«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Amaliy mashg’ulot Don partiyasini sifat ko’rsatgichlari bo’yicha yanchishga tayorlash xisobi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə188/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

3 Amaliy mashg’ulot Don partiyasini sifat ko’rsatgichlari bo’yicha yanchishga tayorlash xisobi
Ishning maqsadi: Un tortish uchun bug’doy aralashmasi partiyalarini hisoblash usulini o’rganish.


  1. Umumiy tushuncha

Tegirmonga keladigan bug’doy donining texnologik xususiyatlari uning xiliga (tipiga), naviga va bug’doy o’sadigan rayonning tuproq-iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi.
Har xil sifatli bug’doy doni partiyalari qayta ishlash jarayonini qiyinlashtiradi va samaradorligini pasaytiradi. Buning natijasida texnologik sistemalarning ishlash rejimlarini o’zgartirishga to’g’ri keladi va ishlab chiqariladigan unning sifat ko’rsatkichlari har xil bo’ladi.
Tegirmonning 10 – 15 kunlik ishini bir xilda ravon borishini ta’minlash uchun bug’doy donidan un tortish partiyalari tuziladi. Bu tayyorlov jarayonini to’g’ri bajarilishiga, sifati yuqori bo’lgan donni tejamli sarf qilishga va sifati past bo’lgan donni ratsional ishlatishga olib keladi.
Berilgan vazifadagi un tortish partiyalari tegirmonning quvvati, un tortishning xili, bor donning miqdori, donning va tayyor mahsulotning sifatidan kelib chiqgan holda hisoblanadi.
Un tortish partiyalari har xil tipdagi, har xil rayonda o’sgan, eski va yangi hosil, sifati past va sifati yuqori bo’lgan donlarni qo’shish yo’li bilan tuziladi. Un tortish partiyalari tuzishda komponentlar shunday tanlanadiki, ular donning yuqori unboplik xususiyatini va unning yuqori nonboplik xususiyatlarini taminlashi kerak.
Donning quyidagi ko’rsatilgan sifat ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda aralashtiriladi: shaffofligi, kleykovinasi, kuldorligi, namligi va ifloslanganligi.
Namligi har xil bo’lgan donlarni aralashtirishda ularning namliklarini farqi 1,5 % dan ko’p bo’lmasligi kerak. YUqori va past kuldorli donlarni aralashtirganda aralashmaning kuldorligi 1,97 % dan ko’p bo’lmasligi kerak. SHaffofligi har xil donlarni aralashtirganda aralashmaning o’rtacha shaffofligi 50-60 % hosil bo’lishi kerak. Asosiy e’tibor kerakli miqdorli va sifatli kleykovinali bug’doy doni partiyalari hosil qilishni ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak.
Navli un tortishda kleykovinaning miqdori 25 % dan kam emas, sifati II guruhdan past bo’lmasligi kerak, iflos chiqindi miqdori 2 % dan ko’p emas, donsimon chiqindi miqdori 5 % dan ko’p emas, shuning ichida o’sgan donlar 3 % dan ko’p emas.


  1. Yüklə 1,9 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə