«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Mineral xomashyolar, mikroelementlar. Karbamid va



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə182/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Mineral xomashyolar, mikroelementlar. Karbamid va

karbamid kontsentrati.
Mineral moddalar oziqlanishi uchun juda zarur bo’lib ularning yetishmasligi tufayli hayvon organizmining me’yoriy hayot faoliyati ta’minlab bo’lmaydi.
Agar tabiiy yemlar bilan qishloq xo’jalik hayvonlarining mineral moddalarga bo’lgan talabi qondirilmasa, u holda mineralli ozuqalar qo’llaniladi.
Hozirgi paytda oddiy murakkab mineral aralashmalar keng qo’llaniladi, qaysiki ular hayvon ratsionidagi mineral moddalar miqdorini e’tiborga olgan holda tuziladi.
Mineral ozuqa sifatida osh tuzi, bur travertii uni, molyuska chig’anog’i yormasi va uni, ohak, suyak uni qo’llaniladi. Ba’zan mineral qo’shimchalarga va omuxta yemga kobalt tuzi, yod, marganets, rux tuzlari va boshqalar qo’shiladi. Bu moddalar sezilarsiz miqdorda olinadi. Biroq ularning ahamiyati katta, shu sababli bu mineral elementlar vitaminlar, fermentlar tarkibiga kiradi va hayvon organizmida moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi.
Osh tuzi. Osh tuzi omuxta yem tarkibiga kontsentratlar aralashmasida maydalangan holda yoki mezuntsov (glыbovoy soli) holida kiritiladi.
U ratsionni natriy va kaliyga boyitadi va shuning bilan birga yemning mazasini yaxshilaydi, hayvonlarning ishtaxasini oshiradi.
Tuproq va suv tarkibida yodi kam bo’lgan yerlarda joshlashgan xo’jaliklarda hayvonlar yodlangan tuz bilan boqiladi.
Mineral qo’shimchalar va omuxta yem tarkibida ishlatiladigan tuzlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) 5 % -li eritma begona mazalarsiz toza tuz ta’miga ega bo’lishi kerak;
b) hidga ega bo’lmasligi kerak:
v) oq rangli bo’lishi kerak, biroq kelib chiqishidan kul rang, sarg’ish va pushti rang ruxsat beriladi;
g) ko’zga tashlanadigan begona mexanik ifloslantiruvchilar saqlamasligi kerak;
Hayvon organizmida azot karbamidining proteinga aylanishi uning oshkozonida ko’p bo’lgan ovqat hazm qilish trakti mikroorganizmlarining hayot faoliyati tufayli sodir bo’ladi. Mikroorganizmlar ajratadigan fermentlar karbamidni ammiak va karbonat angdridga ajratadi. Bakteriyalar ammiakni shuningdek yemdagi parchalanishi mahsulotlari uglevodi oltingugurti va boshqa moddalaridan foydalanib, xususiy jism. Oqsillarini hosil qiladi. yem bilan birgalikda oshqozonga surilib, mikroorganizmlar yemning tashkil
qiluvchi qismi holida hazm bo’ladi, va ularning oqsili hayvonlar tomonidan ishlatiladi.
Hayvonlar ratsionida ozuqa proteinini qisman karbamid bilan to’ldirish mumkin. Bunday o’rin almashish ratsionda faqat proteinlar defitsit, ammo yetarli miqdorda yengil hazm buluvchi uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar ushlaganda ham bo’lishi mumkin. Tajribalarning ko’rsatishicha 1 kg karbamid 2,6 kg hazm buluvchi proteinga ekvivalent. Ratsiondagi ozuqa moddalarning samaradorligini oshirish natijasida 1 kg foydalanilgan karbamid qo’shimcha 10 kg sut, qoramol og’irligining 2 kg ga , quylar og’irligini 1,5 kg ga va yuvilgan junining 150 g ga oshishini ta’minlaydi. Bunda mahsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan yem sarfi 10 - 15 % kun davomida karbamid azotidan foydalanishga moslashadi. Karbamid bilan bokqanda quyidagilar e’tiborga olinishi kerak: karbamid yem bilan
yaxshi aralashtirilgan bo’lishi, hayvonlarni karbamidga doimiy ravishda sutkasiga 10-20 g dan boshlab o’rgatib borish, o’rnatilgan me’yorni yemga kun davomida teng miqdorlarda bo’lib berish kerak.
Karbamid bilan bokqanda o’zulish bo’lmasligi kerak, o’zilish majburan bo’lganda, bir necha kun davomida hayvonlarni karbamidga qayta o’rgatish lozim. Karbamid bilan boqishning kunlik me’yori quyidagicha o’rnatilgan: 100-120 g sigirlar uchun, 6 oydan katta bo’lgan yosh qoramollarga 40-50 g boqiladigan qoramollar uchun 50-90 g, ona kuylarga 13-18 g , 6 oylikdan katta bo’lgan yosh quylar uchun 8 - 12 g.
Karbamid ratsionga tavsiya qilingan m’yorda kiritilishi lozim. Ortiqcha karbamid hayvonlarning zaharlanishiga olib keladi. Omuxta yemga karbamid katta miqdorda kiritilsa yemning xushxurligi pasayadi.
Karbamid granulalangan omuxta yemga melassada eritib qo’shilsa katta samaradorlikka erishiladi. Bunda omuxta yemning o’z–o’zidan joylashuvi sodir bo’lmaydi, melassa esa uning yaxshi hazmini ta’minlaydi, bundan tashqari, granulada qamalgan karbamidning ajralishi hayvon oshqozonida ancha sekinlashadi.
Karbamidli omuxta yem bilan faqat kavsh qaytaruvchi hayvonlar boqiladi, ya’ni uni boshqa hayvonlarga berish ruxsat etilmaydi. Bunday yemlar boshqa yemlarga aralashtirilmasdan alohida saqlanadi. U don aralashmasi, karbamid va natriy bentonitini ekstrudirlab aralashtirish yo’li bilan tayyorlanadi. Karbamid kontsentrat boshqa yemlar bilan beriladi yoki omuxta yem, oqsil-vitaminli qo’shimcha tarkibiga kiritiladi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə