: O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi joriy etilayotgan islohotlar
Reja:
1. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi.
2. Ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo‘nalishlari.
3. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul
qilingandan keyingi islohotlar.
4. Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish.
5. Ta’lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanishning o‘rni.
6. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi
Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar. Mustaqillik yillarida ta’lim
tizimining tubdan isloh qilinishi. Mamlakatimiz istiqlolining eng dastlabki
kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni tiklash va yanada
yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tuzimini mustahkamlash, uni davr talablari bilan
uy’gunlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasigaolib chiqish
maqsadlariga favqulodda katta ahamiyat berildi. Bu o‘rinda istiqlolimizning ilk yillari
ta’limida amalga oshirilgan ayrim ishlarni ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda ta’limni o‘rni, vazifasi,
huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi Ta’lim to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
Maxsus qonun respublikamizda ta’lim mustaqilligini ta’minlab berish, kelajakda uni
milliylashtirishga, ta’lim taraqqiyotiga to‘liq bo‘ladigan barcha vositalarni oradan olib
tashlash bo‘yicha ta’lim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun to‘la huquqiy kafolatlar
barish, ta’limda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, ta’lim
202
bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yo‘llarini ochib
berishi, ta’lim muassasalari uchun o‘quv dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan
erkinliklar berishi, tajriba-sinovlar o‘tkazishni rag‘batlantirish, ta’limning noan’anaviy
turlarini yaratish va ularni rivojlantirishga, eng asosiysi, ta’limdagi tashabbuskorlik va
ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.
Ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning maqsad va yo‘nalishlari.
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida,
O‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo‘lga
qo‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari
bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki
taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab
texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan,
yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi ta’sir
ko‘rsatadigan asosiy omil – fan-texnika, madaniyat, ma’rifat, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar borasidagi yangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari
tajribalarini keng ko‘lamda o‘rganish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdir.
Ilm-fan, madaniyat va ma’rifat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka
ko‘taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini oldindan ko‘rsatib beradi. Ilm-
ma’rifat e’zozlangan, ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat berilgan mamlakatda
turish nizolar, urush to‘g‘risida o‘ylash hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Chunki
ilm-ma’rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. Ta’lim-tarbiyaga birinchi darajali ahamiyat
berish, bu haqda qayg‘urish mamlakat va xalq istiqbolini o‘ylash demakdir.
Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul
qilingandan keyingi islohotlar. Respublikada Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun hamda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlay boshlaganimizga ko‘p bo‘lgani yo‘q.
Shu davr ichida mazkur qonun va dasturni joriy etish uchun nimalar qilinadi?
Respublika ta’limida nimalar o‘zgardi? Shu masalalarni tahlil qilishga harakat qilamiz.
Avvalo, ta’lim taraqqiyotining...adhalarida ko‘zalagan bosh maqsad Respublika
ta’limini o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini milliy istiqlol g‘oyalari,
talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo‘yayotgan XXI asr ta’limini
taraqqiyot, ma’naviy-madaniy qarashlar ruhida bo‘lishini, eng muhimi, jahon
andozalariga javob bera oladigan darajada bo‘lishini ta’minlashdir.
Shu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida bajaradigan dastlabki tshkiliy
tadbirlarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Avvalam bor, bu ikki Qonunni ta’lim
muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab
chiqilib, Vazirlik hay’ati majlisida tasdiqlandi. Bu xujjatlarning maqsad va mohiyati
203
barcha vositalar orqali ta’lim muassasalarida, ota-onalar, aholi o‘rtasida keng
tushuntirildi. Ta’limga oid me’yoriy xujjatlar: konsepsiyalar, davlat ta’lim standartlari,
talablari, o‘quv rejalari va dasturlari Nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlar yuqoridagi
ichki qonun moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzliksiz ta’lim tizimi uzil-
kesil shakllantirildi.
Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish.
Ta’lim
taraqqiyotini
yuksaltirishda
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan foydalanishning o‘rni. Barkamol avlod, komil insonni tarbiyalash
bu jamiyatimiz oldida turgan eng muhim, muqaddas vazifadir. Bu muammoni
bajarmasdan na iqtisodiy, na ijtimoiy va ma’naviy sohada qo‘yilgan maqsadlarga
erishib bo‘lmasligini chuqur anglagan mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov
islohotlarni aytgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqishdan va hayotga
tatbiq etishdan boshladilar.
12 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi
Uzluksiz ta’lim tuzimi uchun davlat ta’lim standartlarini shlab chiqish va joriy etish
to‘g‘risidagi hamda 1998 yil 13 maydagi O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta
ta’lim tajriba-tayanch o‘quv rejasi, maktablari uchun Davlat ta’lim standartlari ishlab
chiqilib, ular 24 ta shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
barcha viloyatlar, Toshkent shaxar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tashkil
etilgan 322 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv yilida tajriba- sinovdan
o‘tkazildi. Bu jarayonda davlat ta’limi standartlari asosida yaratilgan sinov dasturlari
bo‘yicha har bir dars mavzusi o‘quvchilarning yoshi, psixoriziologik hususiyatlariga
mosligi, o‘zlashtirishdagi sifat ko‘rsatkichlari, mavzularning uzishligi, siddadan
murakkabga yo‘naltirilganligi, bir-birini to‘ldirishi o‘rganib borildi.
Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi.
Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, biz mamlakatimizning
istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib
voyaga yetishishga, farzandlarimizning hayotda nechog‘i faol munosabatda bo‘lishiga,
qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz
kerak. Shu sababli ham birinchhi navbatda, ta’lim mazmuni va uning tarkibini
kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta’lim mazmuniga nafaqat
bilim, ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi – ijodiy
faoliyat tajribasi, tevarak atrofga munosabatlarni kirishish g‘oyasi kun tatibiga
ko‘ndalang qilib qo‘yildi.
Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so‘z ketganda,
dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavxumlik, bilimlar bilan haqiqatni
204
mustaqil bilish metodlari o‘rtasidagi maqbul keladigan munosabatlarni aniqlash zarur.
Lekin bu ishlar o‘z yechimini topganicha yo‘q. Ochiqchasiga aytmaylik: Qaysi
darsliklardan Prezidentimizning O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida... yoki O‘zbekiston
XXI asrga intilmoqda kabi asarlarida ko‘tarilgan g‘oyalar o‘rin olgan? Javob yo‘q.
Endichi vazifa darsliklarning keyingi nashrlarida bunday namchiliklarini tuzatishdan
iborat. Dars jarayonida ta’lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch,
ta’lim jarayonining sub’yekti bo‘lishi kerak, ya’ni oqish, o‘rganish, muomala qilish
o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul
qilingandan keyingi islohotlarni sanab bering.
2. Ta’lim tizimini takomillashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish qanday samara beryapti?
3. Ta’lim taraqqiyotini yuksaltirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanishning o‘rni nimalarda deb bilasiz?
4. Yangi pedagogik texnologiyalarning ta’lim tizimida joriy etish tartibi
qanday?
ADABIYOTLAR
1. Karimov I. A. O‘zbekiston: miliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.
2. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. O‘zbekiston
3. Karimov I. A. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. O‘zbekiston
4. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. O‘zbekiston
5. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. O‘zbekiston
6. J. Gʻ. Yo‘ldoshev. Ta’lim yangilanish yo‘lida. T O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar
jurnali Tarix shoxidligi va saboqlari. T Xalq so‘zi gazetasi 1998.yil 17 iyun. Go‘xishev
B. Bilim – ezgulik yo‘li. T
5-Mavzu:
Dostları ilə paylaş: |