"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

aktiv xolat.
Bu — agar kreslo yoki divan kabi mebel bo‘lsa, unga bemalol 
yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, 
mimika, bosh chayqash kabi xarakatlar bilan uning har bir so‘ziga 
qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi; 
suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish.
Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb 
qilib, balki keyin navbat kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko‘ndirishning 
samarali yo‘lidir.
 
o‘ychan jimlik
. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan 
tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni 
bildirish yo‘li.
 
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-
o‘ziga xurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur 
qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali 
bo‘lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini 
ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalarning shakllanishiga sharoit 
yaratadi. Shuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar 
talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon 
ham teng yutadi. 
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon — gapirish va tinglashning 
faol o‘zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining 
psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin 
bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga 
ataylab o‘rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‘z uslubi bo‘lib, 


246 
uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT — muloqot jarayoniga 
odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni 
maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida 
odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi. 
Muloqotning psixologik tizimi 
Til muomala vositasidir. Til muomalaga kirishuvchilar o‘rtasidagi 
kommunikasiyani ta’minlaydi, chunki uni axborot beruvchi ham, uni qabul qiluvchi 
ham birday tushunadi. Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul 
qiluvchi (resipiyent) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda 
bir-birini to‘g‘ri tushunolmaydi.
Muloqot ishtiroqchilari o‘z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta 
tiklashga, his-tuyg‘ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. 
Shaxsga boshqa odamlarning faqat tashqi qiyofasi, ularning fe’l-atvori va hatti-
harakatlari, ular qo‘llanadigan kommunikativ vositalargina bevosita in’om etilgan va 
ana shu ma’lumotlarga tayangan holda o‘zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning 
kimligini tushunib yetish, ularning qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa chiqara 
olish uchun muayyan ishni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Taniqli psixolog S.L.Rubinshteyn 
shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar 
ekanmiz, biz ularning xulq-atvoriga qarab mo‘ljal olamiz. Negaki, biz ularning tashqi 
ma’lumotlari mohiyatini guyo “o‘qib”, ya’ni “mag‘zini chaqib” chiqamiz, shu yo‘sinda 
matnning ichki psixologik jihati mavjud bo‘lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday 
o‘qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda 
muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan 
psixologik ichki ma’no hosil bo‘ladi. 
Bir qarashda osonga o‘xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda 
murakkab jarayon bo‘lib, unga odam hayoti mobaynida o‘rganib boradi. Muloqotning 
psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F. Parigin shunday yozadi: «Muloqot 
shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi: 
a) individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni; 
b) individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; 
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni; 
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati;
s) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni.
Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo‘lib, dastlabki bosqich – 
odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» darsligida: 


247 
«Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demaq u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera 
oladi», - deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning 
boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi 
bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib 
yursa, demaq u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni 
boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demaq boshqalar bilan muloqot – muloqotning 
ikkinchi bosqichidir. 
A.N.Leontev o‘zining «Psixika taraqqiyotidan ocherklar» kitobida muloqotning 
uchinchi shakli – avlodlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati to‘g‘risida shunday deb 
yozadi: «Agar barcha katta avlod o‘lib ketganda, insoniyat turi yo‘q bo‘lib ketmasdi, 
lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo‘qolib ham ketishi 
mumkin edi». Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir 
jamiyatning o‘z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning 
ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg‘or vakillari uni doimo keyingi avlodlar 
uchun saqlab keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni 
avloddan-avlodga uzatadilar.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi? 
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni? 
3.Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari? 
4.Muloqot va uni o‘rganish muammolari? 
5.Muloqotning psixologik tizimi? 
ADABIYOTLAR
 
1. 
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol 
avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 
1998. 
2. 
O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: 
"Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 
3. 
Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston 
faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 
4. 
Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, 
fan va texnologiya. 2010 
5. 
Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. 


248 
6. 
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – 
Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997 
12-Mavzu: 

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə