"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni
. Aslida har bir insonning 
ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot 
jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan 
mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs 
bo‘lolmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur 
qilish uchun uning funksiyalarini taxlil qilamiz. 
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi — suhbatdoshlarning o‘zaro 
bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz 
bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri 
ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, 
so‘rashadi, xol-ahvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham ana 
shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa 
millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. 
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi 
faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni 
shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, 
so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni 
ko‘rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin 
ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish 
qobiliyatlarini ham cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi. 
Muloqotning yana bir muhim vazifasi — u odamni u yoki bu faoliyatga 
hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan 
odamning qo‘li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina 
manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko‘plab tadqiqotlarda 
izolyasiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan. 
Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy 
xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, taqdir taqozosi bilan 
yolg‘izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli faoliyatlar bilan o‘zlarini band 
etishlari u qadar katta salbiy o‘zgarishlarga olib kelmasligini ham olimlar o‘rganishgan. 
Lekin baribir har qanday yolg‘izlik va muloqotning yetishmasligi odamda 
muvozanasizlik, hissiyotga beriluvchanlik, hadiksirash, havotirlanish, o‘ziga 
ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg‘izlikka 
mahkum bo‘lganlar ma’lum vaqt o‘tgach ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu 
avval biror ko‘rgan yoki his qilayotgan narsasi xususidagi gaplar bo‘lsa, keyinchalik 
nimagadir qarab gapiraverish ehtiyoji paydo bo‘lar ekan. Masalan, bir M. Sifr degan 


242 
olim ilmiy maqsadlarini amalga oshirish uchun 63 kun g‘or ichida yashagan ekan. 
Uning keyinchalik yozishicha, bir necha kun o‘tgach, u turgan yerda bir o‘rgimchakni 
ushlab oladi va u bilan dialog boshlanadi. «Biz, deb yozadi u, shu hayosiz g‘or ichidagi 
tanho tirik mavjudotlar edik. Men o‘rgimchak bilan gaplasha boshladim, uning taqdiri 
uchun qayg‘ura boshladim.» 
Shaxsning muloqotga bo‘lgan ehtiyojining to‘la qondirilishi uning ish 
faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar, ularning borligi, shu muhitda o‘zaro 
gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko‘pincha odamni ishlash qobiliyatini ham 
oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o‘tirib qilinadigan ishlar, birgalikda yonma-yon turib 
bajariladigan operasiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, 
tezroq ishlashga kuch va qo‘shimcha iroda topadi. To‘g‘ri, bu hamkorlikda o‘sha 
yonidagi odam unga yoqsa, ular o‘rtasida o‘zaro simpatiya hissi bo‘lsa, unda odam 
ishga «bayramga kelganday» keladigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham amerikalik 
sosiolog hamda psixolog Jon Moreno asrimiz boshidayoq ana shu omilning 
unumdorlikka bevosita ta’sirini o‘rganib, sosiometrik texnologiyani, ya’ni so‘rovnoma 
asosida bir-birini yoqtirgan va bir-birini inkor qiluvchilarni aniqlagan va sosiometriya 
metodikasiga asos solgan edi. 
Shunday qilib, muloqot odamlarning jamiyatda o‘zaro hamkorlikdagi 
faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etadi. Qolaversa, hozirgi yangi 
demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda 
emas, balki kollegial — birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo‘lganligini hisobga 
olsak, odamlarning muomala madaniyati va muloqat texnikasi mehnat unumdorligi va 
samaradorlikning muhim omillaridandir. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə