Tashkent Medical Academy Volume 4



Yüklə 69,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix22.03.2024
ölçüsü69,61 Kb.
#180194
1   2   3   4   5   6   7
bolalarda-oliy-nerv-faoliyati-tiplarining-xususiyatlari-va-ularni-tarbiyalash

Tashkent Medical Academy 
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Integration of Science, Education and Practice 
in Modern Psychology and Pedagogy: 
Problems and Solutions 
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, 
ta’lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar 
 
 
 
 
709
 
May 6 
https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference 
mashq qilishiga bog‘liq bo‘lib, uzoq vaqt davomida asta-sekinlik bilan takomillashib boradi. 
Iz qoldiruvchi shartli reflekslar shartli ta’sirlovchilardan so‘ng miya yarimsharlari 
po‘stlog‘i hujayralarida qolgan iz hisobiga vujudga keladi. O‘quvchiga ma’lum vazifa 
berilishi, u vazifani ma’lum vaqtdan so‘ng bajarib o‘qituvchi aytgan muddatda olib kelib 
topshirishi mazkur refleksga misol bo‘la oladi. Iz qoldiriuvchi shartli reflekslar miya 
yarimsharlari po‘stlog‘ida dastlabki qo‘zg‘alish o‘chog‘i bilan shartsiz refleksning qo‘zg‘alish 
o‘chog‘i o‘rtasidagi vaqtinchalik nerv bog‘lanipsh natijasida yuzaga keladi. Ushbu shartli 
reflekslar bola ikki yarim yoshga to‘lganidan so‘ng kuzatila boshlaydi hamda kattalardagiga 
qaraganda birmuncha tez hosil bo‘lishi, mustahkamligi va aniqligi bilan ajralib turadi.
Bolalarda shartli reflekeslarning tormozlanishi. 
Bola qanchalik yosh bo‘lsa, shartli 
refleks shunchalik tez tormozlanadi. Shartli refleksning so‘nishi bolaning yoshiga, sog‘ligiga, 
oliy nerv faoliyati tipiga hamda hosil bo‘lgan shartli refleksning turi va mustahkamligiga 
bog‘liq. 11-12 yashar bolalardagi shartli reflekslar 8-10 yashar bolalardagiga qaraganda tez 
so‘nadi. Sog‘lom bolalarda differensiyallangan shartli refleks 2-6 marotaba 
mustahkamlanganda vujudga keladi. Vaqt o‘tishi bilan so‘ngan shartli tormozlanish yana asl 
holatiga kaytadi. Ba’zi hollarda, shartli tormozlanishning ta’siri tugagandan so‘ng, qo‘zg‘alish 
induksiya asosida rivojlanishi mumkin. 
Bolalarda befarq ta’sirlovchi bir necha marta birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va 
bundan yuqori tartibdagi shartli tormozlanishlarni hosil qilishi mumkin. Ular uzoq vaqt 
saqlanishi, so‘nishi va asl holiga kelishi mumkin. Shartli tormozlanish bolalarni o‘qitishda 
odob-axloqli va intizomli qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. 
Bolalarda kuzatiladigan oson va murakkab shartli reflekslar mustahkamlab turilmasa, 
ular tez orada so‘nishi mumkin. 3-5 yashar bolalarda oliy nerv faoliyatining rivojlanishi 
tubdan farq qilganligi bois, bu yoshda mo‘ljallash reaksiyalarining tartibi o‘zgaradi. Bola «bu 
nima?» degan savol bilan turli narsalar va hodisalarni bilishga harakat qiladi – 2-3 yashar bola 
narsalarga qarab ularni ushlab ko‘rib shaklini aniqlay boshlaydi, oldin hosil bo‘lgan ko‘rish va 
kinestetik bog‘lanishdan foydalanib ularning shaklini chamalab biladi. 
Bola 5 yoshga to‘lganida tashqi va ichki tormozlanishning tabiati o‘zgaradi. Bu yoshda 
bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ida kechikuvchi va iz qoldiruvchi shartli reflekslar qiyinlik 
bilan hosil bo‘ladi – bu hol bolada dinamik stereotipni bir qadar еngillik bilan o‘zgartirish 
imkonini beradi. Chamalash refleksi tobora kuchayib va mustahkamlanib boradi. Bu 
yoshdagi bolalarda turli o‘yinlar, harakatlar, musiqa, rasm chizish va so‘zlarga nisbatan yangi 
shartli reflekslar namoyon bo‘lib hamda mustahkamlanib boradi. 

Yüklə 69,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə