«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Kraxmal - kiyomi va ko’pchitish sanoati chikindilari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə180/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Kraxmal - kiyomi va ko’pchitish sanoati chikindilari.

Mezga. Kraxmal-qiyomi sanoatida kraxmal va qiyom olish maqsadida juda ko’p kartoshka tuganagi va makkajuxori doni qayta ishlanadi. Bu ishlab chiqarish chikindilaridan biri mezga hisoblanadi. Kartoshka yoki makkajuxori mezgasi maydalangan kartoshka va juxoridan kraxmalni yuvib olgandan keyin ajratiladi. U 90 % gacha suv saklaydi va shuning uchun past ozuqa qimmatiga ega. 100 kg kartoshka mezgasi 13 ozuqa birligiga teng va 0,3 kg hazm buluvchi proteini bor. 100 kg juxori mezgasi 20 ozuqa birligiga, 1,7 kg hazm buluvchi proteinga ega.
Mezga tez bo’ziluvchi mahsulot hisoblanadi, shuning uchun u zavod yaqinidagi hayvonlarga toza va siloslangan ko’rinishda beriladi.
100 kg quritilgan kartoshka mezgasi 95,5 ozuqa birligiga va 2,1 kg hazm buluvchi proteinga ega, makkajuxori mezgasi 127 ozuqa birligiga va 11,8 kg hazm buluvchi proteinga ega. Quritilgan mezga omuxta yem ingrediyenti sifatida ishlatiladi.
Quruq makkajuxori ozuqasi (mosh yemi). yuqorida aytib utilganidek makkajuxoridan kraxmal ishlab chiqarishda mezga olinadi, bundan tashqari, kraxmal-qiyomi sanoatining chikindisi bo’lib glyuten (asosan oqsillardan tashkil topgan) va makkajuxori kurtagidan olingan shrot (kraxmal olishda kurtak ajratiladi va moy olishda ishlatiladi) ham hisoblanadi.
Bu barcha chiqindilar kuritiladi va maydalanadi. so’ngra ular aralashtiriladi va "Quruq makkajuxori ozuqasi" nomi bilan ishlab chiqariladi.
Quruq makkajuxori ozuqasi kul rang yoki sariq rangli, uvalanib ketadigan, qizishmaydigan, mog’orlash belgilarisiz, begona aralashmalarsiz, begona hidsiz bo’lishi lozim.
Namligi 12 % dan oshmasligi kerak. 1 kg yemda razmeri 2 mm gacha bo’lgan metalmagnitli aralashma miqdori 50 mg gacha shuningdek razmerlari 0,5 dan 2 mm gacha bo’lgan metalmagnitli aralashma miqdori 10 mg gacha ruxsat beriladi. yem teshik diametri 10 mm bo’lgan elakdan utishi kerak.
100 kg quruq makkajuxori ozuqasi 114,3 ozuqa birligiga teng, 16,3 kg hazm bo’ladigan proteinga, 56 g kaltsiy va 325 g fosforga ega.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə