"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Muomala texnikasi va strategiyasi



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Muomala texnikasi va strategiyasi 
Reja: 
1.
Insoniy munosabatlar psixologiyasi. 
2.
Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni. 
3.
Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. 
4.
Muloqot va uni o‘rganish muammolari. 
5.
Muloqotning psixologik tizimi. 
 
Insoniy munosabatlar psixologiyasi.
Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli 
deyilishining eng asosiy sababi — uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o‘zaro 
ta’sir doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli 
faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. 
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-
yuz» bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o‘xshash) 
orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki 
do‘stona bo‘lishi; subekt-subekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki subekt-obektli 
(monologik) bo‘lishi mumkin. 
Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro 
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar 
o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu — quvonchlar 
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi 
munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik 
kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta 
jumladan» ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim xollarda esa ana shunday 
muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan 
gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi 
munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning 
barcha a’zolari o‘rtasida emas, uning ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin (ona-
bola, qaynona-kelin va x-zo). 
O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan 
asosiy maqsadlari — o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning 
murakkabligi, kerak bo‘lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til topishish 
yoki tomonlarning aynan bir xil o‘ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana 
shunday vaziyatni tasavvur qiladigan bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng 
beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‘rishmay qolgan 


240 
do‘stingizni ko‘rib qoldingiz. Siz undan xol-ahvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni sizga 
berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqat 
juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta o‘sha odam bilan iloji boricha rasman salom 
— alikni bajo keltirib o‘tib ketavergan bo‘lardingiz. Ya’ni, muloqot faoliyati shunday 
shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va 
tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar 
davomida o‘ziga jalb etadi. 
Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan, 
ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi 
suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar. 
XXI asr bo‘sag‘asida odamning eng tabiiy bo‘lgan muloqotga ehtiyoji, uning 
sirlaridan xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo‘lgan intilishi 
yanada oshdi va buning qator sabablari bor. 
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o‘tib bormoqdamiz. 
Axborotlarning ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u 
bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga 
aylanadi va bu o‘z navbatida insonlarga zarur axborotlar uzatilishi tezligi va tempini 
o‘zgartiradi. 
Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining 
ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar tig‘iz 
sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik asosidagi 
muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporasiyalar asri bo‘ladi, deb 
bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporasiya insonlarning o‘zaro til 
topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo‘lishi haqida 
gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko‘p xollarda bevosita 
yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa, fakslar, elektron 
pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo‘nda fikrlarni uzatishni nazarda tutadi. Bu 
ham o‘ziga xos muloqot malakalarining ataylab shakllantirilishini taqozo etadi. 
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-xunarlar soni ortdiki, ular 
sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning 
samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil 
xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday sharoitlarda 
odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat mahsulini 
belgilaydi. 
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga 
o‘rgatish (sosial psixologik trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarning ham 


241 
jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi. 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə