«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə238/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Navli urug’lik donlarning sifati
Navli urug’lik don sifat ko’rsatkichlari guruxini quyidagilar tashkil qiladi: reproduktsiya, haqiqiyligi, navning tozaligi va dara­jasi.
Reproduktsiya - bu elita urug’lik donlaridan ekib olingan urug’lik.
Haqiqiyligi - urug’lik donlarning hujjatda ko’rsatilgan navga mosligi (o’tgan yilgi aprobatsiya akti, urug’larga berilgan attes­tat, urug’lar uchun berilgan guvohnoma).
Navning tozaligi deb asosiy urug’lik navining foiz miqdori­ga aytiladi. Har kaysi navning tozaligini saqlash halq xo’jaligiining muhim vazifalaridan biridir. Buning uchun urug’lar tozaligi bo’yicha nazorat tizimi tashkil qilingan. Bu tizim asosan ekish oldi urug’lik navlari nazorati va urug’lik don guvoxnomala­rini nazorat qilib boradi.
Navli urug’lar bo’yicha davlat nazoratining asosiy usullaridan biri dala aprobatsiyasi (sinash) hisoblanadi. Bu usul bilan urug’lik uchun ekiladigan navlar nazorat qilib boriladi.
Ekiladigan navlar tozalik darajasi va turiga qarab navlarga ajratiladi. Ekiladigan donli ekinlar darajasiga qarab quyidagilarga bo’linadi: bug’doy, suli, arpa, tarik, No’xot va loviya uchun
I daraja - 99, 5 %
II daraja - 98, 0 %
III daraja - 95, 0 %
Kuzgi va baxorgi javdar bug’doyi va grechixa uchun
I daraja - I-III reproduktsiya
II daraja - IV-VII reproduktsiya
III daraja - VII reproduktsiyadan yuqorisi
Oq jo’xori uchun
I daraja - 98 %
II daraja - 95 %
III daraja - 80 %
Kungaboqar urug’ligi uchun
I daraja - 99 %
II daraja - 95 %
III daraja - 90 %
Urug’liklarning haqiqiyligi, turi, ekin navi laboratoriya sharoitida aniqlanadi. Urug’lar haqiqiyli­gini aniqlashda etalonlardan, turli xildagi urug’lar kollektsiyasidan foyda­laniladi.
Urug’larning ekish sifati. Urug’larning ekish sifatiga quyidagi ko’rsatkichlar ki­radi: urug’ tozaligi, unib chiqishi, o’sish kuchi, xayot qobiliyati, don maxsulotlari zararkunandalari bilan zararlanishi va kasalla­nishi, 1000 ta donning og’irligi. Ekish sifati ekish uchun tayyorlan­gan urug’ partiyasidan va davlat resursiga topshirish uchun mo’ljallangan o’rtacha namunadan aniqlanadi.
Urug’ partiyasi deganda bir ekinning bir naslli urug’ining ma’­lum miqdori, navi, reproduktsiyasi, nav tozaligi kotegoriyasi, xosil yili, mos hujjatda tayyorlangan va tekshirilgan bir navga taalluq­liligi tushuniladi.
Ekish sifatini aniqlashda asosiy o’rinni o’rta namu­nani olish egallaydi. Bu qa’tiy ravishda standart talabiga mos o’t­kaziladi. Urug’ partiyalari sifatini yanada aniqroq baxolash uchun urug’larning ruxsat berilgan eng yuqori miqdori olinadi va bu bi­lan urug’ partiyalari kabi uning qismi tuziladi.
Agar urug’ og’irligi partiyasi nazorat birligidan oshsa, u shart­li ravishda bo’laklarga bo’linadi va uning har biridan aloxida na­muna olinadi. Urug’ partiyasini bo’laklarga bo’lish tizimi mos no­merlash bilan tuziladi va namuna olish aktiga tikiladi.
O’sish energiyasi, urug’larning har bir o’simlik uchun belgilan­gan vaqtda va o’sish qobiliyati (1-jadval) da keltirilgan. Unuvchanlik va o’sish energiyasi urug’larning muhim sifat ko’rsatgichlari hisoblanadi. Agar urug’lik don unuvchanlik va o’sish energiyasi standart ta­labga javob bermasa, bunday urug’lik don ekinga yaroqsiz hisoblanadi.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə