"tasdiqlayman" O‘quv va tarbiyavuy ishlar


Ijtimoiy xulq motiv va motivasiyasi



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/66
tarix20.10.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#129172
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66
O`QUV MAJMUA Xasanboy

Ijtimoiy xulq motiv va motivasiyasi
Reja: 
1. Ijtimoiy xulq 
2. Ta’lim motivlari 
3. Motivasiyalar va ta’lim jarayonini tashkil qilish 


216 
Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivasiyasi. Yuqorida biz tanishib chiqqan 
faoliyat turlari o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va 
o‘zini qanday tutishi, egalagan mavqei ham sababsiz, o‘z-o‘zidan ro‘y bemaydi. 
Faoliyatning amalga oshishi va shaxs hulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada 
«motiv» va «motivasiya» tushunchalari ishlatiladi. 
«Motivatsiya» tushunchasi «motiv» tushnchasidan kengroq ma’no va 
mazmunga ega. Motivasiya – inson xulq-atvori, uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va 
faolliginitushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u 
yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi, ya’ni: «nega?», 
«nima uchun?», «nima maqsadda?» degan savollarga javob qidirish- motivasiyani 
qidirish demakdir. Demak, u xulqning motivatsion tasnifini yoritishga olib keladi. 
Shaxsning jamiyatda odamlar orasiidagi xulqi va o‘zini tuutishi sabablarini o‘rganish 
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati 
farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining sub’ektiv psixologik 
xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, 
qiziqishlar va hakozolar); b) tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va 
holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi 
stimullardir. 
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish 
odatda shaxsiy dispozisiyalar ham deb ataaladi. Ular shaxs tomonidan anglanishi yoki 
anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga 
oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy 
sababini o‘zi tushunib yetmaydi, «Nega?» degan savolga «O‘zim ham bilmay qoldim, 
bilmayman», deb javob beradi. Bu anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb 
ataladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini 
egallash uchun astoydil harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni, 
dispozisiya anglangan, ongli hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan motiv – konkrketroq 
tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu hulq –atvorga nisbatan turgan moyillik, 
hozirlikni tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt 
Levin motivlar muammosi, ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta 
keng qamrovli tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o‘ziga xos 
tarzda u yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo‘ladi.
Shunisi ajablanarliki, o‘sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning 
baholari ham turlicha bo‘ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o‘ziga ham o‘zidagi 
holat, kayfiyatga bog‘liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga 
moyil bo‘larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real haarakatlarini o‘sha 


217 
ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki reaksiyalari 
sifatida qaramay, balki unda shunga o‘xshash holatlarni idrok qilishga ichki bir hozirlik 
– dizposiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to‘g‘riroq bo‘ladi. Shu ma’noda shaxs 
hulqining motivasiya turli sharoitlardan orttirilgan tajribaga tayangan, ongli tahlillar 
hattoki, ijtimoiy tajriba normalarining ta’siri shakllanadigan sabablar kompleksini o‘z 
ichiga oladi. Masalan, texnika oliygohlarida: «Materiallarning qarshiligi» nomli kurs 
bor deylik. Shu kursni o‘zlashtirish va unday sinovdan o‘tish ko‘pchilikka osonlikcha 
ro‘y bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq yosh talabalarga shu kurs va uning 
talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin, uni olib 
boruvchi o‘qituvchi o‘ta talabchan, qattiqqo‘l va hokazo degan. Bunday motivasiya 
mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat. Endi konkret shaxsning dars 
jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq 
talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o‘z vaqtida darslarni 
tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin 
dars yo‘q va u qachon shu semetr tugashini kutib harakat qiladi. 
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni, maqsadli 
hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo‘ladi va aynan ularning tabiati va 
zaruratiga bog‘liq tarzda hulq motivlari namoyon bo‘ladi. Misol uchun talabaning 
o‘quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, qiziquvchanlik 
ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, 
bog‘cha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, 
daftar va boshqa o‘quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-
sharoitlar va u yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o‘zi, bola uchun 
motiv o‘rnini bosadi. Yana bir oddiy misol qo‘lingizda kitob bor. Siz holi uni o‘qishni 
boshlamadingiz. Lekin o‘qish istagi bor, bu istakning ortida esa o‘sha mazmunni bilish 
va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi. Rus olimi R.Nemov. shaxsdagi motivasion 
soxasi quyidagicha tasavvur qiladi. Umuman, har qanday shaxsdagi mavjud 
ehtiyojlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: 
1. Biologik ehtiyojlar- bu –fiziologik (tashnalik, ochlik, iyqu), jinsiy moslashuv, 
ehtiyojlari. 
Ijtimoiy ehtiyojlar- bu – mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy –ma’naviy 
ehtiyojlar. 
Ehtiyojlarni biologik hamda ijtimoiy turlarga bo‘lganimiz bilan shu narsani 
ununmasligimiz lozimki, shaxsdagi har qanday ehtiyojlar ham ijtimoiylashgan bo‘ladi, 
ya’ni, ular o‘sha jamiyat va mohiyatdagi qadriyatlar, madaniy normalar va insonlararo 
munosabatlar harakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, eng tabiiy va tushunarli 


218 
hisoblangan bizning yemishga, ovqatga bo‘lgan ehtiyojimizni olsak, u ham konkret 
muhitga qarab turlicha harakatlarni keltirib chiqaradi. yana misol uchun, to‘y 
marosimlari yoki juda tukin dasturxon atrofida o‘tirgan odam nima uchun shunchalik 
ko‘p ovqat iste’mol qilib yuborganini bilmay qoladi. Agar bu tabiat qo‘yni yoki paxta 
dalasidagi xashar bo‘lsa-chi, bir turda issiq non ham butun tanaga rohat baxsh etuvchi 
malham bo‘lib, ochlinni bilintirmaydi. Kamtarona dasturxondan ovqat yeb o‘rgangan 
kishi oz-oz yeyishga o‘rgansa, yoshligidan normadan ortiq yeb o‘rgangan odam vrach 
oldiga borib, o‘zi uchun ozdiruvchi dori-darmon so‘rasa, so‘raydiki, lekin uyda o‘zi 
yemishini nazorat qilishi kerakligini bilmaydi. Demak, bu ham madaniyatga, etikaga, 
oila muhitiga bevosita bog‘liq narsa ekan-da. 
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni 
yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga 
erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda tutilgan 
vositalar maqsadga erishishni oqloshi kerak, aks holda dasstur hech narsa bemaydi. 
Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va undan ideallaridagi shaxs 
yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og‘ir tarbiyaviy shartlarni qo‘yadilar, 
bola erkinligi bo‘g‘iladi, u qat’iy nazorat muhitida ushlanadi. Oqibatda bola 
keyinchalik boshqarib bo‘lmaydigan, qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga 
berilmadigan bo‘lib, qolib, har qanday boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo‘lib 
qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan, ehtiyojlar muvofiqlashtirilgan 
va maqsadlar va unga yetish vositalari aniq bo‘lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq 
jamiyatga mos bo‘ladi. 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 
1.Motivatsiyaning motivdan farqi nimada? 
2. Qaysi olim motivlar borasida keng ko`lamdagi ishlarni olib borgan? 
3. Shaxsdagi mavjud ehtiyoj lar nechaga bo`linadi va ular qaysilar?

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə