"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Idrok, tafakkur , nutq va xayol turlari



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

: Idrok, tafakkur , nutq va xayol turlari 
Reja: 
1. Idrokning ta`rifi va uning xususiyatlari. 
2. Taffakkur va uning ko`rinishi 
3. Nutq va uning turlari 
4. Xayol turlari 
Idrok. Idrokning ta’rifi va uning xususiyatlari. Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir 
etib turgan narsa va xodisalarning kishi ongida butunligicha aks etishi idrok deyiladi. 
Idrokning sezgidan farqi, narsalarni umumlashgan xolda, uning hamma xususiyatlari 
bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrokning muhim xususiyatlari uning predmetliligi, 


228 
yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. Idrokning 
predmetliligi ob’yektivlashtirish xodisasi deb atalgan xodisada, ya’ni tashqi olamdan 
olinadigan axborotlarning o‘sha narsaga mansubligida ifoda qilinadi. Predmetlilik 
idrokning belgisi sifatida hatti-harakatni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi. Biz 
narsalarga ularning ko‘rinishiga qarab emas balki ularni amaliyotda qay tarzda 
ishlatishimizga muvofiq xolda, yoki ularning asosiy xususiyatlariga qarab ham 
baholaymiz. Predmetlilik pertsevtiv jarayonlarning o‘zini ya’ni idrok jarayonlarning 
bundan keyingi shakllanishida ham rol o‘ynaydi. Idrokning yana bir xususiyati uning 
yaxlitliligidadir. Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks 
ettiradigan sezgilardan farqli ularoq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblanadi. Yaxlit 
obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida 
olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi. 
Idrokning yaxlitligi uning strukturaligi bilan bog‘langandir. Idrok ma’lum 
darajada bizning bir laxzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki 
oddiy yig‘indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavhumlashgan va bir 
muncha vaqt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz. Agar 
kishi biror ko‘yni tinglayotgan bo‘lsa, oldinroq eshitgan oxangi yangisi eshittirila 
boshlagandan keyin ham uning kulog‘iga chalinayotganday tuyulaveradi. Idrokning 
yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan ob’yektlarning 
o‘ziga xos xususiyat–laridir, va ikkinchi tomondan insonning konkret faoliyatida 
gavdalanadi, ya’ni analizatorlarning reflektor faoliyati natijasidir. Idroknnig 
doimiyligi, konstantligi narsani idrok qilish sharoitlari o‘zgarishiga qaramay, narsaga 
xos bo‘lgan kattalik, shakl, rang va boshqa xususiyatlarning idrokimizga nisbatan bir 
xilda aks etishidir. Masalan, yoritish darajsi o‘zgarishiga qaramay, biz qorni oq, 
ko‘mirni qora narsa sifatida idrok qilaveramiz. Qizil chiroq ostida kitob saxifasi qizil 
bo‘lib ko‘rinsa ham uni oq deb, samolyotdan qaraganda yerdagi odamlar va narsalar 
kichkina bo‘lib ko‘rinsa ham ularni odatdagiday kattalikda deb idrok qilaveramiz. 
Kitob qanday ko‘rinsa ham uni to‘rtburchak deb, stakandagi qoshiq siniq ko‘rinsa ham 
uni butun deb idrok qilamiz. 
Idrok yaxlitligi va konstantligi kishining o‘tmish tajribasiga bog‘liq bo‘lib, bu 
xususiyat appertsepsiya deyiladi. Demak, idrok faqat narsa emas, idrok etayotgan 
sub’yektning o‘ziga ham bog‘liqdir. Idrokda hamisha idrok etuvchi kishi shaxsining 
xislatlari, uning idrok etilayotgan narsalarga munosabati, kishining ehtiyojlari, 
qiziqishlari, intilishlari, istaklari va xis-tuyg‘ulari u yoki bu tarzda aks etadi (qandaydir 
shakllarni «uchburchak», «aylana», «krujka» deb idrok qilish). Shunday qilib, 
idrokning yaxlitligi va konstantligi uning teskari aloqa mexanizmi mavjud bo‘lgan va 


229 
idrok etilayotgan ob’yektning xususiyatlariga hamda uning hayot sharoitlariga 
moslashadigan, o‘zini-o‘zi tartibga soluvchi o‘ziga xos xodisa ekanligi bilan ham 
izohlanadi. 
Idrok ham sezgi kabi reflektor jarayondir. Shartli reflekslar, miya pustlog‘idagi 
muvaqqat bog fiziologik asosini tashkil etadi. Bosh miya pustida eng kuchli, dominant 
qo‘zg‘alish uchastkalarining yuzaga kelishi shaxsning xususiyatlari yoki xolati bilan 
bog‘liq bo‘lgan idrok yo‘nalishining fiziologik asosini tashkil etadi. Idrokning 
fiziologik asosi nerv bog‘lanishlarining ikkita turidan-bitta analizator doirasida hosil 
bo‘ladigan bog‘lanishlardan va analizatorlar aro bog‘lanishlardan tarkib topadi. (Bitta 
retseptor va bir necha retseptor bilan idrok qilish). Idrokni klassifikasiya qilinishida 
ham sezgilardagi kabi idrok etishda ishtirok etuvchi analizatorlardagi mavjud farqlarga 
asoslanadi. Idrok etishda qaysi analizator ustunroq kelganiga muvofiq ko‘rish-eshitish, 
paypaslab ko‘rish, kinestezik, xidlash va ta’m bilish yo‘li bilan idrok qilinishi 
farqlanadi. Idrok qilish jarayoni odatda o‘zaro birgalikda bir qancha analizatorlar 
vositasida sodir bo‘ladi. Harakat sezgilari u yoki bu darajada idrokning barcha turlarida 
ishtirok etadi. 
Fazoni idrok qilish. Fazoni idrok qilinishi kishining o‘zini kurshab turgan 
muhitni chamalashining mukarrar shartlaridan bo‘lib, uning ushbu muhit bilan o‘zaro 
birgalikdagi harakatida katta rol o‘ynaydi. Fazoni idrok qilish ob’yektlarning shakli, 
xajmi va o‘zaro birgalikda joylashuvi, ularning satxi, olisligi va yo‘nalishlarining idrok 
etilishini o‘z ichiga oladi. Fazoni chamalashda harakat analizatori alohida rol o‘ynaydi. 
Fazoni chamalashning maxsus qurollari qatoriga analizatorlar faoliyatida har ikkala 
yarim sharlar o‘rtasidagi nerv bog‘lanishlarini: binokulyar ko‘rishni, binoural 
eshitishni, terining bimanual to‘yishini, dirinik xid bilishni va shu kabilarni kiritish 
lozim. Ko‘zlarning turli olislikdagi narsalarini aniq ravshan ko‘rishga moslashuvi 2 ta 
mexanizm-akkomodasiya va konvergensiya yordamida yuz beradi. 
Akkomidatsiya-ko‘z gavharining egriligini o‘zgartirish yo‘li bilan uning aksini 
sindirib qaytarish qobiliyatini o‘zgartirish demakdir. Akkomodasiya, odatda 
konvergensiya bilan ya’ni ko‘rish o‘qlarini qayd qilinayotgan narsaga yo‘naltirilishi 
bilan bog‘liqdir. Konvergensiya burchagi bevosita masofa indikatori ya’ni o‘ziga xos 
masofa o‘lchagich (dalnomer) sifatida foydalaniladi
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar idrok «texnikasini» egallaydilar: narsani 
sinchiklab ko‘zdan kechirishga, tinglashga, narsaning asosiy va muhim xususiyatlarini 
ajrata olishga o‘rganadilar, idrok maqsadga yo‘nalgan, boshqariladigan, ongli 
jarayonga aylana boradi. 
O‘quvchining yoshi o‘lgaygan sari, uning idroki yanada mazmunli bo‘lib boradi. 


230 
O‘quvchi idrokining ko‘lami kengayadi, o‘quvchi narsalarni rejali, izchil, ixtiyoriy 
ravishda va har tomonlama idrok qilishga o‘rganib boradi. 
O‘smirlar o‘zlariga yoqadigan narsalarni qunt va sabot bilan idrok qiladilar. 
O‘smirlar bir narsaning o‘zini ko‘p marta idrok qilishni uncha yoqtirmaydilar - bu xol 
ham o‘smirlar idrokiga xos bo‘lgan xususiyatlardan hisoblanadi. Ammo maktabgacha 
yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar yoqtirgan narsalarini qayta–qayta eshitib 
yoki ko‘rib roxatlanaveradilar. O‘smirga narsa va xodisalarning yangi tomonlarini 
mustaqil ochish juda yoqib tushadi. O‘smirlar hamisha narsa va xodislarning aql va 
xayolni maftun etuvchi qandaydir yangi, g‘alati tomonlarini izlaydilar. Bu yoshdagi 
bolalarni qaxramonlar jasorati, buyuk voqealar, o‘lkan kashfityolar haqidagi va shu 
kabi xikoyalarni zo‘r e’tibor bilan tignlashlariga qaxramonona ishlar, sarguzashtlar 
haqidagi hamda ilmiy–fantastik adabiyotlarni sevib o‘qishlariga sabab ham shundadir. 
O‘smirlar amalda ishlatib ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarni zo‘r qiziqish bilan idrok 
qiladilar. Shu sababli ular tajribalar ko‘rsatilishini juda yoktiradilar. Yuqori sinf 
o‘quvchilarining idroki maqsadga ko‘proq yo‘nalgan bo‘ladi va ular idroklarini o‘zlari 
idora qila biladilar. 
Tafakkur. Sezgi, idrok orqali narsa va xodisalarning sezgi organlari orqaligina 
bilish mumkin bo‘lgan xususiyatlari aks etsa, bu bilan bilish doirasi cheklandi degani 
emas. Narsa va xodisalar bevosita bilib bo‘lmaydigan xususiyatlarga, o‘zaro aloqaga, 
rivojlanish qonuniyatiga ega. Masalan, yer bilan quyoshgacha, yulduz va oygacha 
bo‘lgan masofani bevosita aniqlash mumkin emas; elektr tokining simdan o‘tishini, 
atom tuzilishini, yorug‘lik tezligini, uzoq tarixiy jarayonlar rivojlanishini va shunga 
o‘xshashlarini bevosita kurish mumkin emas. Shunga qaramay, inson o‘lchaydi, 
aniqlaydi, bilib oladi. Shunday qilib, vositali aks ettirish tafakkur jarayonining 
xususiyalaridan 
biridir. 
Tafakkurning 
yana 
bir 
xususiyati–bu 
voqelikni 
umumlashtirilgan xolda aks ettirilishidir. 
Tafakkur voqelikni umumlashtirilgan xolda, qonuniy bog‘lanishlarni so‘z va 
tajriba vositasida aks ettirishdir. Narsa va xodisalar rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash 
bilan odam, tabiat va kishilik jamiyati taraqqiyotini boshqarish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Odam tafakkuri til bilan chambarchas bog‘liqdir. Tafakkur, barcha psixik 
jarayonlardek, miya faoliyatining natijasidir. Odam fikr yuritayotganda miyada 
murakkab jarayonlar sodir bo‘ladi, miya pustlogida markazlar o‘rtasida bog‘lanishlar 
yuzaga keladi. Xilma-xil muvaqqat nerv bog‘lanishlari (assosiasiyalar)ni hosil qilish 
miya pustlog‘ining murakkab sintetik faoliyatidir. Fikrlar muvaqqat nerv 
bog‘lanishlari differensirovka qilinishi, ya’ni ayrim nerv bog‘lanishlarini 
mustahkamlashi, boshqalarining tarmoqlanishi natijasida mukammallashadi va 


231 
aniqlanib boradi. Miya po`stining bunday faoliyati analitik faoliyat deyiladi. 
Nutq turlari va Nutq turlari
Spiker kim ? Bu ommaviy nutq tinglovchilariga rejalashtirilgan ta'sir ko'rsatadi. 
Bunday insonlar xizmatda ham, do'stlikda ham qadrlanadi. Biroq, yaxshi hikoya 
qiluvchi yaxshi ma'ruzachi emas. Uy-ro'zg'or nutqi - bu jamoatchilik bilan aloqaning 
faqat bitta turi. So'ng, biz turli xil tasnifdagi so'z turlarini va ushbu turlarning har biriga 
qo'yiladigan talablarni ko'rib chiqamiz. Bu bizga qaysi oratorik nutqning qanday 
bo'lishi kerakligi haqida savol berishimizga yordam beradi. 
Nutqning turlari va vazifalari.
-Ishtirokchilar soni bo'yicha: 
Suhbatdagi ishtirokchilar soniga (bir yoki undan ko'p) qarab, nutq monolog va 
dialogiy bo'lishi mumkin. Suhbat "boshlang'ich - asosiy qism - oxir" sxemasiga asosan 
quriladi. Ishtirokchilarning nusxalari o'zaro bog'liq bo'lib, bir-biridan chiqishadi. 
Bunday nutq o'z-o'zidan paydo bo'ladi, chunki suhbatdoshning reaktsiyasi aniq ma'lum 
emas. Monologdan keladigan asosiy farq. Dialog kundalik muloqot, biznes suhbati va 
boshqalar uchun xizmat qilishi mumkin. Monolog ham o'z-o'zidan bo'lishi mumkin va 
ehtimol hatto tayyorlangan bo'lishi mumkin. Jamoatga yuborilgan monolog izchil, 
tuzilgan bo'lishi kerak. Buning uchun yuqorida keltirilgan ma'noni ta'kidlaydigan va 
tinglovchining e'tiborini tortadigan (intonatsiya, imo-ishoralar, pauzalar) qo'shimcha 
tilni qo'llamaslik kerak. Nutqning turlari (monologik) uning maqsadiga qarab 
farqlanadi: rag'batlantiruvchi, ma'lumot beruvchi yoki ishonchli. 
-Yo'nalish bo'yicha: 
Nutq turlari ichki va tashqi jihatdan ajralib turadi. Tashqi qismda allaqachon 
yuqorida aytib o'tilgan turlarni (suhbat va monolog, jumladan, yozma) o'z ichiga oladi. 
Ichki nutq - bu faoliyat uchun tayyorgarlik, u qisman va tashqaridagi dialogiy nutqqa 
o'xshash, vaziyatga tayyor emas. Uning o'ziga xos tomoni shundaki, suhbatdosh 
tomonidan noto'g'ri tushunishning imkoni yo'q va bu so'zlarni mustahkamlash uchun 
qo'shimcha vositalardan foydalanishning hojati yo'q. Shuningdek, oraliq nuqtai nazar 
- egozentrik nutq, ya'ni u etarlicha rivojlangan, o'ziga qaratilgan va boshqalarning 
reaktsiyasi uchun hisoblanmaydi. Agar vaziyatni diqqat bilan ko'rib chiqishni talab 
qilsa, u ko'pincha bolalar va hatto katta yoshdagilarda kuzatilishi mumkin. 
- Shaklga muvofiq: 
Bu og'zaki va yozma. Agar oratorik nutq haqida gapiradigan bo'lsak, biz, albatta, 
og'zaki shaklga qiziqishdamiz. 
Ochiq nutqning xususiyatlari va turlari: 
Nutq tinglovchilarga ta'sir qilish uchun mo'ljallangan monolog shaklidagi tashqi 


232 
nutqdir. Nutqning maqsadiga erishish uchun ishonchli axborot manbalariga asoslangan 
holda yaxshi tayyorlanish kerak; Barkamol qilib yaratilgan, mantiqqa emas, balki 
tinglovchilarning his-tuyg'ulariga ham e'tibor qaratadigan jiddiy dalillar mavjud. 
Nutqning mazmuni vaziyat bilan bog'liq bo'lishi kerak. Yuqorida aytib o'tilgan tilga 
xos bo'lmagan vositalar alohida ahamiyatga ega: bu nutqlarda pauzalardan to'g'ri 
foydalanish, muhim qismlarni intonal tarzda taqsimlash, og'zaki bo'lmagan signallar: 
imo-ishora, durust. Nutqda nutq turlari uning funktsiyalari, nutqning maqsadlari bilan 
bog'liq. Shunday qilib, ommaviy axborot vositalari: 
1. Ijtimoiy-siyosiy 
Bu tashviqot nutqi, parlamentdagi nutqlar, mitinglarda. Ularning ikkalasi ham 
loyiha, ham tushunarli bo'lishi mumkin, ular haqiqatga tayanadi va, odatda, noaniq. 
Ularda iqtisodiy va siyosiy so'zlar mavjud. Agar biz mitingda nutq so'zlayotgan 
bo'lsak, unda u hissiy rangga bo'yaladi, gaplashadi. 
2. Akademik 
Ular konferentsiyada ma'ruzalar, ma'ruzalar va nutqlardir. Odatda ular ilmiy 
jihatdan ishlab chiqilgan, lekin ko'proq ta'sirga erishish uchun hissiy rangli so'zlar ham 
paydo bo'lishi mumkin. Hisobotlar va ma'ruzalar yaxshi tuzilgan bo'lishi kerak va 
ma'ruzalar mavzuga rioya qilishlari va e'tibor qaratishlari kerak. 
3. Sud 
Bu ayblov va mudofaa nutqi. Ular tergov ma'lumotlari, guvohlarning 
ko'rsatmalari bo'lishi kerak va ularning maqsadi ayblanuvchining aybini isbotlashdir 
(emas). 
4. Ijtimoiy va ma`naviy 
Ular tantanali, tabrik va marosim nutqlari bo'lib, unda "bayramni tabriklari” 
bo`ladi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Idrok nima va uning xususiyatlarini aytib bering. 
2. Akkomidatsiyaga ta`rif bering. 
3. Ekstrotseptorlarni necha guruhga ajratishimiz mumkin? 
4. Nutq va uning ko`rinishi haqida gapirib bering. 
ADABIYOTLAR 
1. 
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol 
avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 
1998. 
2. 
O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: 


233 
"Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 
3. 
Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston 
faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 
4. 
Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, 
fan va texnologiya. 2010 
5. 
Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. 
6. 
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – 
Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 
9-Mavzu

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə