"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari va



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Mehnat unumdorligi, uni oshirish omillari va 
ko‘rsatkichlari.
Reja: 
1.Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini 
oshirishning 
rezevlari.
2.Mehnat 
unumdorligining 
ko‘rsatkichlari 
va 
uni 
oshirish 
yo‘llari.
Tayanch 
iboralari:
mehnat unumdorligi; omillar; ichki va tashqi omillar; mehnat unumdorligini 
oshirishning 
moddiy-texnika, 
tashkiliy, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
omillari; 
mehnat 
unumdorligini oshirish rezevlari; jonli mehnatdan foydalanishni yaxshilash rezevlari, 
asosiy va aylanma fontlardan yanada samaraliroq foydalanish rezevlari; zahira va 
nobud bo‘lish rezevlari; joriy va istiqbol rezevlari; xalq xo‘jalik, tarmoq va ichki ishlab 
chiqarish rezevlari; umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko‘rsatkichlar.
Mehnat unumdorligi tushunchasi, uning omillari va mehnat unumdorligini 
oshirishning 
rezevlari
Mehnat unumdorligi-
bu xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi 
ko‘rsatkichidir. Mehnat samaradorligi tushunchasi esa unumdorlik tushunchasidan 
kengroq bo‘lib, u iqtisodiy jihatlar (aslida mehnat unumdorligi) dan tashqarii yana 
psixofiziologik va ijtimoiy jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Quyidagi talablarga rioya 
qilinmasa, mehnat unumdorligining o‘sish sur’atlari ham muqarrar ravishda pasayadi: 
-noqulay sanitariya –gigiyena va inson sog‘lig‘i uchun zararli mehnat shart-sharoitlari; 
-kasallanish tufayli ish vaqtining befoyda sarf bo‘lishi; -inson mehnatining eng faol 
davrining qisqarishi; -qo‘shimcha ta’tillar berilishi va boshqalar.


260 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo‘yicha 
hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko‘payishi 
va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to‘planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga 
ega emas. Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko‘pgina omillar ta’sir 
qiladi. Omillar deb, mehnat unumdorligining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan 
xarakatlantiruvchi kuchlar va sabablarga aytiladi. Ularning ayrimlari mehnat 
unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga 
sabab bo‘lishi mumkin: Omillarning birinchi guruhiga mehnat unumdorligi kuchining 
ortishi, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishning, mehnatkashlar ijtimoiy 
sharoitining yaxshilanishi, ikkichi guruhga
 
tabiiy sharoitlarning noqulay tasir etishi, 
ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy 
elementlarning yomon tasiri kiradi. Ayrim korxona yoki tashkilot darajasigi omillarni 
ichkiva tashqi turlarga bo‘lish mumkin. Ichki omillarga korxonaning texnika bilan 
qurollanish darajasini, darajasini, ishlatilayotgan texnologiyaning samaradorligi, 
mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta’minlashi darajasini, tatbiq etilayotgan 
rag‘batlantirish tizimlarining ta’sirchanligini, kadrlarga ta’lim berish va ularning 
malakasini oshirishni kadrlar tarkibining yaxshilanishini va korxona jamoasi, hamda 
uning rahbarlariga bog‘liq bo‘lgan barchasi kiradi. Tashqi omillarga davlat 
buyurtmalari va bozordagi talab, hamda taklifning o‘zgarishi munosabati bilan 
mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasining o‘zgarishi, jamiyat va 
mintaqalarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlari, boshqa korxonalar Bilan 
kooperasiyalashuv darajasi, moddiy texnika ta’minotining pishiq-puxtaligi, tabiiy 
shart-sharoit va hokazolar taalluqli. Barcha omillarni o‘z ichki mazmuni va mohiyatiga 
ko‘ra, quyidagi uchta asosiy guruhga birlashtirish qabul qilingan:
Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy texnika omillari 
(ularga fan-texnika 
taraqqiyotini uzluksiz rivojlantirish asosida mehnatning texnika va energiya bilan 
ta’minlanishini oshirish kiradi), tashkiliy omillar (ularning amal qilishi ta’siri) shu 
narsa bilan bog‘liqki, fan-texnika taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, 
texnologiya) moddiy asosining ta’minlashuvi va xilma-xil, ko‘p hollarda esa 
anchamurakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi, 
balki, faqat ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo‘lganlarning faol mehnat 
faoliyati 
natijasidagina 
sodir 
bo‘ladi).

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə