«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə183/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Pichan, somon. Pichan uni.
Pichan (xashak) o’tlarni tabiiy shamol va quyosh bilan shunday kuritib olinadiki, bunda o’simlik massasi uzoq vaqtgacha bo’zilmasdan saqlanishi mumkin. Hozirgi paytda quritish statsionar va harakatlanuvchi quritgichlarda amalga oshiriladi. o’tlarni atmosfara yoki qizdirilgan havo bilan quritish qullana boshlandi.
Olingan pichan qoramol, ot va qo’ylarning og’ildalik davri uchun dag’al, keng hajmli ozuqasini namoyon qiladi.
Pichanning ozuqaviyligi va mazaligi qator omillardan bog’liq: o’tning botanik tavsifidan, tuproq-iqlim sharoitidan, yig’im vaqtidan va usulidan, yig’im vaqtidagi iqlimdan.
Tarkibida dukkakli va boshoqli ekin o’tlarini saqlagan pichan katta ozuqa qiymatiga ega. O’z navbatida pichanning botanik tarkibi sezilarli darajada tabiiy tuproq iqlim sharoitlaridan bog’liq. Pichanning sifati, shuningdek yig’im vaqtidan ham bog’liq, chunki yig’im kechga qolganda uning tarkibida katta miqdorda kletchatka yig’iladi, pichandagi ozuqa moddalarning hazmi kamayadi, xushxurligi yo’qoladi.
O’tlarni suniy quritganda ko’p miqdordagi vitaminlar va to’laligicha oqsil saqlanadi. SHuningdek yemning kimyoviy tarkibi bo’yicha barcha komponentlarning o’zlashtirilishi oshadi.
Bundan tashqari pichan sifatini aniqlovchi asosiy omillarga uni saqlash sharoitlari va davomiyligi ham kiradi. SHundan bog’liq holda qabul qilish punklarida preslashmagan pichan uchun saqlash muddati maksimum bir yil, preslashgan pichan uchun esa-uch yil.
YAxshi sifatli pichan tulakonli oqsillar, uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlarning manbai hisoblanadi 100 kg pichan tipidan bog’liq holda 52-35 ozuqa birligiga 11,6-3,6 kg hazm buluvchi proteinga teng.
CHo’chqa va parrandalar uchun vitaminli pichan uni ishlatiladi, u esa sun’iy quritilgan o’tlarni maydalab olinadi. O’t pichan uni vaqtli o’rib olingan yaxshi pichandan (dukkakli va dukkak-boshoqli o’tlar) tayyorlanadi. shuning uchun bunday pichan tarkibidagi protein, kaltsiy va karotinning yuqori miqdori bilan tavsiflanadi. Masalan, sun’iy quritilgan vika-suli unining 100 kg da 68 ozuqa birligi, 12,3 kg hazm buluvchi protein, 1330 g kaltsiy, 300 g fosfor, 16 g karotin bor.
Em sifatida, vitamin va mineral moddalarga boy bo’lgan ninabarglilar uni ham ishlatiladi. ninabarglilardan karagay, yel yokimojeviya ninalarini kuritib, yanchib tayyorlashadi. Barra ninabarglarning (45% gayaqin suv) 100 kg da 15 ozuqa birligi, 1,1 kg hazm buluvchi protein 310 g kaltsiy 90 g fosfor, 7 g karotin bor.
O’simliklardan olinadigan yem omuxta yem tayyorlashda keng qo’llaniladi. Pichan ot va qoramollar omuxta yemida 50 % gacha, pichan uni-chuchqa bolalari, buzoqlar va parrandalar uchun mo’ljallangan yemning 5-10 % ni tashkil qiladi; ninabarglilar uni parrandalar, chuchqa bolalari, emizuvchi cho’chqalar va buzoqlar yemi uchun 3 % miqdorida ishlatiladi.
Otlar uchun briketlangan omuxta yem tarkibiga kiritiluvchi pichan namligi 17 % dan oshmasligi hamda zararli va zaharli o’tlar miqdori 1 % dan oshmasligi kerak.
Somon omuxta yem sifatida qiymati past bo’lib, quyi ozuqaviy xossaga ega. Bahorgi bug’doy somonining 100 kilogrammli 20 ozuqa birligiga teng va 1,2 kg hazm buluvchi protein saqlaydi.
Pichan va somonning sifati bir qancha ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi.


Rangi. Pichan va somonning rangi zarur ko’rsatkich bo’lib, ularning yemboplik xossalarini tavsiflaydi. Pichan rangi utning yoshidan, yig’im vaqtidagi iqlimdan, yig’im vaqtidan, quritish tavsifidan, shuningdek saqlash sharoitidan bog’liq. Pichan tipidan bog’liq bo’lmagan holda yashil rangli bo’lishi kerak.
Bug’doy, arpa va suli somoni qo’ng’ir tugunchali sariq rangli va tariq somoni-yashil rangdan qoramtir-yashil ranggacha bo’ladi. Pichan va somon rangining qorayishi odatda faol mikrobiologik jarayonlarning borayotganligini bildiradi, uning sifatini keskin yomonlashtiradi.


Hidi. Pichan va somon o’ziga xos toza hidga ega bo’lishi kerak. Biroq utning yoshidan, yig’im davridagi havo va saqlash sharoitlaridan bog’liq holda kuchli o’zgaradi. Dimiqqan va chirindi hidi nosog’lom pichan va somonga xos bo’lib, mikrofloralarning faol rivojlanishi kechayotganligini bildiradi.
Pichan va somon hidini kuchaytirish uchun ularning tutamlaridan stakanga solinadi, ustidan kam-kam miqdorda issiq suv solinadi (o’lchanmaning to’la namlanishi uchun) stakan shisha bilan berkitiladi. 2-3 minutdan keyin pichan va somonning qizishgan hidi aniqlanadi.
CHangdorlik. Bu ko’rsatkich pichan va somonning tuproq bilan ifloslanganligini, mikroorganizmlarning juda mayda chirindi yoki sporalari bilan ifloslanganligini tavsiflaydi. changdorlik pichan yoki somonni arava, garam yoki kip o’rtasidan olingan bog’lamni qoqish yo’li bilan aniqlash mumkin. Pichan va somon eng changli hisoblanadi, chunki qoqqanda chang bulutchalarini hosil qiladi.
Buzilgan pichan va somonning mavjudligi. Buzilgan partiyalarga mog’orlagan, ifloslangan va chiriganlari kiradi. Bu ko’rsatkich pichan va somonni tashqi tomonidan ko’zatish hamda kip va garam o’rtasini tekshirish yo’li bilan o’rnatiladi.
Namlik pichan va garamni saqlash xavfsizligi ta’minlovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.
Namlik o’tkir pichoq bilan uzunligi 0,2-1 sm ga yaqin bo’lakchalar shaklida maydalangan pichan va somondan 5 g o’lchanma olib aniqlanadi. O’lchanma quritish shkafida 40 minut davomida 130 0S temperaturada quritiladi.
Takrorlash uchun savollar
    1. Omuxta yemning qanday turlarini bilasiz?


    2. Omuxta yem sanoatida ishlatiladigan xomashyolar.


    3. Omuxta yem sifatiga qo’yiladigan standart talablarni izohlang?


    4. Kungaboqar kunjarasi sifatiga qo’yilgan talablar.


    5. Hayvonlardan olinadigan qanday ozuqa xomashyolarini bilasiz?


    6. Mineral xomashyolar deganda nimani tushunasiz?


    7. Omuxta yem retsepturasi deganda nimani tushunasiz.





Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə