Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə26/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

OLDI-SOTDI ShARTNOMASI
(Televizorlar sotish bo‘yicha)

2018 yil “__”_____ Toshkent sh.


Keyingi o‘rinlarda “Sotuvchi” deb ataladigan “_________” kompaniyasi nomidan _______________ (ustav/ishonchnoma/buyruq va x.q.) orqali bir tomondan, keyingi o‘rinlarda “Sotib oluvchi” deb ataladigan ______________ ikkinchi tomondan quyidagilar to‘g‘risida ushbu shartnomani tuzdilar:

I. Shartnoma predmeti
1.1. Shartnomada tovar deb nomlanuvchi “_______________” kompaniyasi tomonidan _______ da ishlab chiqarilgan _____ (harfda yoziladi)ta ____________ rusumli LCD televizorlar ikkala taraf o‘rtasida tuzilayotgan shartnomaning predmeti hisoblanadi.
1.2. Tovarning kafolat muddati 3 (uch) yil. Kafolat muddati tovar sotib oluvchiga topshirilgan paytdan, tovar almashtirilganda esa yangidan o‘ta boshlaydi.
1.3. Har bir televizorning narxi _____________ (harfda yoziladi) so‘m. Tovar haqi shartnoma tuzilgan paytda to‘lanishi lozim.
1.4. Agar tovardan foydalanilmagan, uning iste'mol xususiyatlari saqlangan bo‘lsa va sotuvchidan sotib olinganining isboti bo‘lsa, sotib oluvchining tovarni almashtirish yoki qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantiriladi.
1.5. Sotib oluvchi o‘ziga tovar topshirilgan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida xarid qilingan tegishli sifatli tovarni xarid joyida o‘lchami, shakli, hajmi, andozasi, rangi, to‘plami boshqacha bo‘lgan xuddi shunday tovarga almashtirishi mumkin. Bunda u narxlarda farq bo‘lgan taqdirda sotuvchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshiradi. Agarda sotuvchida almashtirish uchun zarur tovar bo‘lmaganida sotib oluvchi xarid qilingan tovarni sotuvchiga qaytarib berish va unga to‘langan pul summasini olish huquqiga ega.
1.6. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan bo‘lib, ularning har biri bir xil kuchga ega.
II. Shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari

2.1. Sotuvchining huquqlari:
- sotilgan tovar haqini to‘lashni;
- tovarni o‘z vaqtida qabul qilib olishni;
- shartnoma shartlariga to‘liq rioya etishni;
- sotib oluvchi tomonidan o‘ziga yetkazilgan zararlarning qoplanishini talab qilish.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə