protein, kuldorligi, metallaralashmalar. Kunjarani tahlil qilganda keltirilgan ko’rsatkichlardan tashqari presslash zichligi, siniklik miqdori va tozaligi ham aniqlanadi. SHrotni tahlil qilganda shuningdek yirikligi ham aniqlanadi. Ba’zi kunjara va shrotlarning sifati yana ayrim ko’rsatkichlar bo’yicha ham tavsiflanadi. Kungaboqar kunjarasining sifatini aniqlashda kipik miqdori, chigit kunjarasida esa – puchoq miqdori urnatiladi.
Ba’zi bir kunjara va shrotlarda zaharli moddalar (achchiq yoki yalliglantiruvchi ta’sir qiluvchi) miqdori ham aniqlanadi. Masalan, chigit kunjarasi va shrotida gossipol miqdori aniqlanadi.
Quyida, misol tariqasida, ozuqa yem maqsadida qo’llaniladigan kungaboqar kunjarasi sifatiga qo’yilgan talablar keltirilgan.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə