Tashkent Medical Academy Volume 4



Yüklə 69,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix22.03.2024
ölçüsü69,61 Kb.
#180194
1   2   3   4   5   6   7
bolalarda-oliy-nerv-faoliyati-tiplarining-xususiyatlari-va-ularni-tarbiyalash

Tashkent Medical Academy 
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Integration of Science, Education and Practice 
in Modern Psychology and Pedagogy: 
Problems and Solutions 
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, 
ta’lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar 
 
 
 
 
711
 
May 6 
https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference 
yoshi ulg‘aygani sari boshqa temperamentga xos xususiyatlarini namoyon etishi mumkin. 7-9 
yashar bolalarda katta yarimsharlar po‘stlog‘ining nerv hujayralari ta’sirlarga chidamli bo‘lib, 
nerv sistemasida qo‘zg‘alish jarayonlari ustun turadi. 10-12 yoshdan boshlab nerv sistemadagi 
qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari o‘zaro muvozanatga kela boshlaydi.
O‘qitishning fiziologik asoslari. Insonda sodir bo‘ladigan barcha psixik jarayonlar bosh 
miya katta yarimsharlaridagi nerv jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq holda kechadi, zero 
har bir psixik jarayon asosida nerv jarayonlari – qo‘zg‘alish, tormozlanish, irradiatsiya, 
konsentratsiya, dominanta kabilar yotadi. Bunday tashqari, psixik jarayonlar nutq asosida ham 
hosil bo‘ladi. 
Bolalar va o‘smirlarga ta’lim berishda ichki tormozlanishning barcha turlarini hosil 
qilish va mashq qildirish zarur. Shuni unutmaslik kerakki solishtirish, qarama-qarshi qo‘yish 
usullari qo‘llanilgandagina ta’lim jarayoni samarali bo‘ladi. O‘qitishda rangli va yaltiroq 
ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatish, bolalarni hayajonlantiradigan va quvontiradigan darajada 
ta’sir etish bilan miya po‘stlog‘ida dominanta o‘chog‘ini shakllantirish orqali o‘quv 
materialini yanada qiziqarliroq qilish mumkin. Aksincha, bir xil ta’sir, bir xil sharoit va bir xil 
ohangda so‘zlash bolalarni mudrashiga, ularda o‘quv materialiga nisbatan qiziqishining 
kamayishiga olib keladi. Shu sababli 1- va ikkinchi signal sistemalarining shakllanishi va 
uyg‘unligi ta’lim jarayoni sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. 
Tashqi muhit omillarining oliy nerv faoliyatiga ta’siri – havo harorati, bosimi,
yorug‘lik va qorong‘ulik hamda boshqalar oliy nerv faoliyatiga sezilarli darajada ta’sir 
ko‘rsatadi. Havo haroratining yuqori bo‘lishi bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish 
jarayonini juda susaytirib, tormozlanish jarayoni harakatchanligini buzadi. Agar harorat juda 
issiq bo‘lmasa va uning ta’siri tana harakatini idora qiladigan mexanizmlarni shikastlamasa, 
odamda issiq haroratning qayta-qayta ta’siriga adaptatsiya rivojlanadi. 

Yüklə 69,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə