"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari. 
Odamlar bir-birlari bilan 
muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri — o‘zaro bir-
birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr — g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash
ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Psixologik ta’sir — bu turli 
vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir 
ko‘rsata olishdir. 
Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi. 
1.
Verbal ta’sir — bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimizdir. 
Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq — bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala 
jarayoni bo‘lib, uning vositasi — so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik 
nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan 
so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni hoxlaydi. 


243 
2.
Paralingvistik ta’sir — bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni 
kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda 
ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan 
amalga oshiriladigan xarakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do‘stimiz bizga 
biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib 
olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan «Albatta bajaraman!», desa 
ishonamiz, albatta. 
3.
Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz»dir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda 
bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, xolatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, 
pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita xis qilishlar, tashqi qiyofa, undan 
chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot 
jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib 
olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida 
o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, «Ko‘rganimdan biram xursandman», 
desa, ishonasizmi? 
Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga 
ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lishganda, dastavval nima deyish, qanday so‘zlar vositasida 
ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular atrofidagi xarakatlar muhim 
rol o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, 
birinchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo‘lishiga 
gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38%, va noverbal xarakatlar 58% gacha 
ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o‘zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichida 
yurgan bir maqol to‘g‘ri: «Ust — boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab 
kuzatishadi». 
Muloqotning qanday kechishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bo‘lishi 
sheriklarning rollariga ham bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori — bu shunday sherikki, 
unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun 
barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydaladi. Agar boshliq ishi tushib, biror 
xodimni xonasiga taklif etsa, u o‘rnidan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, xol-ahvolni 
ham quyuqroq so‘raydi va so‘ngra gapning asosiy qismiga o‘tadi. 
Ta’sirning adresati — ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning 
suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u 
tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin 
bo‘ladi. 
Muloqot va uni o‘rganish muammolari
.
 
Oxirgi yillarda «professionalizm» 
tushunchasi tez-tez ishlatiladigan bo‘lib qoldi. Chunki jamiyatda tub islohotlarni 


244 
amalga oshirish, mehnat unumdorligini «inson omili»ni takomillashtirish hisobiga 
oshirish davr talabi bo‘lib qoldi. Ayniqsa, odamlarni boshqarish sohasidagi 
professionalizmga katta e’tibor qaratilmoqda. Juda ko‘pchilik mutaxassislar barcha 
bajaradigan funksiyalari orasida odamlar bilan til topishish, ularga ta’sir ko‘rsatish, ular 
faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarish eng murakkablaridan ekanligini e’tirof 
etmoqdalar. Odamlar bilan normal munosabatlarni o‘rnata olmaslik, ayniqsa, biznes 
sohasida amaliy sheriklarning xolatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o‘z nuqtai 
nazariga o‘zgalarni professional tarzda ko‘ndira olmaslik, «birov»ni, uning ichki 
kechinmalari va o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy 
psixologiyada kommunikativ uquvsizlik, yoki diskommunikasiya xolatini keltirib 
chiqaradi. Bunda odamlar oddiy til bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar, 
shuning oqibatida pishib turgan loyiha yoki yaxshi reja amalga oshmasligi, bir necha 
oylarga cho‘zilib ketishi mumkin. 
Shuning uchun ham hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining tadbiqiy 
yo‘nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlarni kommunikativ 
bilimdonlikka o‘rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta 
ahamiyat berilmoqda. Har bir korxona, xususiy firma yoki davlat muassasasini 
boshqaruvchi menedjer, rahbar tayyorlash muammosi ana shu rahbarlarni, 
boshqaruvchilarni psixologik jihatdan odamlar bilan ishlashga o‘rgatish muammosini 
chetlab o‘tolmaydi. Umuman, hozirgi davrda har qanday mutaxassis — vrach, 
muxandis, o‘qituvchi, iqtisodchi, agronom, quruvchi, jurnalist, madaniyatshunos yoki 
boshqalar ham kommunikativ malakalarga ega bo‘lmaguncha, bozor munosabatlari 
sharoitida tezda jamoaga kirishib, ko‘pchilik bilan til topishib, o‘z professoinal 
mahoratini ko‘rsata olmaydi. Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish 
mahorati va san’atiga ega bo‘lishi kerak. 


245 
Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o‘rgatishni har qachongidan 
ham dolzarb qilib qo‘ymoqda. To‘g‘ri, muloqotga kirishish — ijtimoiylashuv 
jarayonida barcha sifatlardan oldinroq shakllanadigan qobiliyatlardan, u tabiiy va 
hayotiy narsa. Bola tili juda yaxshi chiqib ulgurmay, atrofidagilar bilan aktiv 
muloqotga kirisha boshlaydi. Lekin masalaning paradoksal tomoni ham shundaki, 
yillar o‘tgan sari ongli, aqlli odam har bir gapini o‘ylab gapiradigan, har bir qadamini 
o‘ylab bosadigan bo‘lib qoladi, bu uning jamiyatdagi mavqesini belgilovchi vositadir. 
Bu muloqotga kirishishga ruhan tayyorlanishning ahamiyatini ham odam anglashini 
taqozo etadi. Shunday qilib, ana shu eng tabiiy va bir qarashda oddiy inson faoliyati 
shu qadar murakkab va serqirraki, uning mexanizmlarini o‘rganish, guruhlarda to‘g‘ri 
munosabatlarni tashkil etish va odamlarni samarali muloqatga o‘rgatish muammosi 
bugungi ijtimoiy psixologiyaning muhim masalalaridandir. 
Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi: 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə