"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

 
 
ADABIYOTLAR 
1. 
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol 
avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 
1998. 
2. 
O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: 
"Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 
3. 
Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston 


219 
faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 
4. 
Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, 
fan va texnologiya. 2010 
5. 
Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. 
6. 
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – 
Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 
7-Mavzu: 
Sezgi, diqqat, xotira va ularning turlari 
Reja: 
1. Psixik xodisalar, xolatlar, jarayonlar haqida tushuncha. 
2. Bilish jarayonlari haqida tushuncha. 
3. Diqqat va uning turlari 
4. Sezgi, idrok, tafakkur, xayol jarayonlari, ularning o‘xshashligi va farqlari. 
5. Xotira va uning funksiyasi, turlari. 
Psixik jarayonlar tashqi olamni ongda aks ettirish, unga javob reaksiyalarini 
berish bilan bog‘liq jarayonlarning barchasini o‘z ichiga oladi. Psixik jarayonlar 
ongning o‘zida paydo bo‘lib, ongning o‘zida tugallanadi degan fikrni Sechenov 
mutlako noto‘g‘ri fikr deb hisoblagan edi. Psixik xodisa xali yuzaga kelmagan 
natijadan ham darak beradi. Psixik jarayonlar signal yoki boshqaruv funksiyasini 
bajarib, sharoitga moslashtirishga yoki javob reaksiyasini berishga xizmat qiladi. 
Psixik jarayon, ma’lumki o‘ziga emas balki, miyaning mohiyati, uning tegishli 
bo‘lmalari funksiyasi sifatida olam haqidagi axborotlarning qayoqqa ketishi, qayerda 
saqlanishi va qayta ishlanishini ko‘rsatuvchi javob reaksiyasining boshqaruvchisidir. 
Psixik jarayonlar o‘z navbatida bilish jarayonlari, emosional jarayonlar, shaxsning 
irodaviy xolatlari va shaxsning individual xususiyatlari deb nomlangan qismlarga 


220 
bo‘lib o‘rganiladi. 
Psixik xodisalar–bu faoliyatning hozir ta’sir etayotgan (sezgi, idrok) yoki 
qachonlardir, ya’ni turmush tajribada (xotira) yuz bergan qo‘zg‘oluvchiga javob 
tarzida ro‘y beradigan ana shu ta’sirni umumlashtiradigan, ular pirovard natijada olib 
keladigan natijalarni (tafakkur, xayol) oldindan ko‘ra olishga yordam beradigan, bir xil 
ta’sirlar natijasida faoliyatni (xis–tuyg‘u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, 
umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta’sirlar oqibatida uni 
tormozlaydigan, odamlar xulq–atvoridagi (temperament, xarakter va b.) tafovutlarni 
aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilaridir. Tashqi olamni aks ettirishda rol o‘ynaydigan 
jarayonlar deganda sezgi, idrok, tafakkur, xayolni tushunamiz. Biroq boshqa psixik 
jarayonlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Psixik jarayonlarda I signallar tizimi bilan bir qatorda 
odam uchun xos bo‘lgan II signallar tizimi ham ahamiyatlidir. 
Xoxlagan psixik jarayonning sodir bo‘lishi va davom etishi shunday bir ruhiy 
xodisaga bog‘liqki u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning samaradorligiga ta’sir 
o‘tkazadi. Bu diqqatdir. Diqqat ongning bir nuqtaga qaratilishi bo‘lib, shaxsning 
aktivligini hamda uning ob’yektiv borliqdagi narsa va xodisalarga tanlovchi 
munosabatini xarakterlaydi. Diqqat bo‘lmasa, aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham 
bo‘lmaydi. Diqqatning uch turi bor: ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so‘nggi diqqat 
turi. Diqqatning quyidagi xususiyatlari bor: diqqat ko‘lami, davomiyligi, taqsimlanishi, 
chalg‘ishi, ko‘chishi, mazmuni va diqqat barcha kasb egalari uchun ham birday 
zarurdir. Ilm olish, kasb egallash, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, el–yurt xurmatiga 
sazovor bo‘lish uchun ongni bir nuqtaga to‘plab faoliyat ko‘rsatish zarur. 
Sezgilar. Tevarak atrofdagi olamning boyligi haqida, tovushlar va ranglar, xidlar 
va xarorat, miqdor va boshqa ko‘plab narsalar to‘g‘risida biz sezgi a’zolari 
vositachiligida axborotlarga ega bo‘lamiz. Sezgi deb sezgi a’zolarimizga bevosita 
ta’sir etib turgan narsa yoki xodisalarning ayrim sifat va xodisalarning ayrim sifat 
xossalarining ongimizga aks ettirilishiga aytamiz. Biz turli ranglarni, ta’mlarni, og‘ir–
yengilni, issiq–sovuqni, tovushlarni sezamiz. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi, 
saralaydi, jamlaydi va miyaga yetkazib beradi. 
Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo‘lidir. 
Sezgi a’zolari kishiga tevarak atrofdagi olamda mo‘ljal olish imkonini beradi. Sezgilar 
hosil bo‘lishi uchun quyidagi shartlar bo‘lishi kerak: 
Birinchidan, sezgi a’zolarimizdan birontasiga ta’sir etadigan narsa yoki xodisa 
bo‘lishi kerak. 
Ikkinchidan, sezuvchi apparat soz bo‘lishi kerak. Bu apparat quyidagilardan 
iborat:


221 
1. Sezuvchi organ (retseptor).
2. O‘tkazuvchi yo‘l (afferent nerv).
3. Bosh miya po`stlog‘idagi markaz
4. Miyadan javob impulslarini uzatuvchi yo‘l (efferent nerv). 
Bitta sezgi apparatini tashkil qiladigan qismlarni I. P. Pavlov analizator deb 
atagan. 
Sezgi mohiyatiga ko‘ra ob’yektiv olamning sub’yektiv siymosidir. Lekin 
sezgilarning hosil bo‘lishi uchun organizm moddiy kuzg‘atuvchining tegishli ta’siriga 
berilishi kifoya qilmaydi, balki organizmning o‘zi ham qandaydir ish bajarishi darkor. 
Sezgilar muayyan davr mobaynida retseptorga ta’sir o‘tkazayotgan qo‘zg‘otuvchining 
o‘ziga xos quvvatini nerv jarayonlari quvvatiga aylanish natijasida hosil bo‘ladi. 
Sezgilarning hosil bo‘lishida kuchli ta’sir qiladigan jarayonlarning ishtirokini 
o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab va ko‘p qirrali tadqiqotlar olib borilgan. Sezgi 
a’zolari faqat moslashuvchanlik, ijro qilish funksiyalarini bajaribgina qolmasdan, balki 
axborot olish jarayonlarini bevosita ishtirok etadigan harakat organlari bilan 
mustahkam bog‘langandir. 
Analizator. Sezgi nerv sistemasining u yoki bu qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanuvchi 
reaksiyalari tarzida hosil bo‘ladi va har qanday psixik xodisalar kabi reflektorlik 
xususiyatiga egadir. Qo‘zg‘atuvchining aynan o‘ziga o‘xshaydigan analizatorga ta’siri 
natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni sezgining fiziologik negizi hisoblanadi. 
Analizator uch qismdan tarkib topadi:


222 
1) tashqi kuvvatni nerv jarayoniga aylantiradigan maxsus transformator 
hisoblangan periferik bo‘lim (retseptor).
2) analizatorning periferik bo‘limini markaziy analizator bilan bog‘laydigan 
yo‘llarini ochadigan afferen nerv (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan 
qochuvchi) nervlar.
3)Analizatorning periferik bo‘limlaridan keladigan nerv signallarining qayta 
ishlanishi sodir bo‘ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning o‘zi bilan tugaydigan) 
bo‘limlar. 
Analizator periferik bo‘limlarining muayyan xujayralari miya qobig‘idagi 
xujayralarning ayrim qismlariga mos bo‘ladi. Jumladan, ko‘z to‘r pardasining turli 
nuqtalarida hosil bo‘ladigan tasvir miya qobig‘ida ham xar xil nuqtalarda shuni aks 
ettiradi; eshitishda ham xuddi shu jarayonni kuzatishimiz mumkin: nog‘ora parda va 
miyadagi aks sado. 
Sezgining hosil bo‘lishi uchun hamma analizatorlar yaxlit bir narsa sifatida 
ishlashi darkor. Qo‘zg‘atuvchining retseptorga ta’siri qo‘zg‘alishning yuz berishiga 
olib keladi. 
Analizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yo‘li manbai va 
eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan, ta’sirni miyaga olib 
boruvchi afferent nerv yo‘llari va efferent nervlardan tarkib topgandir. Reflektor yoyi 
elementlarining o‘zaro munosabati murakkab organizmning tevarak atrofdagi olamda 
to‘g‘ri mo‘ljal olishining, organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi 
faoliyatning negizini ta’minlaydi. 


223 
Sezgilarning tasniflanishi. Aks etish xususiyatiga va retseptorlarning joylashgan 
o‘rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi: 1. Tashqi muhitdan narsalar va 
xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan hamda retseptorlari tananing yuzasida 
joylashgan ekstrotseptiv sezgilar; 2. Tananing ichki a’zolarida va to‘qimalarida 
joylashgan hamda ichki a’zolarining xolatini aks ettiradigan interotseptiv sezgilar; 
3.Retseptorlari mushaklarda va paylarda o‘rnashgan propriotseptiv sezgilar; ular 
gavdamizning harakati va xolati haqida axborot berib turadi. Harakatni sezadigan 
propriotseptiv sezgi turi, shuningdek, kinesteziya deb ham atalib, uning retseptorlari 
kinestezik yoki kinestetik retseptorlar deb ham ataladi. 
Ekstrotseptorlarni ikki guruhga: kontakt va distant retseptorlarga ajratish 
mumkin. Teri orqali paypaslab ko‘rishga asoslangan sezgilarni taktil sezgilar deyiladi, 
bular ham o‘z funksiyasiga ko‘ra bir necha xil bo‘lishi mumkin, masalan, xaroratni 
sezish, silliq yoki g‘adir budirni, qattiq yoki yumshoqni sezish va xokazo. 
Sezgilarning umumiy qonuniyatlari. Sezgilar aynan bir xil qo‘zg‘aluvchilarning 
aks ettirish shakllaridan iboratdir. Jumladan, elektro magnit nurlanishi ko‘rish 
sezgisining qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. Bu nurlanish to‘lqini uzunligi 380 dan 770 
millimikron doirasida bo‘ladi va ko‘rish analizatorida nerv jarayoniga aylanadi. 
Eshitish sezgilari–retseptorlarga tebranish tezligi (chastotasi) 16 dan 20 ming 
gertsgacha bo‘lgan tovush to‘lqinlari ta’sirining aks etish natijasidir. Ta’sir kuchi 
shundan past bo‘lsa ham, baland bo‘lsa ham sezgi paydo bo‘lmaydi. Taktil sezgilar 
mexaniq qo‘zg‘atuvchining teri yuzasiga ta’siri natijasida hosil bo‘ladi.Sezgilarning 
sifat, jadalligi, davomiyligi, joylarda yuz berish kabi xususiyatlari bor. 
Sifat–mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan 
farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o‘zgartirib turadi. Jumladan eshitish sezgisi 
past–balandligi, mayinligi, zo‘rligi bilan, ko‘rish sezgisi boyligi, ranglarning tusi bilan 
farq qiladi va xokazo. 
Sezgining jadalligi–uning miqdorini ifoda etadigan xususiyati bo‘lib, ta’sir 
qilayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi retseptorning funktsional xolati bilan 
belgilanadi.Sezgining davomiyligi uning vaqtinchalik xususiyati hisoblanadi. 
Qo‘zg‘atuvchi sezgi a’zosiga ta’sir qilishi bilanoq hosil bo‘lmaydi, balki, bir oz vaqt 
o‘tgach hosil bo‘ladi. Bu sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri har 
xil sezgi turi uchun har xil: masalan, taktil sezgilar uchun 130 millisekund bo‘lsa, 
og‘riq sezgisi uchun 370 millisekunddir. Ta’m bilish sezgisi esa tilning ustiga 
kimyoviy qo‘zg‘atuvchi surtilgandan keyin 50 millisekund o‘tgach hosil bo‘ladi. 
Sezgi qo‘zg‘atuvchi ta’sir qila boshlashi bilan bir paytda hosil bo‘maganidek, 
ta’sir to‘xtashi bilan birdan yuqolmaydi. Sezgining bu xildagi sustligi oqibat deb 


224 
atalgan xodisada namoyon bo‘ladi. 
Ko`rish sezgisi bir muncha sust bo‘lib, uni qo‘zg‘algan qo‘zg‘atuvchi ta’sir 
qilishni to‘xtatishi bilanoq darxol yo‘qolib ketmaydi.(Kinematograf shunga 
asoslangan). 
Nihoyat, sezgilar qo‘zg‘atuvchining muayyan joylarda yuz berishi xususiyatiga 
egadir. Distant retseptorlar tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy tahlil 
qo‘zg‘atuvchining muayyan joyda yuz berishi haqida axborot beradi. Taktil sezgilar 
tananing qo‘zg‘atuvchi ta’sir qiladigan qismi bilan munosabatga kirishadi. 
Sezuvchanlik va uning o‘lchovi. Sezgi a’zolarining sezuvchanligi muayyan 
sharoitlarda sezgini hosil qilishga layoqatli bo‘lgan eng kuchsiz qo‘zg‘atuvchi 
yordamida aniqlanadi. Bilinar bilinmas sezgi hosil qiladigan qo‘zg‘atuvchining eng 
kam kuchi sezuvchanlikning quyi absolyut chegarasi deb ataladi. 
Eng kam kuchga ega bo‘lgan va kuyi chegaradagi qo‘zg‘atuvchilar sezgi hosil 
qilmaydi va ular haqidagi signallarni bosh miya qobig‘iga o‘tkazmaydi. 
Sezgilarning quyi chegarasi mutlaq sezuvchanligi darajasini belgilaydi. Mutlaq 
(absolyut) sezuvchanlik bilan quyi chegara o‘lchami o‘rtasida teskari bog‘lanish 
mavjud: quyi chegara o‘lchami qanchalik kichik bo‘lsa, muayyan analizatorning 
sezuvchanligi shunchalik yuqori bo‘ladi.; Ye–sezuvchanlik, R– qo‘zg‘atuvchining 
ta’sir chegarasi me’yori. Bizning analizatorlarimiz har xil sezuvchanlikka egadir. 
Kishining birgina xid bilish xujayrasining chegarasi tegishli xid tarqatuvchi moddalar 
uchun 8 molekuladan oshmaydi. Ta’m sezgisini hosil qilish uchun xid bilish sezgisini 
hosil qilishga sarflanadiganiga qaraganda kamida 25 ming marta ko‘p molekula talab 
qilinadi. 
Ko‘rish va eshitish analizatorlarining sezuvchanligi juda yuksakdir. S. I. Vavilov 
(1891–1951) ning tajribalari ko‘rsatganidek, kishining ko‘zlari to‘rpardaga bor–yo‘g‘i 
2–8 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yorug‘likni seza oladi. Buning ma’nosi 
shuki, biz tim qorong‘uda 27 km masofada yonib turgan shamni ko‘rish qobiliyatiga 
egamiz. Ayni paytda biz badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko‘rish 
va eshitish sezgilari hosil bo‘lishiga sarflanadiganiga nisbatan 100–xatto 10 mln 
baravar ziyod quvvat talab qiladi. 
Sezgining mutlaq yuqori sezuvchanligi deb, qo‘zg‘atuvchining eng ko‘p kuch 
bilan ta’sir qilishiga aytiladi. Bunda ta’sir ko‘rsatayotgan qo‘zg‘atuvchiga aynan 
o‘xshaydigan sezgi hosil bo‘ladi. (Masalan, qattiq tovush, kuchli yorug‘lik og‘riq 
paydo qiladi). Sezgilar o‘rtasida bilinar bilinmas farqni hosil qiluvchi 2 ta 
qo‘zg‘atuvchi o‘rtasida mavjud bo‘lgan minimal farq–farq ajratish chegarasi deb 
ataladi. Ajratish chegara sezuvchanligi yoxud farq ajratish sezuvchanligi ham 


225 
farqlanish chegarasining o‘lchamiga nisbatan teskari bog‘lanishda bo‘ladi: farqlanish 
chegarasi qanchalik katta bo‘lsa, ayirma sezuvchanlik shunchalik kam bo‘ladi. (Yuk 
100 gr bo‘lganda farq 3,4 gr, 1000 gr bo‘lganda 33,3 gr bo‘ladi). 
Adaptatsiya. Sezgi chegarasining absolyut me’yori bilan belgilanadigan 
analizatorlarning sezgirligi barqaror bo‘lmasdan qator fiziologik va psixologik shart–
sharoitlar ta’siri ostida o‘zgarib turadi. Ushbu shart-sharoitlar orasida adaptasiya 
(moslashish) xodisasi alohida rol o‘ynaydi. Adaptatsiya yoxud moslashuv–sezgi 
organlari sezgirligining qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida o‘zgarishi demakdir. Adaptasiya 
xodisasining 3 turini alohida ko‘rsatish mumkin: 
1.Qo‘zg‘atuvchining uzoq muddat davomida ta’sir etishi jarayonida sezgining 
tamomila yo‘qolib qolishiga o‘xshaydigan turi. Masalan, terining ustiga qo‘yilgan 
yengilgina yuk tezdayoq sezilmay qoladi. Xid bilish sezgilari atrof muhitga yoqimsiz 
xid yoyilganidan ko‘p o‘tmay batamom yo‘qolib qolishi ham oddiy bir xodisadir 
(qorong‘udan yorug‘likka va aksincha). 
2.Adaptasiya deb shuningdek, yuqorida bayon etilgan xodisalarga yaqinroq 
bo‘lgan kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgining zaiflashib qolishiga 
ifodalanadigan yana bitta xodisaga ham aytiladi. Masalan, sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil 
qiladigan sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi. Biz yarim 
qorong‘u xonadan yorqin yoritilgan joyga chiqqanimizda oldiniga ko‘zlarimiz 
qamashadi va tevarak atrofdagi biror narsaning farqiga yeta olmaydigan bo‘lib 
qolamiz. Adaptasiya–bu analizatorning sezuvchanligi susayib ketishi hamdir. 
3.Nihoyat kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida sezgirlikning ortishi ham 
adaptasiya deb aytiladi. Ayrim sezgi turlariga xos bo‘lgan adaptasiyaning bu turini 
pozitiv adaptasiya deb ta’riflash mumkin. Masalan, qorong‘ulikda uzoq vaqt bo‘lganlik 
ta’siri ostida ko‘zning sezuvchanlik ta’siri ortadi. Eshitish ko‘nikmasining shunga 
o‘xshaydigan shakli sokinlik adaptasiyasi hisoblanadi. Masalan, shovqin sexda 
ishlaydiganlar bir birlari bilan bemalol gaplashaveradilar. 
Sezgilarning o‘zaro munosabati. Sezgilarning jadalligi faqat qo‘zg‘atuvchining 
kuchi va retseptorning adaptasiyalanish darajasiga emas, balki muayyan paytda boshqa 
sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatadigan ko‘zg‘alishlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Analizator 
sezuvchanligining boshqa sezgi a’zolarining qo‘zg‘alishi ta’siri ostida o‘zgarishi 
sezgilarning o‘zaro munosabati deb ataladi. Buning ta’sirida uning sezuvchanligi 
o‘zgaradi. Jumladan kurish analizatorining sezuvchanligi eshitish kuzatuvchisining 
ta’sirida o‘zgaradi. S. V. Kravkov (1893–1951) bu o‘zgarishni eshitish 
qo‘zg‘atuvchilarining balandligiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib bergan edi. Yoki 
ko‘rish sezuvchanligi xid qo‘zg‘atuvchilari ta’sirida ham oshadi. 


226 
Sensibilizasiya. Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida 
sezuvchanlikning ortishi sensibilizasiya deb ataladi. Ko‘zg‘alish jarayonining 
tarqalishi (irriradiasiyalashuvi) natijasida boshqa analizatorning sezuvchanligi oshadi. 
Kuchli qo‘zg‘atuvchi ta’sir qilganda qo‘zg‘alishning aksincha to‘planish xususiyatiga 
ega bo‘lgan jarayoni yuzaga keladi. O‘zaro induksiya qonuniga binoan bu markaziy 
bo‘lmalarda boshqa analizatorning tormozlanishiga va ular sezuvchanligining susayib 
qolishiga olib keladi. 
Analizatorlarning sezuvchanligi ikkinchi sezgilarga mansub qo‘zg‘atuvchilar 
ta’siri ostida ham o‘zgarishi mumkin. Jumladan sinaluvchilarga eshittirib «limon kabi 
nordon» degan so‘zlarga javoban kuzlarning elektr sezuvchanligini o‘zgartirib 
yuborgani kuzatiladi. 
Sezgi a’zolari sezuvchanligining o‘zgarishi qonuniyatlarini bilgan xolda maxsus 
tanlangan qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llanish yo‘li bilan u yoki bu retseptorni 
sensibillashtirish, ya’ni uning sezuvchanligini oshirish mumkin. Sensibillashtirishga 
mashq qilish natijasida ham erishish mumkin. Masalan, Musiqa bilan shug‘ullanadigan 
bolalarga past baland oxanglarni eshitish qobiliyati qanday rivojlana borishini bilamiz. 
Sinesteziya. Sezgilarning o‘zaro munosabati sinesteziya deb ataladigan yana bir 
xodisada namoyon bo‘ladi. Sinesteziya–bir analizatorning qo‘zg‘alishi ta’siri ostida 
boshqa analizatorga xos sezgini hosil bo‘lishidir. Sinesteziya sezgilarning har xil 
turlarida kuzatiladi. Tovush qo‘zg‘atuvchilari ta’sir qilganda sub’yektda ko‘rish 
obrazlari paydo bo‘lganida ko‘pincha ko‘rish-eshitish sinesteziyasi uchraydi. N. A. 
Rimskiy–Korsakov, A.N. Skryabin va boshqalar «Rangni eshitish qobiliyatiga ega 
edilar». 
Keyingi paytlarda tovush obrazini rang obraziga aylantiradigan rang–musiqaviy 
(tsvetomuzika) sozlarining yaratilayotganligi va rang–musiqaning jadal tadqiq 
qilinayotganligi sinesteziya xodisasiga asoslangandir. Sinesteziya xodisalari kishi 
organizmidagi analizator sistemalarga o‘zaro doimiy bog‘langanligidan, ob’yektiv 
olamni xissiy aks ettirishning yaxlitligidan yana bir dalolatdir. 
Sezuvchanlik va mashqlar. Sezgi a’zolari birgina qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilarni 
qo‘llanish yo‘li bilangina emas, balki mashqlar qilish yo‘li bilan ham sensibillashuvi 
mumkin. Sezgi a’zolari sezuvchanligining oshishiga olib boradigan 2 sohani ajratib 
ko‘rsatish mumkin: 1)sensor nuqsonlar (ko‘rlik, qarlik)ning o‘rnini to‘ldirish 
zaruratidan stixiyali tarzda kelib chiqadigan sensibilizasiya; 2) sub’yekt faoliyati 
tufayli kasbiga xos talablardan kelib chiqadigan sensibilizasiya (tokar sezgirligi, 
sinovchi–degustator sezgirligi va xokazo). 
Ko‘rish va eshitish sezgisining yo‘qotilishi ma’lum darajada sezuvchanlikning 


227 
boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to‘ldiriladi. (Ko‘rlarda tuyish sezgisi 
rivojlanishi, barmoqlari bilan o‘qishi, pulni ajrata olishi, xaykaltaroshlikka moyilligi; 
karlar xavo tebranishidan ma’no anglay olishlari; Olga Skoroxodova (ko‘r va qar) 
qo‘lini hamsuhbati tomog‘iga yaqin keltirib, gapni «eshitishi» va xokazo)
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Sezgi apparatini kim “analizator” deb atagan? 
2.Kinesteziya nima? 
3. Ekstrotseptorlarni necha guruhga ajratishimiz mumkin? 
4. Sezgilarning umumiy qonuniyatlari haqida so`zlab bering. 
5. Absolut chegarasiga ta`rif bering
ADABIYOTLAR 
1. 
O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol 
avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: "Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 
1998. 
2. 
O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
to‘g‘risida"gi qonuni / Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: 
"Sharq" nashriyot-matbaa konserni, 1998 
3. 
Pedagogika. Toxtaxodjayeva M.X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston 
faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 
4. 
Pedagogika nazariyasi va tarixi. R.Mavlonova va boshqalar. –Toshkent, 
fan va texnologiya. 2010 
5. 
Pedagogika. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. –Toshkent, 2007. 
6. 
Karimov I.A. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – 
Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 
8-Mavzu

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə