«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent


Urug’li donlarni joylashtirish va jo’natishda qo’llaniladigan uskunalarni hisoblash



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə237/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Urug’li donlarni joylashtirish va jo’natishda qo’llaniladigan uskunalarni hisoblash:

Noriyalarni hisoblash va tanlash.
Urug’li donlarni joylashtirishda va jo’natishda asosiy transport uskunalariga noriyalar, transportyorlar va o’zi oqar quvurlar kiradi, shuningdek donni tarqatuvchi uskunalar yordamchi transport uskunasi hisoblanadi.
Texnologik vazifasiga ko’ra noriyalar asosiy va maxsus noriyalarga bo’linadi.
Asosiy noriyalardan to’la foydalanish uchun quyidagilarni hisobga olish zarur:
a) har qanday don miqdorini kamida ikki noriyaga yetkazib berish;
v) texnologik sxemalar asosiy noriyalarning kun davomida bir xil ishlashini ta’minlashi kerak.
Maxsus noriyalarni quritish moslamalari, balandliklari har xil bo’lgan silos korpuslari, donni boshlang’ich tozalashga yuborish, chiqindilarni tashish uchun, gidrogeologik (er osti suvlarining joylashishi) sharoitlari qulay bo’lmagan joylarda tushirish moslamalarini qurishda ruxsat etiladi.
Noriyalar soni tashqi va ichki jarayonlar uchun alohida hisoblanadi. Tashqi jarayonlarga donni avtomobil va temir yo’l transportidan qabul qilish va yuklash kiradi. Ichki jarayonlarga donni separator usti bunkerlariga, don quritish moslamasi usti bunkerlariga yetkazish, donni tegirmonga uzatish, donni separator osti va quritgich osti bunkerlaridan keyingi jarayonlarga uzatish, bir silosdan ikkinchi silosga uzatish, hisobga olinmagan operatsiyalar kiradi.
Tashqi jarayonlarlar uchun noriyalar sonini hisoblash va tanlash.
a) Avtotransportdan qabul qilib olish uchun zaruriy noriyalar soni:

bu yerda: – donni bir soat ichida avtotransportdan maksimal qabul qilish hajmi (t/soat).


K – bir soat ichida donni qabul qilish tengsizligi koeffitsiyenti, qabul qilish bunkerining sig’imi 25 t bo’lsa Ka =1, bunker sig’imi 25 t dan kichik bo’lsa Ka =1,2 ga teng qabul qilinadi.
Qn – noriyaning belgilangan ish unumdorligi (elevatorga yillik don qabul qilishi 35000 t gacha bo’lsa – 100 t/soat noriyalar, qabul qilishi yuqori bo’lsa – 175 t/soat noriyalar qabul qilish tavsiya etiladi.).
Ki – noriyadan quvvati bo’yicha foydalanish foydalanish koeffitsiyenti.
Khi – xul va iflos donni tashishda noriya quvvatining o’zgarishini hisobga oluvchi koeffitsent.
KK – hajmiy og’irligi bug’doydan farq qiladigan don turlarini tashishda noriya quvvatining o’zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyenti.
b) Donni temir yo’l tranportiga yuklash uchun zarur bo’lgan noriyalar soni ham oldin ko’rsatilgan formula orqali aniqlanadi. Bunda Qguruh- bir kunda donni temir yo’l trasportiga yuklash hajmi, guruh hisobida, T-guruhni yuklash vaqti 3 soat 40 min yoki 3,66 soat.
Tashqi jarayonlarda noriyalar soni alohida qabul qilinadi.Noriyalar soni ko’payib ketgan hollarda noriyalar belgilangan quvvatini oshirib qayta hisoblash tavsiya etiladi.
Ichki operatsiyalarni bajarish uchun ishlatiladigan noriyalarni hisoblash va tanlash urug’li donlarga ishlov berish korxonalarida bir kunda maksimal bajaradigan jarayonlarining yig’indisi orqali aniqlanadi (noriya-soat). Alohida jarayonlarni bajarish uchun zarur bo’lgan noriya – soatlarni hisoblash quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:

bu yerda: A– jarayonlarning kunlik hajmi t/kuniga.

Ichki jarayonlarni bajarish uchun zarur bo’lgan noriyalar soni noriya-soatlar yig’indisining bir sutkada noriyaning ishlash soatiga bo’linmasi teng:
Bu yerda: - noriya-soatlar yig’indisi
24- bir kunda noriyaning ish vaqti.
Xamma ichki jarayonlarni bajarish uchun zarur bo’lgan noriyalar soni quyidagiga teng:

bu yerda: Kt – vaqt bo’yicha noriyadan foydalanish koeffitsiyenti.(Pn.r – 3,4 yoki 5 bo’lganda, 0,65; 0,70; 0,75 ga teng deb qabul qilinadi.)

Noriyalarning umumiy soni ichki va tashqi jarayonlarni bajarish uchun zarur bo’lgan noriyalar yig’indisiga teng, ya’ni:


Izoh: 1. Namligi 17 % dan yuqori aralashmalar miqdori 5 % dan ko’p bo’lgan bug’doyni tashishda Khi-koeffitsent qo’llaniladi, sekin yuruvchi noriyalar uchun 0,85; tez yuruvchi noriyalar uchun 0,7.
2. Hajmiy og’irligi bug’doydan farq qiladigan don turlarini tashishda Kk-koeffitsent qo’llaniladi, makajo’xori uchun 1,0; javdar va no’xat uchun-0,9; arpa va tariq uchun-0,8; sholi va grechixa uchun 0,7; suli uchun-0,65; kungaboqar uchun-0,6.

O’zioqar quvur. O’zioqar quvurlarning o’lchamlarini transport uskunalari unumdorligi bo’yicha qabul qilish tavsiya etiladi: unumdorlik 50...75 t/sut bo’lsa- Ø 220 yoki 200x200 mm; 100...175 t/sut bo’lsa- Ø 300 yoki 300x300 mm; 200...350 t/sut bo’lsa-Ø 380 yoki 350x350 mm o’lchamda bo’ladi.
Donni quritish moslamalarigacha bulgan quvurlarning tushish burchagi 450 deb qabul qilinadi, boshqa kommunikatsiyalar uchun – 360. SHoli kungaboqar, suli va arpa uchun quvurlarning qiyalik burchagi 450 dan kam bo’lmasligi kerak.
Aralashmalar uchun quyidagi quvur diametlari qabul qilish mumkin: suli uchun-140mm, mayda chiqindilar uchun 140 mm, separatorning saralovchi g’alviri qoldig’i uchun-220 mm, separator va aspiratsiya uskunalarining aspiratsiya chiqindilari uchun-300 mm.

Donni aylanma tarqatib beruvchi quvurlar. Donni aylanma tarqatib beruvchi quvurlar soni elevatordagi asosiy noriyalar soniga teng. Ish unumdorligi 100 – 175 t/soat bo’lgan noriyalar uchun VSH tipidagi, 350 t/soatli noriyalar uchun – TP tipidagi quvurlar qabul qilinadi.

Transportyorlar. Transportyorlar ish unumdorliklarini quyidagicha qabul qilish mumkin:
-donni avtomobil transportidan qabul qilish uchun-100, 175 t/s;
- donni temir yo’l transportidan qabul qilish uchun-350 t/s;
-donni temir yo’l trasportiga yuklash uchun -100, 175, 350 t/s.

Donni qabul qilish va qayta ishlash kor­xonalariga qabul qilishda urug’lik donlarning sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish muhim rol uynaydi.


Urug’lik donning sifat ko’rsatkichlarini aniqlashdan maqsad, omborxonalarda to’g’ri joylashtirishda, don yetishtiruvchi xo’jaliklar bilan hisob-kitob qilishda, o’rib olingandan keyingi ishlov berishda foydalaniladi. Namunalarni olish umumiy qabul qilingan standartlar bo’yicha amalga oshiriladi. Urug’lik donni sifat ko’rsatkichlari oddiy don kabi uch guruhga bo’linadi: umumiy, maxsus va to’ldiruvchi.
Umumiy sifat ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi: tozaligi (rangi, xidi, ta’mi), namligi, ifloslanganligi va zararkunanda­lar bilan zararlanganligi. Bu ko’rsatkichlar urug’lik donlar bilan ishlaganda hisobga olinishi shart.
Maxsus sifat ko’rsatkichlariga urug’lik holati, turi, mayda don miqdori, shishasimonlik, singan va yaroqsiz donlar miqdori, unib chiqishi, o’lchami va bir xilligi kiradi.
To’ldiruvchi sifat ko’rsatkichlariga urug’larning kimyoviy xusu­siyati, urug’lardagi oksil, ammiak, kraxmal miqdori, qo’ldorlik va boshqalar kiradi.
Urug’lik donlarga xos ko’rsatkichlarga ekish oldi sifati va navi kiradi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə